Jamiyat
👁 2,299
MUSTAQILLIGIMIZ 25 YoShDA
20-avgust kuni 45-sonli maktab jamoasi va Jumur ovul mahallasi faollari bilan birgalikda 45-sonli maktab binosida katta bayram tantanasi oʻtkazildi. Bayram mahalla fuqarolar yigʻini raisi Shukurullo Shermanov, maktab direktori Guloyim Qalandarova va mahalla faollarining tabriklari bilan boshlanib, maktab oʻquvchilari hamda hududdagi MTMlar tarbiyalanuvchilarning quvnoq kuy-qoʻshiqlariga ulanib ketdi. Kecha oxirida mahalla keksalariga va faollariga bayram sovgʻalari topshirildi. Bayram tantanasi uzoq davom etdi. Vatanimiz mustaqilligi yillarida erishilgan yutuqlari haqida ovul ahli toʻlqinlanib gapirdilar.
Bayram tantanasi har bir xonadonga quvonch bagʻishladi.
Feruza SUNDETOVA, Jumur ovul mahallasi.
(Foto-http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶