02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 03:26
Jamiyat 👁 4,757

KEChIRIMLILIK VA INSONPARVARLIK TAMOYILI

KEChIRIMLILIK VA INSONPARVARLIK TAMOYILI

Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng barcha sohalardagi kabi sud-huquq sohasida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

Qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgartirishlar, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar zamirida inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadlari mujassamdir.

Eng muhimi, xalqimiz mentalitetiga xos boʻlgan bagʻrikenglik, kechirimlilik kabi insonparvarlik tamoyillari milliy qonunchiligimiz normalari bilan uygʻunlashtirilgan. Pirovardida bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, qonunni buzgan shaxslarga nisbatan kechirimli boʻlish, ularni toʻgʻri yoʻlga solish inson huquqlarini taʼminlashning muhim mezoniga aylandi. Zero, yurtimizda uzluksiz amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari mohiyatida insonni jazolash emas, balki jinoyat yoʻliga kirgan shaxsning har qanday qilmishi uchun jazoning muqarrarligini anglab yetishiga erishishdek zarur gʻoya mavjud.

Yurtimizda olib borilayotgan qonunchilik va sud-huquq sohasidagi tub islohotlar tufayli jinoiy jazolar liberallashtirilmoqda, yarashuv instituti joriy etildi, oʻlim jazosi bekor qilinib, har yili amnistiya akti bilan minglab fuqarolar jazodan va javobgarlikdan ozod etilmoqda va koʻplari sudlanganlik tamgʻasidan asrab qolinmoqda.

Sudlar tomonidan amnistiya aktini qoʻllash masalasiga alohida eʼtibor berilib kelinayotganligini taʼkidlash lozim.

Xususan, Oliy sud Plenumining 2006-yil 22-dekabr kuni "Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

Plenum qarorida amnistiya aktini qoʻllashda surishtiruv, tergov organlari va sudlar uchun ahamiyatli boʻlgan qator masalalar boʻyicha tushuntirishlar berilgan.

2008-yildan boshlab amnistiya aktini qoʻllash vakolati sudlarga oʻtkazilgandan soʻng, amnistiya aktlarini qoʻllashning protsessual mexanizmi ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual Kodeksi ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllash masalasiga bagʻishlangan yangi bob bilan toʻldirildi.

Lekin ayrim sudlar amnistiya akti talablarini toʻgʻri qoʻllab, qonuniylikni taʼminlashga oʻzlarining hissalarini qoʻshishgan boʻlsalarda, 34 ta holatda amnistiya aktini qoʻllashda qoʻpol xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Bu borada amnistiya aktining sudlar tomonidan qoʻllanilishida ayrim jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga tatbiq etilmaydigan bandlari ham mavjudligini unutmaslik kerak.

Xususan, mazkur amnistiya aktining amal qilishi qaror eʼlon qilingunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-, 168-moddalarida koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilish natijasida yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasligi, shuningdek, taʼqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qoʻyildi.

Bundan tashqari, asosiy jazodan ozod qilingan mahkumlar qoʻshimcha jazolardan ozod qilinmasligi koʻrsatilgan.

Ushbu qarorning qoʻllanilishi xaqidagi Nizom tegishli organlarning iltimosnomasi sudlarda koʻrib chiqilib, qonuniy va haqqoniy qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi.

X.ASANOV, QR jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi raisining oʻrinbosari.

N.SOBIROV, tuman Prokurori yordamchisi.


(Foto - http://xushnudbek.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026