01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 15:20
Jamiyat 👁 4,051

Baxt saroyingizni qurishda asqotadi

Baxt saroyingizni qurishda asqotadi

"Aziz kelinchak!

Siz kichkina qizaloq ekanligingizdayoq kelin boʻlishni orzu qilgansiz. Dugonalaringiz bilan "kelin-kelin” oʻyinlaringiz boʻlardi. Dastlabki "kelin salom”ingizni eslay ham olmaysiz. Ehtimol, ikki yoshingizda onangizning harir roʻmolini olib "kelin salom” qilib, kattalarning olqishini eshitgansiz, bundan quvonib, qayta-qayta salom qilavergansiz. Oʻshanda "Baxtli kelin boʻlgin”, deb duo qilishgan...”

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning "Kelinlar daftariga” deb nomlangan risolasi bolalikning begʻubor xotiralarini yodga soluvchi mana shu jumlalar bilan boshlanadi. Darhaqiqat, qiz bola borki, kelin boʻlishni ne-ne orzu havaslar ila, suyukli qaynonasiga kelin emas, balki qizlarcha yaqin boʻlishni, saodatli "Baxt saroyi”ni qurishni orzu qiladi. Ammo mana shu saroyni qurish, toʻgʻrirogʻi, baxtli va mustahkam oilani barpo etish uchun bu kabi shirin orzularning oʻzi kamlik qilmasmikin?

Oila qurayotgan yosh kelin-kuyovlar qanday fazilatlarni oʻzlarida mujassamlashtirishi keragu, qanday illatlardan voz kechishi kerak? Taniqli yozuvchimizning mana shunday tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan  "Kelinlar daftariga” deb nomlangan kitobi aynan mana shu savollarga javob bera oladi.

Maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy mavzudagi bu risola qirqta suhbatdan iborat. Unda hayot tajribasi yoʻq kelin va kuyov baxt saroyini qurishda nimalarga ahamiyat berishi zarurligi haqida batafsil soʻz yuritilgan.

Bu risolada "Oila halovati – jamiyat halovati”, "Nikoh”, "Iffat va hayo”, "Vaqt qadri” kabi bir qancha dolzarb mavzularda soʻz boradi. Ushbu risolani oʻqib turib men ham oila va mustaqil hayot haqidagi tasavvurlarimni boyitdim. Hamda bundagi purmaʼno fikrlar, nafaqat kelinlar uchun, balki qizlar uchun ham oʻta muhim ekanligini angladim.

Dono xalqimizda: "Qiz bola beshikka tushdi, sepi sandiqqa” degan maqol bor.

Ha, qiz bola  tugʻilibdiki, onasi unga atab turli xil sep-u sarpolar yigʻishni boshlaydi. To, qiz bola voyaga yetguncha bu sandiqni yaxshi niyatlar ila boyitib boradi.

Onajonlarimiz, buvijonlarimiz shuning barobarida biz qizlarning dil sandigʻimizni ham boyitib, oilaning  naqadar muqaddas ekanligini ongimizga singdirib boradilar. Biz esa bu oʻgitlarga quloq tutgan holda mustaqil hayotga qadam qoʻyamiz.

"Hech kim oʻz-oʻzidan "yomon kelin” yoki "yomon qaynona” boʻlib qolmaydi, bu borada ularning uquvsizligi, hayot tajribalarining  yetishmasligi sabab boʻlishi mumkin”, deydi yozuvchimiz.

Aziz kelinchak! Aziz dugonalar!

Men sizlarga mana shu "Kelinlar daftariga” deb nomlangan risolani oʻqib chiqishingizni tavsiya qilaman. Sababi bu kitob peshonamizga surib oʻqishga arziydi.

Ajab emas, bu kitob oʻsha baxt saroyini qurishimizga sabab boʻlsa.

Aziza MADRAHIMOVA.

(Foto - http://glotr.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026