Savol bering – javob qaytaramiz
Savol: – Farzandim Qozogʻiston Respublikasida tugʻilgan. Uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi ham shu davlatda olingan. Ushbu hujjatni Oʻzbekiston Respublikasining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasiga almashtirishim mumkinmi?
M.Tajiyeva, Mangʻit shahri
Javob: – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (1999-yil, 12-aprel) bilan tasdiqlangan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning IX boʻlimida xorijiy davlatlarning vakolatli muassasalari tomonidan mamlakatimiz fuqarolariga berilgan fuqarolik holatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni almashtirish tartibi koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, bunday hujjatlar Oʻzbekistonning gerbli guvohnomalariga almashtirilishi mumkin.
Hujjatlar fuqarolarning yozma arizalariga koʻra doimiy
yashash joylaridagi FHDYo organlari tomonidan ushbu hujjatlar va ularning
belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qoʻyilgan tarjimalari
asosida, hujjatning berilgan vaqti va joyini koʻrsatgan holda va tiklangan
dalolatnoma yozuvlarini qayd etish orqali almashtiriladi.
Savolga Xoʻjayli tumani 4-sonli davlat notarial idorasi xodimasi G.Ishmuratova javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶