01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 18:24
Adabiyot 👁 3,068

ISTIQLOL MADHI

ISTIQLOL MADHI

Istiqlol nuridan dillar munavvar,

Chaman iforidan koʻngil muattar.

Bugun bunday dorilomon zamonga,

Hurriyat tufayli boʻldik muyassar.

 

Naqarot:

Goʻzal va betakror, muqaddas Vatan,

Jonim fido senga, butun jismu tan!

Bulbullar madh etgan goʻzal boʻstonim,

Jahonda yagona Oʻzbekistonim!

 

Shod yashar qoʻyningda turli millatlar,

Bol kabi bogʻingda ungan neʼmatlar.

Dasturilamaldir oʻgʻil-qizingga,

Ulugʻ allomalar aytgan hikmatlar.

 

Naqarot

Butun xalq birlashib koʻrsatib gʻayrat,

Yutuqlar koʻngilga surur solgan payt.

Yayrab-yashnayotgan bu ulugʻ oʻlkam,

Butun dunyo uzra koʻrsatur haybat.

 

Naqarot

Dildagi gʻururning boʻlib taʼsiri,

Chizilar bu buyuk yurtning tasviri.

Xalqimizni olgʻa undaydi doim,

Dono Yurtboshining har bir tadbiri.

Ahmad NAFASOV.

YaXShI DAVRONDA

Vatan, vasfing qilay doston,

Jaranglasin yer-u osmon.

Koʻngil toʻlguncha soz aylay,

Dilimda bor edi armon.

 

Naqorat:

Vatan, sensan turar joyim,

Yashil bogʻim oqar soyim.

Joʻshqin Amu, Sir daryoim,

Meni shodmon etar doim.

 

Xazinang togʻ-u toshingda,

Nasibang ob-u oshingda.

El-u yurt obod, farovon,

Chorak asrlik yoshingda.

Naqorat

Yoqimli, yorqin husning bor,

Qancha  atoqli doʻsting bor.

Totuvsan tinch hayot birla,

Tasadduq jon senga ming bor!

 

Istiqlolga boʻlib hamdam,

Vatanda baxt topib men ham.

Yasharman yaxshi davronda,

Etib koʻnglimni shod, hurram.

 

Qanot bogʻlab quvonch quchgan,

Bulut oshib, baland uchgan.

Bugun kuchli, jasur qushman,

Amu - Jayxun suvin ichgan!

Jumaboy HIDOYaTOV.

AMUDARYoM

Amu sohilida ulgʻayib oʻsdim,

Qulochimni kerib toʻlqinlar toʻsdim.

Sohiliga chiqib, qumlarni kezdim,

Sevimli maskanim, jon Amudaryom!

 

Dunyoga tanilding istiqlol sabab,

"Amudaryo asali” nomli bol sabab.

Har ishda erishgan istiqbol sabab,

Xirmonlaring toʻla don, Amudaryom!

 

Sening taʼrifingga topa olmay soʻz,

Oq qogʻoz yuzida bugun tolmay koʻz.

Hamma rejalaring boʻlib qolgay yuz,

Paxta-yu gʻallaga kon Amudaryom!

 

Bu yilgi xirmonlar toʻlibdi donga,

Bozoringda bisyor – ne kerak jonga.

Muhayyo ne lozim boʻlsa insonga,

Rastalaring toʻla non, Amudaryom!

 

Ayni yigit yoshi – muborak yoshing,

Ne bir azoblarga yetib bardoshing,

Qatorda kam boʻlma, magʻrur tut boshing

Abad nasib etgay shon, Amudaryom!

Farhod AVEZOV, "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.

ona diyorim

Hayoldan ketmaydi kecha-yu kunduz,

Qayerda boʻlsa-da, sogʻinch-xumorim.

Men uchun dunyoda yagona, yolgʻiz,

Sen oʻzing faxrimsan, ham iftixorim,

Goʻzal Oʻzbekiston – ona diyorim.

Ellarning ichida erur sarasi,

Bepoyon yerlari, togʻ-u darasi.

Oʻzingsan gavharim – koʻzim qorasi,

Boʻynimga marjonim, tilla tumorim,

Goʻzal Oʻzbekiston – ona diyorim.

Sanʼatiga bugun tan berdi jahon,

Dovrugʻini koʻrib qoldi lol-hayron.

Oʻgʻil-qizi bari botir, paxlavon,

Shu sabab dilimda yoʻqdir-gʻuborim,

Goʻzal Oʻzbekiston – ona diyorim.

Oʻzbek elim doim oʻziga bekdir,

Oʻzgalardan aslo, hech kami yoʻqdir.

Bugun hayotidan koʻngillar toʻqdir,

Qancha fido qilsam arziydi borim,

Goʻzal Oʻzbekiston – ona diyorim.

Mustaqillik – ulugʻ farovon hayot,

Mustaqillik bilan el-u yurt obod.

Mustaqillik boʻlsin mudom barhayot,

Shomurod, abadiy boʻlsin shiorim –

Goʻzal Oʻzbekiston – ona diyorim,

Shomurod XOʻJANOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026