BOLANGIZ TOʻGʻRI OVQATLANAYaPTIMI?
Yaqinda tumanimizdagi 76-sonli maktabda yigʻilish oʻtkazilib, unda tuman maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari va boshlangʻich sinf oʻqituvchilari qatnashdilar.
Oʻquvchilarning toʻgʻri ovqatlanish qoidalari va kun tartibiga rioya qilishi hamda 1-2-sinflar oʻquvchilari uchun moʻljallangan "Toʻgʻri ovqatlanish darslari” ish daftari qoʻllanmasidan toʻgʻri foydalanish masalalariga bagʻishlangan ushbu majlis qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi Vazirligi, maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika oʻquv metodika markazi metodisti, qoʻllanma muallifi A.Mirzaahmedov oʻquvchilarning ovqatlanish tartibiga rioya etishlari borasida qiziqarli maʼruza qildi va "Toʻgʻri ovqatlanish darslari” qoʻllanmasining har bir mavzusini slayd orqali tushuntirib berdi.
"Nestle O’ZBEKISTON” MChJ korxonasi homiyligida Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi Vazirligi nazorati ostida tayyorlanib, nashr etilgan ushbu qoʻllanma tumanimiz maktablarining 2-sinf oʻquvchilariga bepul tarqatildi.
Sayyora ABDURAHMONOVA,
40-sonli maktab
oʻqituvchisi.
(Foto - http://xabardor.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶