01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 16:56
Salomatlik 👁 3,627

ChEKIShNI TAShLAMOQChIMISIZ? BU QOʻLINGIZDAN KELADI!

ChEKIShNI TAShLAMOQChIMISIZ? BU QOʻLINGIZDAN KELADI!

Jahon Sogʻlikni saqlash tashkiloti tomonidan (JSST) 1987-yil 31-may - Butun jahon tamakisiz kun deb eʼlon qilindi. Ushbu kun "Tamakisiz hayot” shiori ostida xotin-qizlar va bolalar organizmiga tamakining ikkilamchi tutunining zararli oqibatlari va ularning oldini olish mavzusida davra suhbatlari, sport tadbirlari, rasmlar koʻrik-tanlovlari tarzida keng nishonlanadi.

Chekish koʻpgina kasalliklar sababchisi boʻlmay, alohida kasallik – tamakiga qaramlik hamdir. Chekishni tashlashni ahd qilmoq qiyin va muhim masala. Lekin chekishni tashlash hech qachon kech boʻlmaydi. Agar oʻpkangiz zararlangan boʻlsa ham siz chekishni tashlasangiz, uning "qarishi” sekinlashadi, xuddi chekmaydigan kishilar kabi.

Chekish oʻpkani zararlaydi. Kislorod yetishmasligi va bronxlardagi shamollash sababli, kuchli, uzoq davom etuvchi yoʻtal bezovta qiladi. Natijada ogʻir surunkali oʻpka kasalligi rivojlanadi. Tamaki tutunida 3000 dan ziyod kimyoviy moddalar bor, ulardan 60 tasi rakni chaqiradi. Chekish xalqum, ogʻiz boʻshligʻi, qiziloʻngach, oshqozon osti bezi, buyrak va siydik pufagi rakiga ham olib keladi.

Demak, zudlik bilan chekishni tashlash zarur! Chunki bu sizning umringizni uzaytiradi. Chekish inson umrini 15-20-yilga qisqartiradi. Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra har yili 5 mln. aholi chekish sababli erta oʻlim topadi.

Siz chekishni tashlamoqchimisiz? Unda tezda  tamakini rad qilish kunini belgilang! Uydagi, ishdagi, mashinadagi barcha sigaret, kuldon, gugurt va boshqa vositalardan xolos boʻling. Uyingizda, mashinangizda chekishni man qiling.

Chekishdan oʻzingizni chalgʻitishga harakat qiling. Agar qattiq xumor sizni tark etmasa, kim bilandir gaplashishga yoki yoqimli biron bir ish bilan shugʻullanishga harakat qiling:

- birinchi kunlari odatiy kun tartibingizni oʻzgartiring;

- alkogolli ichimliklar ichmang;

- stressni kamaytirish uchun issiq vanna qabul qiling, jismonan faol boʻling, kitob oʻqing;

- koʻproq suv va sharbat iching;

- hisoblab koʻring, chekishni tashlaganingizdan beri qancha pul tejab qoldingiz va bu pulga oʻzingizga sovgʻa oling.

Tamakiga tobelikdan qutulish uchun shifokorga murojaat qiling.

Mutaxassis shifokor qaysi usul sizga toʻgʻri kelishini hal qiladi.    

Qiyinchiliklarga qarshi kurashing. Yodda tuting: koʻpchilik insonlar chekishni bir necha marotaba tashlashga harakat qilganlarida maqsadlariga erishadilar. Shu sabab, boʻshashmang, siz ham chekishni tashlashning uddasidan chiqasiz!

Yaqinlaringiz koʻmagiga ishoning. Tekshiruvlar shuni koʻrsatadiki, yaqinlar koʻmagi sizga katta yordam beradi. Yaqinlaringiz, doʻstlaringiz, hamkasblaringizga chekishni tashlamoqchi ekaningizni ayting, sizni qoʻllashlarini soʻrang. Ulardan sizning oldingizda chekmasliklarini iltimos qiling.

Xumori sizni bezovta qilmay qoʻygan kundan boshlab siz yuz foiz sogʻlom hayot sari qadam qoʻygan boʻlasiz. Bu sizning baxtingiz, farovon va obod turmush tarzingiz, mazmunli umringizdir.

Jumaboy YaVQAShEV,

tuman Salomatlik markazi direktori.


(Foto - http://www.dustlikbayrogi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026