01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 15:18
Jamiyat 👁 3,668

TINChLIKKA ShUKUR!

TINChLIKKA ShUKUR!

Tinchlik. Tinchlik va shukronalik soʻzlari bir-biriga shu qadar chambarchas bogʻliqki, shukronalik haqida gapirar ekanmiz, tinchligimizni asrab-avaylashni his qilmogʻimiz darkor. Tinchlik haqida gapirar ekanmiz, shukronalik hissi ila yashamogʻimiz lozim.

...Bir keksa kishi qoʻlida hassasi bilan ketayotgan ekan. Nogoh toshga qoqilib, tizzasi bilan yiqilibdi. "Libosimning tizza qismi biroz lat yebdi, ammo shukurki, yirtilmadi, oyogʻim ham shikastlangani yoʻq”, deya yoʻlida davom etibdi. Keksa kishi toshloq yoʻllardan birida yana yiqilibdi. Bu gal libosining tizza qismi yirtilibdi. "Xudoga shukurlar boʻlsinki, yomon yiqilmadim, libosim yirtilgan boʻlsa ham oyogʻim lat yemadi. Yoʻqsa, qanday ketardim”, - debdi qariya. Uni bir kishi kuzatib turgan ekan, darrov yugurib borib, cholga yordamlashib, uni uyiga olib borib qoʻyibdi. Shunda chol qoʻllarini duoga ochib, shunday debdi:

- Kel, oʻgʻlim, men seni bir duo qilay. Sen boʻlmaganingda kim biladi, yana necha bor yiqilgan boʻlardim.

– Yoʻq, debdi haligi kishi. - Menga duo kor qilmaydi, chunki men shaytonman, - debdi. Chol hayratlanibdi.

Sen shayton boʻlsang, nega menga yaxshilik qilding?

- Men senga yaxshilik qilganim yoʻq. Birinchi bor yiqilganingda nolimading, shukur qilding. Buning evaziga xudo sening barcha gunohlaringni kechirib yubordi. Ikkinchi bor yiqilib ham shukur qilding. Buning uchun xudo ota-onangni ham gunohlaridan forigʻ qildi. Men bunga chiday olmadim. Agar uchinchi bor yiqilib yana shukur qilganingda edi, xudo yetti ajdoding gunohlarini kechirib yuborgan boʻlar edi. Shu bois men buning oldini oldim, - debdi shayton.

Qariya hassasini koʻtarib, shaytonni urmoqchi boʻlibdi. U esa koʻzdan gʻoyib boʻlibdi.

– Yaxshiyam shayton ekanligini aytdi. Yoʻqsa, bir umr duo qilib oʻtgan boʻlardim. Shukur, - debdi chol.

Yurtimizda hukm surayotgan osoyishtalik, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar uchun shukur qilar ekanmiz, bilmaganimiz holda yana boshqa neʼmatlarga ham ega boʻlamiz. Ota-bobolarimizning janggohlarda toʻkilgan qoni, Vatan uchun jonini fido qilishdek jasorati, qolaversa, Yurtboshimizning oqilona siyosati bois, bugun yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, shahar-u qishloqlarimiz birdek obod. Joriy yildamamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligini nishonlash arafasidaturibmiz. Bu qisqa fursatichida yurtimiz shundaynatijalarga erishdiki, bugun bizyoshlar Oʻzbekiston atalmishkelajagi buyuk davlatfarzandi ekanligimizni faxr bilanayta olamiz.

Albatta, bularning barchasi tinchlik, osoyishtalik tufaylidir. Shu bois, har tong uygʻonganingizda yaratganga shukronalar aytishni unutmang. Chunki ulugʻ Tangri bizga har tongni tinchlik ila qarshi olish baxtini ato etdi. Yurtimizga elim, yurtim deb yashaguvchi dovyuraklarni, Vatan fidoyilarini berdi. Shukur, ming bor shukur!


Nilufar ABDURAHIMOVA,

Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb
-hunar kolleji oʻquvchisi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026