01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 20:31
Adabiyot 👁 4,537

Kuz ilhomlari

Kuz ilhomlari

KOʻNGLIMGA

Agar har kim faqat oʻzi uchun yashasa: yesa, ichsa, kiysa, oʻlik-tirikka qatnashmasa, toʻy-maʼrakani bilmasa, ogʻa-inining yetar-yetmasidan xabari boʻlmasa, qurtdan ne farqi bor, boʻsagʻasi tillo boʻlsa ham?!

 

Artdingmi singlingning koʻzidan yoshni,

Chetga olib oʻtdingmi yoʻldagi toshni.

Baʼzida payqamay oyni, quyoshni,

Umring oʻtganini bilmay qolarsan!

 

Bir madad istabon kelganda singling,

Dardini aytolmay turganda ining.

Nega koʻr, kar boʻlding?! Nega boʻlding jim?!

Umring oʻtganini bilmay qolarsan?!

 

Juftingga shirin soʻz koʻrmabsan-ku ep,

Axir shu boʻldi-ku hayotingga zeb!

Kim boʻldi kafiling: "fursating koʻp!” - deb.

Umring oʻtganini bilmay qolarsan!

 

Jismingda suv, havo, tuproq bilan oʻt,

Har kuni bir reja qilasan xomchoʻt.

Hazrati Nuh kabi ming yil yashab oʻt -

Umring oʻtganini bilmay qolarsan!

 

Kimlarga pand berding, kimdan yeding pand,

Qachon ogʻu soʻrding, qachon soʻrding qand.

Koʻngling boʻlganida endi Haqqa band,

Umring oʻtganini bilmay qolarsan!

Tursunboy Abdullayev.

 

Mustaqil Vatanim

Vatanim, bepoyon kengliklaring koʻp,

Kengliklaring ichra hayot mujassam.

Purviqor togʻlaring, qaynar bulogʻing,

Koʻzimga toʻtiyo zarra tuprogʻing.

 

Senga kelgan sayyoh davroning koʻrib,

Oʻz yurtin unutib, hayron qoladi.

Bunyodkor elingning davronin koʻrib,

Imkon ufqlaringdan koʻzi toladi.

 

Oʻzbegim, dovrugʻing olamga ketdi,

Tinchlik kabutarin parvozi misol.

Qutlugʻ toʻy xabari dillarga yetdi,

Dillar ehtiromin qabul qilib ol!

Gulsara BOBOJONOVA,

73-sonli maktab oʻqituvchisi.

 

SARGʻAYa BOShLAGAN YaPROQLAR

Sargʻaya boshlagan yaproqlar,

Ezmoq istaydimi yurakni?!

Keltirar bu hollar mudroqlar,

Hech narsa emasdek kerakli.

Umrim-yey, xulosa topganday,

Hadikda qaraysan orqaga.

Behollik boqqa ham boqqanday,

Qarirsan, deganday ertaga.

Gʻaflatli uzlatni uloqtir,

Ey, mening ertakli hislarim!

Jarangdor ohanglar siyoqli

Koʻrinsin ovozim izlari!

Mahzunlik – kuzdagi toʻkilgan

Xazonga oʻxshagan hazinli.

Supurib, haydayin koʻngildan,

Kun kerak quvnoq va hazilli...

Sargʻaya boshlagan yaproqlar,

Yellarda oʻynanglar damo-dam,

Yayranglar, shoxlarni quchoqlab,

Hayotdan zavqlaning jamul-jam.

Jumaboy Hidoyatov.

 

MUSTAQIL BOʻSTONIM – OʻZBEKISTONIM

Biz baxtli yoshlarmiz, unutmang aslo,

Biznikidir kelajak, bizniki dunyo.

Sen-la faxrlansak arziydi bugun,

Mustaqil boʻstonim – Oʻzbekistonim.

 

Yoshlarga atalgan kuch, imkoniyatlar:

Uchishni xohlasang qanot berarlar.

Oʻzingning qoʻlingda qandayin uchmoq,

Baland parvoz qilmoq yoki qulamoq.

 

Ey farzand, koʻzing och, atrofga qara,

Dadil boʻl, qulama, yengilma aslo!

Chunki sen farzandi buyuk diyorning,

Mustaqil, hur Vatan – Oʻzbekistonning

Dilshoda RAHMONQULOVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

 

RAHMAT

(Birinchi ustozim Gulnora Rahimovaga)

Ilk bora kelganda qutlugʻ maskanga,

Bizni quvonch ila kutib oldingiz.

Dillarda uygʻotib mehr Vatanga,

Aziz insonimiz boʻlib qoldingiz.

Hayotda toʻgʻri yoʻl koʻrsatib bizga:

– Yaxshilik yoʻlidan yuring, – dedingiz:

Odamlar tashakkur aytadi sizga,

– Ezgulikdan qasr quring! - dedingiz.

Hayot sabogʻi-yu sizning oʻgitlar,

Qalblarga muhrlab boʻldik biz katta.

Minnatdormiz sizdan qiz-u yigitlar,

Boʻlamiz olim-u shoir, albatta.

Ustozim! Bizlarning birinchi ustoz,

Gʻam-tashvish koʻrmangiz aslo, dunyoda.

Mehnatlaringizga qancha taʼrif oz,

Rahmat aytar, oʻquvchingiz Iroda!

Iroda YeRDOShEVA,

38-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Buvijonim

Boʻgʻirsoqlar pishirib,

Yaxshilarga ulashgan.

Koʻchalarni supirib,

Tozalikni oʻrgatgan.

Hayit kuni barchani,

Xursand qilgan buvijon.

Patir non va kulchani,

Oʻzi yopgan buvijon.

Hayit keldi Vatanga,

Oʻrningiz bilinyapti.

Ayriliqdan har damda,

Yuragim ezilyapti.

Zilola ShOMURODOVA,

40-sonli maktab oʻquvchisi.

 

KUZDA

Keng dalada paxtalar,

Shamollarda tebranar.

Barcha uchun ish qizgʻin,

Sidqi dildan terarlar.

Fermer aka sogʻ boʻlsin,

Paxta xirmon togʻ boʻlsin.

Tuprogʻi zar oʻzbekning,

Hosili moʻl-koʻl boʻlsin.

Oq momigʻim bunchalar,

Barakali oʻsimlik.

Tonna-tonna paxtalar,

Qalbga berar joʻshqinlik.

Erta tongdan odamlar,

Dalalarga chiqadi.

Barchasi birdam boʻlib,

Xirmonni toʻldiradi.

Dildora RAJABOVA.

 

Ustoz

Har kun bizni kutib olar,

Sogʻ boʻlsin, deb tilak tilar.

Ilm-u hunarlar oʻrgatib,

Joʻshqin hayotga yoʻllar.

Mehrda misli ummon,

U bir quyosh nurafshon.

Bosh egib taʼzimdadir,

Ustoz oldida jahon.

Sevinch Otajonova,

40-sonli maktab oʻquvchisi.

 

VATAN DESAM

Vatan, desam koʻz oldimga,

Otam bilan onam kelar.

Oilaning koʻz-quvonchi,

Ukam bilan opam kelar.

 

Vatan, desam koʻz oldimga,

Baland-baland togʻlar kelar.

Insonlarga rizq berguvchi,

Mevasi koʻp bogʻlar kelar.

 

Vatan, desam koʻz oldimga,

Obod Vatan koʻrki kelar.

Atrofi gullarga toʻla,

Keng, yorugʻ koʻchalar kelar.

 

Vatan, desam koʻz oldimga,

Charaqlagan quyosh kelar.

Obi-hayot manbai bu,

Tiniq-tiniq suvlar kelar.

 

Vatan, desam koʻz oldimga,

Erkin boʻlgan xalqim kelar.

Bu xalqimning yetakchisi,

Dono Islom bobom kelar.

 

Islom bobo, ming tasanno,

Ruhlaringiz boʻlsin shod.

Nomingizni dilda saqlab,

Unutmaymiz umrbod!

Aziza Oʻrozboyeva,

32-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Ustozga taʼzim

Assalomu alaykum,

Ey aziz ustoz.

Jismingizga ismingiz,

Oʻzingiz ham mos.

 

Chehrangizday soʻzingiz,

Goʻzaldir doim.

Hattoki tanbehingiz

Boʻlar muloyim.

 

Boshim yerga tekkuncha,

Qilay men taʼzim.

Doim deyman sogʻ boʻling,

Aziz ustozim!

Elyor XUDOYBERGANOV,

59-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026