01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 15:20
Jamiyat 👁 3,472

OTA-ONAMIZ - ENG AZIZ INSONLARIMIZ

 OTA-ONAMIZ - ENG AZIZ INSONLARIMIZ

Odamzod dunyoga kelibdiki, hamisha kimgadir suyanib, unga ishonib yashaydi. Bu oʻrinda ular uchun ota-onadan yaqin inson yoʻqligi barchamizga ayon. Hatto butun borliqdagi tirik jonzotlarning barchasi bolasini qaygʻuradi. Bunga biz hayotimiz davomida koʻp marta guvoh boʻlganmiz va boʻlmoqdamiz. Ayvonimizga in qurgan qaldirgʻoch palaponlariga ogʻzida yemish topib kelib beradi. Shu kichkina, ammo moʻʼjaz inida bolalarini voyaga yetkazadi. Mabodo, palaponlari inidan pastga intilguday boʻlsa, ota-onasi bolasining ahvolidan xavotirlanib, shunday chugʻurlaydiki, qaygʻurayotganini tushunib olasan kishi.

Ota-onalarimiz bizning bu nurafshon dunyoga kelishimizning asosiy sababchilari hisoblanishadi. Ular bizni voyaga etkazgunlariga qadar elib-yugurib, farzandlarim uchun, deb mehnat qiladi. Ularni iloji boricha tengqurlaridan kam qilmasdan oʻstiradi. Ular uchun hech narsani ayamaydi. Ammo, shunga qaramasdan biz doimo yaqinlarimizni koʻchadan topishga harakat qilaveramiz. Yaʼni biz koʻpgina doʻstlar orttiramiz. Vaholanki, ular orasida chin doʻst sanoqligina. Sen uni eng yaqin doʻstim deb bilganing bilan u seni doʻsti deb bilmasa, shundan yomoni yoʻq.

Haqiqatan ham, nega doim mehrni tashqaridagi insonlardan kutamiz? Oldingdan oqqan suvning qadri yoʻq, deganlari shu boʻlsa kerak-da. Ota-onalarimiz bizga har doim toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi, biroq aytgan nasihatlari uchun baʼzi paytlarda ularni notoʻgʻri tushunib, gap ham qaytarib qoʻyamiz. Bundan ularning dillari qanchalik ogʻriganidan xabarimiz yoʻq. Hayot yoʻlimizda begʻaraz, samimiy doʻstning oʻrni ulkan. Baʼzan ota-onamizga aytmagan  gapimizni ularga aytamiz, ikkilanib qolgan paytlarimizda ulardan maslahat soʻraymiz. Biroq oʻsha doʻst bizni ota-onamizdek tushunadimi? Toʻgʻri yoʻl koʻrsata oladimi? Bizga ota-ona bergan mehrni beraolarmikin, ular bizni qaygʻurganchalik qaygʻurarmi-kin? Oʻylab koʻring, siz doʻstim deb bilgan, mening sirdoshim, degan insoningizning ham doʻsti bordir? Balki boshqalarni ular sizdan koʻra yaqinim, deb bilar? Mening fikrimcha, hozirgi paytda hamma oʻzini oʻylaydigan boʻlib ketgan.

Haqiqiy doʻst bu – hamisha sen bilan yaxshi-yu yomon damlaringda birga boʻlib, sen uchun qaygʻurib, sen uchun kuyunib, senga qoʻlidan kelganicha va kerak boʻlsa undan ortiqroq yordam berib, hamisha seni qoʻllab-quvvatlasa, baʼzi bir hollarda oʻziga juda zarur boʻlgan narsa ayni oʻsha damda doʻstiga ham zarur boʻlib turganda shu narsasini chin  dildan unga armugʻon qilsa, ana oʻsha haqiqiy doʻst. Axir uning doʻstiga boʻlgan munosabati ota-onanikidan qolishmaydi-ku. Lekin bari-bir bu olamda ota-onadan yaqin doʻstni topaolmaysiz. Eng yaxshi sirdosh, eng yaxshi maslahatgoʻy bu sizning ota-onangiz. Shuning uchun men hayotda chin doʻstning oʻrnini kamsitmagan holda eng avvalo farzand ota-onasi bilan sirdosh tutingani maʼqul, deb hisoblayman. Va albatta, eng toʻgʻri yoʻl-yoʻriqni ham ular berishadi. Ular sizning suyanchingiz, biri ishongan bogʻingiz, yana biri suyangan togʻingiz.

Bilingki, bu hayotdagi har bir oningiz ota-onangizning dunyoda borligi uchun goʻzal va tarovatlidir. Ularga hamisha mehr koʻrsating, ularni asrab, avaylab, eʼzozlab yashang.


Sevara IBROHIMOVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026