Mahallada bayram
Yaqinda Bobur nomli ovulda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bagʻishlab bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda ovul mehnatkashlari mustaqillikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar tinglab, dilrabo raqslar tomosha qildilar.
Bayram tadbirida ovuldagi eng obodon va koʻkalamzor koʻcha, mustaqillik tufayli qadr topgan eng yaxshi tadbirkor, eng namunali oilalar ham tanlandi. Buning uchun ovuldagi Davlatboy Abdullayev raislik qilayotgan "Qoʻngʻirot ovul”, Oʻrolboy Rahimov boshchiligidagi "Birinchi Said ovul”, Rustam Oʻrozboyev raisligidagi "Ikkinchi Said ovul” hamda Sotimboy Samandarov raislik qiluvchi "Nukus ovul” mahallalari hayotini aks ettiruvchi albomlar namoyish etildi. Tadbir tashkilotchilari bu mahallalarni, tadbirkorlik subʼektlarini, xonadon va oilalarni borib koʻrdilar.
Bayram tadbiri yakunida "Eng obodon koʻcha”, "Eng namunali oila” yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, ragʻbatlantirildi. Oʻrolboy Rahimov rahbarligidagi "Birinchi Said ovul” mahalla guzari "Eng namunali koʻcha”, Bahodir Qutimboyev oilasi "Eng namunali oila” deb topildi.
Mustaqillik yillarida tobora goʻzal qiyofa kasb etayotgan Bobur nomli ovulning har bir mahallasi va koʻchasiga shu kuni bayram shukuhi oʻzgacha tarovat bagʻishladi.
(Oʻz muxbirimizdan).
(Foto-http://genomics.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶