01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 16:56
Jamiyat 👁 4,255

Savol bering, javob qaytaramiz

 Savol bering, javob qaytaramiz

Savol:  Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvni notarial tartibda tasdiqlash tartibi qanday?

Savolga 2-sonli tuman davlat notarial idorasi notariusi yordamchisi Shahnoza Bobojonova javob beradi:

– Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va toʻlash tartibi) aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs bilan aliment oluvchi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 130-moddasiga binoan tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz boʻlsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi.

Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega boʻladi.

Toʻlanadigan alimentlarning miqdorini taraflar mazkur kelishuvda belgilaydi. Voyaga yetmagan bolalarga aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvga binoan toʻlanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin boʻlgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak.

Alimentlar:

- aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlarda;

- vaqti-vaqtida pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada;

- bir yoʻla pul bilan toʻlanadigan qatiy summada;

- mol-mulk bilan yoki kelishuvda qayd etilgan boshqa usullarda toʻlanishi mumkin.

Aliment toʻlash haqidagi kelishuvda aliment toʻlashning turli usullarini birga qoʻshib qoʻllash nazarda tutilishi mumkin.

Savol:  Bola asrab olmoqchiman. Buning tartibi haqida maʼlumot bersangiz.

Bobur Sobirov, Amudaryo tumani.

Savolga Amudaryo tumani FHDYo boʻlimi inspektori Muborak Primbetova javob beradi:

– 2013-yili qonunchiligimizga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan farzandlikka olish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Buning uchun farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ariza bilan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash joyidagi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudiga murojaat qilinadi.

Sudning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab oʻn kun ichida FHDYo organi farzandlikka olingan bolaning tugʻilishi qayd etilgan dalolatnoma yozuviga zarur oʻzgartishlar kiritishi lozim.

Oʻn yoshdan oshmagan bolaning tugʻilgan joyi sudning hal qiluv qarori asosida Oʻzbekistan Respublikasi hududi doirasida oʻzgartirilgan boʻlsa, u holda farzandlikka oluvchi (lar)ning yashash joyidagi FHDYo organiga tiklangan dalolatnoma yozuvi qayd etiladi va yetti kun ichida dastlabki dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYo organiga uni bekor qilish haqida xabarnoma yuboriladi.


 (Foto - http://mehnatdarsi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026