15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 09:06
Jamiyat 👁 4,406

YIL YaKUNI: SARHISOB VA NATIJALAR

YIL YaKUNI: SARHISOB VA NATIJALAR

Vaqt – yeldirim! Bir-birini quvlab oʻtayotgan umrimiz soniyalari har birimizning hayotimizda oʻzgacha iz qoldiradi.

Oʻziga xos rivojlanishlarga, yuksalishlarga boy boʻlgan 2016-yilni tarix sahifasiga kuzatish arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz bilan yakunlangan yildagi erishgan yutuqlari, yangi yil uchun moʻljallayotgan rejalari xususida suhbatlashdik, koʻp ming sonli gazetamiz muxlislariga, tumanimizaholisiga tilaklarini yozib oldik.

Quyida ushbu suhbat bilan tanishasiz.

Olimboy Xalimov, tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi:

– Yil yakuni har bir kishini oʻtgan oʻn ikki oy davomida amalga oshirgan ishlari haqida oʻylashga, sarhisob qilishga undaydi. Bu borada rahbar xodimlarning masʼuliyati yanada yuqori. Axir u nafaqat oʻzi, oilasi, balki rahbarlik qilayotgan sohasi uchun ham javobgar shaxs. Agar yakunlangan yilimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalsak, tumanimiz aholisining salomatligini yanada mustahkamlash borasida koʻpgina chora-tadbirlar amalgaoshirildi. Bunda, eng avvalo, sogʻlom turmush kechirishning afzalliklari, har kimning oʻz sogʻligi uchun masʼuliyatini oshirish borasidagi targʻibot-tashviqot ishlarimizni aytishni istar edim.

2016-yil davomida 3 marotaba Toshkent shahri va Respublika malakali mutaxassislari yordamida "Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin!” shiori ostida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar oʻtkazildi. 2016-yilning mart oyida "Patronaj oyligi” oʻtkazilib, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan qariyalar, nogironlar, yosh oilalar, tugʻish yoshidagi surunkali kasalligi bor, dispanser nazoratidagi bemorlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, sogʻlomlashtirishga muhtojlariga ambulator, statsionar davolanishga tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, "Hyundai” avtomashinasi bilan Respublikadan kelgan malakali tor mutaxassislar yordamida tumanimizning chekka hududlarida yashovchi aholining chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrigi oʻtkazildi. Amalga oshirilgan tadbirlar aholi oʻrtasida kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlashga yordam berishi bilan juda ahamiyatlidir.

Birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat koʻrsatishni qimmat turuvchi statsionar turidan ambulator turiga oʻtkazishda sezilarli oʻzgarishlar yasaldi: yaʼni markaziy shifoxonadan 20-oʻrin qisqartirildi, 45-oʻrinli ftiziatriya boʻlimi tugatildi, tuman boʻyicha statsionar tartibda davolanishga moʻljallangan yil boshidagi mavjud 450-oʻrin noyabr oyidan 385-oʻringa tushirildi.

"Tez tibbiy yordam” boʻlimi 2016-yilda yangi reanimobil "Nissan” sanitar avtotransporti bilan taʼminlandi. Bu oʻz navbatida aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish sifati oshishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi.

Tumanimizda reproduktiv xizmat sifati oshganligi tufayli soʻnggi yillarda onalar oʻlimi roʻyxatga olinmadi, tugʻish yoshidagi ayollarda tugʻish oraliqlarini saqlash muddatiga amal qilishi, oʻz sogʻligini saqlashga eʼtibori kuchaygani bu boradagi targʻibot-tashviqot ishlarimizning natijasini koʻrsatadi.

Bolalarda yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida 2015-2016-yillarda yangidan "Pnevmokokk” vaktsinasi va "Rota” vaktsinasi emlash dasturiga kiritildi. Kasalliklarga qarshi milliy emlash tadbirlariga barcha belgilangan yoshdagi bolalar qamrab olinayapti.

Farzandining sogʻlom va emin-erkin ulgʻayishini istamaydigan ota-ona bormi? Tilakka qarshi, baʼzan baxtsiz hodisalar yo ota-onaning salgina ehtiyotsizligi oqibatida, baʼzan esa tugʻma nuqson bilan tugʻilishi oqibatida bolalar tengqurlari qatori hayotga faol aralasha olmaydilar.

Tibbiyotning jadal rivojlanishi va hukumatimizning bolalarga qaratayotgan cheksiz gʻamxoʻrligi tufayli tumanimizda 2016-yilning oʻzida 4 nafar yuqori tishlari va qattiq tanglayi rivojlanishida tugʻma nuqsoni boʻlgan bolalar Koreya Respublikasi mutaxassislari tomonidan operatsiya qilindi, 1 nafar oyogʻida maymoqligi bor bola davolanishga yuborildi, tugʻma yurak nuqsoniga chalingan 7 nafar bola Respublika ilmiy markazida va Toshkent shahridagi V.Vohidov nomli ilmiy Markazda jarrohlik yoʻli bilan davolandi, 1 nafar bola Respublika Pediatriya ilmiy tekshirish institutiga yoʻllanma bilan borib, koxlear implantatsiya qilish yoʻli bilan sogʻlomlashtirildi, surunkali osteomiyelit kasalligi bor 2 nafar bola, kuyishdan keyingi nuqsoni bor 2 nafar bola Toshkent shahrida plastik operatsiya qilindi, 1 nafari plastik operatsiya qildirish uchun Samarqand shahriga yuborildi.

Shular haqida oʻylaganimiz-da, odamlarimiz aholining, bolalarning sogʻlomligi, baxtiyor yashashi uchun davlatimizning eʼtibori, gʻamxoʻrligi nechogʻlik yuksak ekanligini yaqqol anglashlarini va sogʻligini qadrlashlari lozimligini sidqidildan his qilishlarini juda-juda istar edim. Chunki sogʻlikdan-da ulkan boylik yoʻq.

Kirib kelgan yangi yil barchaga qutlugʻ boʻlsin! Butun kurrai zaminimizda tinchlik, osoyishtalik hukmron boʻlsin!

Shuhrat YuSUPOV, tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi mudiri:

– Istiqlol yillarida kechgan har bir yilimiz mustaqilligimizni mustahkamlash, barcha sohalarda islohotlarni chuqurlashtirish va Oʻzbekistonimizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish yoʻlida muhim qadam boʻlib qolayapti.

2016-yilda sohamizda amalga oshirilgan ijobiy ishlar, yuksalishlar haqida soʻzlaganimda, eng avvalo, erkin ijod qilish, bebaho maʼnaviy merosimiz boʻlgan xalq qoʻshiqlari, laparlari va aytishuvlarini, vohamizga xos boʻlgan masxarabozlik, dor oʻyinisanʼatini qayta tiklab, boyitib, xalqimizga qayta taqdim etish imkoniyatini bergan mustaqilligimizga qayta-qayta shukrona aytaman.

Zimmamizdagi masʼuliyatli vazifa – xalqimizga madaniy xizmat koʻrsatish sifatini oshirishda, iqtidorlilarni izlab topib, isteʼdodini rivojlantirishga koʻmaklashish, oʻzligini namoyon etishiga sharoit yaratish borasida koʻpgina tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan "Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli, "Ofarin” folklor-etnografik xalq ansambli, "Jayxun moʻʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq havaskorlik jamoasi safi talantli yoshlar bilan kengayib, qutlugʻ kunlar, bayramlar va ommaviy tadbirlarda namoyish etayotgan dasturlarimiz chuqur gʻoyaviy maʼno-mazmunga egaligi, ulkan ruhiy ozuqa bera olishi bilan xalqimizning eʼtiboriga, eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda.

Boʻlimimizda uch nafar – Dilfuza Bobojonova, Shahnoza Aminboyeva, Qunduzoy Eshchanovalarning baletmeysterlik faoliyatini boshlaganlari shunday mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojimizni toʻla qondirdi va raqs sanʼatiga qiziquvchi yoshlarning koʻpayishi va mahorati oshishiga zamin yaratdi.

Jamoadagi sogʻlom ijodiy muhit va ragʻbat sanʼatkorlarimizni oʻz ustlarida ijodiy izlanib, ulkan muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritishlariga ruhlantirayapti. Natijada "Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari Anvar Xudoyberganov "Otam – suyangan togʻim, onam – mehr bulogʻi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻolibi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida esa faxrli ikkinchi oʻrin sohibi boʻldi. Ilyosbek Oʻrinboyev, "Kuyla, yoshligim!” deb nomlangan koʻrik-tanlovda Qoraqalpogʻiston Respublika bosqichida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2016-yil 10-yanvarda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab Nukusda oʻtkazilgan "Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni!” nomli Respublika tanlovida Vahobjon Abdullayev qatnashib, ijrosi yuksak baholandi.

Eng muhimi, qutlugʻ kunlarda, bayram tomoshalarida yuksak ijodiy salohiyatli madaniyat xodimlari xalqimizni oʻz sanʼati, ijrosi bilan xushnud etishayapti.

Yurtdoshlarimizga kirib kelgan yangi yilning har bir kuni bayramdek shod-u xurramlikda oʻtishini tilayman. Tinchlik-osoyishtaligimiz mangu barqaror boʻlsin!

Surayyo Norboyeva, 3-sonli Amudaryo akademik litseyi fizika fani oʻqituvchisi:

– Yakunlangan yil mening hayotimda ham oʻchmas taassurotlar qoldirdi. Biz oʻqituvchilar oʻz mehnatimiz samarasini taʼlim berayotgan oʻquvchilarimiz qoʻlga kiritgan yutuqlari bilan baholaymiz. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, 2015-2016 oʻquv yilida men taʼlim bergan, litseyni tugatgan 301-guruhning 33 nafar oʻquvchilaridan 24 nafari mamlakatimizdagi turli oliygohlar talabalari boʻlishdi. Shularning 14 nafari davlat granti, 10 nafari toʻlov-shartnoma asosida oʻqimoqdalar. Shuningdek, fan olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli oʻrinlarni olgan oʻquvchilarim ham bor. Bular bir mening emas, aniq fanlardan dars berayotgan barcha oʻqituvchilarning hamkorlikda olib borgan mehnatlarimiz natijasi, deb bilaman. Kelgusi yilda bu saʼy-harakatlarimizning yanada samarali boʻlishiga, oʻquvchilarimizning oliygohlarga kirish koʻrsatkichini oshirishga intilayapmiz.

2016-yil oilamda ham oʻziga xos iz qoldirgan yil boʻldi. Boisi, oʻz oʻquvchim, toʻngʻich farzandim Toshkent Davlat Texnika Universitetiga davlat granti asosida oʻqishga kirdi. Bu ham ustoz sifatida, ham ona sifatida meni qanchalik shodlikka belaganini soʻz bilan taʼriflay olmasam kerak. Axir dunyoda ona uchun farzandi yutugʻidan ulkan baxt bormi?

Men har kuni oʻzim mehnat qilayotgan 3-sonli Amudaryo akademik litseyiga qadam qoʻyar ekanman, meni fizikaning sehrli olamiga yetaklagan, oʻqitib, shu fan oʻqituvchisi boʻlishimga fidoyilik qilgan ilk ustozim, oʻz otam Sobir Norboyevning "Har bir oʻquvchiga oʻz farzandingday mehr ber. Shunda oʻqitishing, natijaga erishishing osonlashadi”, – degan soʻzlarini eslayman. Oʻz faoliyatim bilan otamning ishonchini oqlab, eʼtirofiga sazovor boʻlib ishlashga intilaman.

Omonboy RAJABOV, "Rajabov Omonboy” fermer xoʻjaligi raisi:

– Aslida tinch-osoyishta oʻtayotgan umrimizning har bir kuni bayram desam, xato boʻlmas. Chunki yer kurrasining turli hududlarida toʻyib ovqat yeyishni, oila qurib, farzandli boʻlishni, oilasi bagʻrida tinch-xotirjam yashashni faqat orzu qiladiganlar, oʻz tugʻilgan tuprogʻida portlab ketmasmikan, deya hadik bilan qadam tashlaydiganlar qanchadan-qancha?

Shukurki, yurtimizda tinchlik, farovonlik. Muhtaram Prezidentimiz kirib kelgan yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deya nomlab, xalqimizning turmushidagi turli muammolariga ham quloq solib, ularning manfaatlariga xizmat qilishni bosh vazifa qilib qoʻydilar. Tumanimizda fuqarolarimizning dardini tinglaydigan "Xalq qabulxonasi” tashkil etildi.

Davlatimizning gʻamxoʻrligi har bir inson taqdirida oʻz ifodasini topayotir. Endilikda har bir mehnat kishisining faoliyati ana shu gʻamxoʻrliklarga munosib boʻlmogʻi kerak.

Men rahbarlik qilayotgan xoʻjalik aʼzolari uchun yakunlangan yil samarali boʻldi. Bugʻdoy, pilla yetishtirish rejalarimizni ortigʻi bilan ado etdik, 41 gektar paxta maydonimizning har gektaridan 40 tsentnerdan ziyod hosil oldik. Farzandlarimni ham halol mehnat qiladigan, el koriga yaraydigan insonlar boʻlishiga harakat qilgan edim. Niyatlarimga yetayapman. Mana, oʻgʻlim Anvar oʻtgan yildan beri fermer xoʻjaligimizning chorvasi hisobiga shu sohaga ixtisoslashgan "Xayrulla-Qilichboy chorva” fermer xoʻjaligini tuzib, mustaqil ish yuritayapti.

Yangi yil uchun rejalashtirayotgan ishlarimiz koʻp.

Barcha yurtdoshlarimizga yangi yil qutlugʻ va barakali yil boʻlsin, deya tilak bildiraman.

Suhbatdosh

Oygul RAJABOVA.


(Foto - http://qiziltepa.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019