MOʻL PILLA HOSILIMIZ TOʻYGA TOʻYoNA BOʻLADI
Bu yil bahorning erta kelishi tufayli ipak qurti boqish mavsumi ham ancha barvaqt boshlandi. Har bir kunni ziyraklik bilan kuzatib turgan bizning qilichboylik pillakorlar mavsum taraddudini oʻz vaqtida koʻrib qoʻydilar va 42 ta fermer xoʻjaliklariga birikkan 413 nafar oilaviy pillakorlar joriy 2016-yilning 19-aprelidan 389 quti ipak qurtlarini parvarish qilishga kirishdilar. Kunni tunga ulab qilingan samarali mehnatlarning natijalari esa ilgʻor pillakorlarimizning qurtxonalarida koʻzga tashlana boshladi, yaʼni, qulay sharoitda toʻydirib oziqlantirilgan ipak qurtlari pilla oʻray boshladi. Shu jumladan, "Amirxon” fermer xoʻjaligidan Rahotoy Qurbonova, "Zaripboy-Toʻlgʻonoy” fermer xoʻjaligidan Raʼno Qoʻshimova, "Doʻschonov Rahimboy” fermer xoʻjaligidan Gulbahor Soatova, "Seytimov Ulugʻbek” fermer xoʻjaligidan Gulzoda Bozorboyeva va "Rajabov Qudrat” fermer xoʻjaligidan Maqsuda Xudoyorova kabi tajribali mohir pillakorlarning qurtxonalarida amalga oshirilayotgan ishlarni koʻrib zavqingiz ham oshadi.
Pillakorlarimizning bu yilgi shashti baland. Ular mustaqilligimizning 25-yillik toʻyiga toʻyona sifatida rejadagi 22 tonna 147 kg. oʻrniga 23 tonnadan ortiq aʼlo navli pilla hosilini topshirishga ahd qilishgan.
Nafisa YuSUPOVA,
"Mangʻit-pilla” MChJning "Qilichboy” ovuli hududi boʻyicha bosh pillachilik mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶