Vatan himoyachilari kuni oldidan
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda ayni paytda harbiy xizmatni oʻtayotgan, oʻz uyi, ota-onalaridan yiroqda boʻlib, yurtimiz tinchligini himoya qilayotgan chegara qoʻshinlari askarlari bilan kollej oʻquvchilarining samimiy muloqoti tashkil etildi.
Ayni paytda harbiy xizmat burchini oʻtayotgan F.Neʼmatov va O.Abdumalikovlar yoshlarga harbiy xizmat haqida soʻzlab berdilar.
***
Butun mamlakatimizda 14-yanvar Milliy Armiyamiz tashkil topgan sana – Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlandi. Harbiy qismlarda, oʻquv muassasalarida, madaniyat va aholi dam olish markazlarida, mahallalarda boʻlib oʻtgan adabiy-musiqiy tadbirlarda xalqimiz oʻzlarining ona Vatanga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatini namoyon etdilar. "Ona Vatanimga xizmat qilaman!”, "Askar onalarini sharaflaymiz!”, "Vatanga xizmat – oliy burch”, "Shavkatim, shonim – Vatan!” kabi mavzularda oʻtkazilgan bayram tadbirlarida Vatan, doʻstlik, tinchlik, millatlararo bagʻrikenglikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi.
Milliy Armiyamiz tashkil topganligining 25 yilligiga bagʻishlangan ana shunday tadbirlar tumanimizda ham boʻlib oʻtdi. Mangʻit shahridagi markaziy madaniyat va aholi dam olish maskanida boʻlib oʻtgan adabiy-musiqiy tadbirda tumanimizda joylashgan chegara qoʻshinlari qismlarida xizmat qilayotgan zobitlar va askarlar hamda zahiradagi zobit va askar oilalari ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶