KEKSALARIN AZIZ TUTGAN ELIM
Men 88 yoshdaman. Keyingi yillarda ikkala koʻzimning ham koʻrishi pasaya boshladi. Avval keksalikda deb eʼtibor qilmadim. Kun sayin koʻzlarim xiralasha boshlagach, tuman tibbiyot birlashmasiga keldim. Meni koʻz kasalliklari shifokori, ochiqkoʻngil yigit Ilhom Xolimbetov obdon tekshirib koʻrib, "ota koʻzlaringizga parda kelibdi, buni davolash oson, koʻrmaganday boʻlib ketasiz”, - deb koʻnglimni koʻtardi.
Aytishicha, ikkala koʻzimdagi pardani ham jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash mumkin ekan. Faqat bu amaliyot Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻz kasalliklari shifoxonasida amalga oshirilar ekan.
Barakala topgur Ilhom doʻxtir menga dalda berib, respublika koʻz kasalliklari shifoxonasida bepul jarrohlik amaliyotini qildirish uchun orderni qoʻlimga tutqazdi va:
– Otaxon, sizga, bugungiday tinch-osuda kunlarimiz uchun xizmat qilgan nuroniylarimizga qancha xizmat qilsak ham arziydi, – dedi.
Meni respublika koʻz kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori Yahyo Soliyev ochiq chehra bilan qarshi oldi. Dastlab, shu yil 4-mayda oʻng koʻzimni, 12-iyulda esa chap koʻzimni operatsiya qildi. Amaliyot bor-yoʻgʻi 10 minutcha davom etdi va hech qanday ogʻriq sezmadim. Bilsam, Yahyo Soliyev Hindistonda va Janubiy Koreyada bu malakani egallab qaytgan ekan. Men uning yuksak shifokorlik qobiliyatiga, odamgarchiligiga va odamshavandaligiga juda qoyil qoldim.
Hozir koʻzlarim xuddi yoshlik paytimdagiday ravshan boʻlganligidan quvonchim ichimga sigʻmaydi. Buning uchun Ilhom Xolimbetov, Yahyo Soliyevlardan, keksalarini aziz tutib, shunday sharoitlar yaratib qoʻygan davlatimizdan cheksiz minnatdorman.
Yoʻldosh RAJABOV,
mehnat faxriysi, "Qilichboy” ovuli.
(Foto - http://www.insonvaqonun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶