01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 16:56
Jamiyat 👁 1,481

BETAKRORIM MENING, AZIZ VATANIM!

BETAKRORIM MENING, AZIZ VATANIM!

Har yili mustaqillik tadbirlarini oʻtkazishdagi ramziy shior barcha yurtdoshlarimizning qalbida aks-sado beradi. Eng ulugʻ, eng aziz bayramning qutlugʻ 25 yilligi arafasidagi «Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!» ezgu shiori ham teran mazmunga ega. Unda ifodalangan soʻzlar bizni fidoyilikka, vatanparvarlikka undab turadi.

Bu yil qutlugʻ bayramga tayyorgarlik oʻzgacha. Odamlarimizning kayfiyati chogʻ, ularning yuz-koʻzlarida xursandchilik, bayram ruhi sezilib turibdi. Mahalladoshlar bilan suhbatlashar ekanmiz, kimdir tomorqadan katta daromad olayotgani, yana kimdir tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, roʻzgʻori but, koʻngli xotirjam ekanini aytadi. Yana kimdir oʻgʻli chet elda tahsil olayotgani, yana kimdir qizi davlat granti asosida oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirgani, kimdir farzandi sport sohasida xalqaro miqyosda katta yutuqqa erishganini aytib, faxrlanadi. Xullas, muvaffaqiyatga erishmagan oilaning oʻzi yoʻq. Albatta, bunday farovonlik uchun, toʻkin-sochinlik uchun Yaratganga shukrona aytishimiz, shunday yurtda yashash baxti nasib etganidan xursand boʻlishimiz kerak. Shu oʻrinda, jonajon diyorimiz taraqqiyotiga har birimiz munosib hissa qoʻshib yashashimiz kerakligini his qilmogʻimiz darkor. Dono xalqimiz bejizga, toma-toma koʻl boʻlur, demagan. Zotan, Vatanimizning gullab-yashnashi yoʻlidagi birdamligimiz, sobitqadamligimiz, amaliy harakatlarimiz yurtimizning bundan-da yuksak marralarni qoʻlga kiritishiga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston – Allohning nazari tushgan yurt, deb aytishadi. Ha, yurtimizda zilol suvlar ariqlarda toʻlib oqadi. Koʻcha yoqalarida soya-salqin solib turgan betakror goʻzal chinor-u gujum, tol-u teraklarimiz, bogʻ-rogʻlarimiz bor.  Har bir xonadonning besh-oʻn sotix  tomorqasi bor. Tomorqaga turfa xil mevali daraxtlar ekilgan. Hovlisida uzum toki bor, uzum toki tagida supasi bor. Supa atrofiga rayhonlar ekilgan. Qizlar, kelinlar hovliga suv sepib, kechki payt butun oila dasturxon atrofida jamul-jam boʻlib choy ichishadi. Gulzordagi rayhon, jambillarning hidi hovlini tutadi. Bundayin toʻkislik faqat va faqat bizning betakror Vatanimizda bor!

Oʻzbekistonda boʻlayotgan buyuk oʻzgarishlar, izchil olib borilayotgan islohotlar, qurilayotgan namunali uylar, hayotimizga qaytgan milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, toʻkin-sochin toʻylarimiz haqida toʻlib-toshib, faxr bilan  soʻzlaging keladi. Shu barobarida jannatmakon yurtda tugʻilganimizga va yashayotganimizga Allohga shukronalar aytamiz.

 

Oʻktam QURBONIYoZOV,
"Noʻgʻoy eshon bobo" jomeʼ masjidi imom-xatibi.
(Foto - http://uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026