02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 03:43
Adabiyot 👁 3,009

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

IJODIY JASORAT HAQIDA

(E.Vohidov tavalludining 80 yilligiga)

Asli odam Haq tomondan.

Avval bitta yaralgan

Lekin uning bir oʻzida

Ming feʼl-atvor joy olgan.

 

Minglab yillar ming xil tuygʻu.

Bir vujudni talashar,

Shuning uchun goh rohat, goh

Gʻavgʻoda yashar bashar.

 

Hamda azal odamlarga,

Xosdir oʻzi bir xislat.

Balki lozim koʻrib oʻzi,

Bermish sohibi qudrat.

 

Hayot ekan inson doim,

Kerakdir bu fazilat.

Chunki kutilmagan chogʻda,

Duch kelar mushkul fursat.

 

Irodasi baquvvatlar

Oʻtar har bir sinovdan.

Zero, xavfga tayyor odam,

Qoʻrqmas hech qanday gʻovdan.

 

Umr doim shod kechmaydi,

Boʻlar baʼzan gʻam-qaygʻu.

Oyning yarmi yorugʻ boʻlsa,

Yarmisidir qorongʻu.

 

Notoʻgʻridir mard deganlar,

Yiqilmasdan yurolgan.

Asli marddir qayta-qayta,

Yiqilsa ham turolgan.

 

Bunday odamning qalbida,

Qolsa hamki asorat.

Har holatda tayyor ular,

Koʻrsatmoqqa jasorat.

 

Bunday insonlar tufayli,

Elga doim naf boʻlar.

Hatto uzoq dahshat solgan,

Balolar ham daf boʻlar.

 

Qancha shoir ijodida,

Shu deb asli sezimlar.

Qoidada boʻlgan paytda

Turli "izm-izm”lar.

 

-Sheʼriyatda shaklmi yo,

Mazmun, - deya, - birlamchi?

Necha olim bahslashdilar,

Otiga bosib qamchi.

 

Shunda Shoir dedi aylab,

Haqiqatga tavajjuh:

-Asli shakl bilan mazmun, -

Tan libosi ichra ruh.

 

Shoir boʻlsang doim tursin,

Shakl mazmunga yarashib.

Sheʼr taʼmini buzmasinlar,

Ular oʻrin talashib.

 

Agar ijodda xalqingga,

Xizmatni qilsang niyat.

Har sheʼringda qaror topsin,

Umummilliy qadriyat.

 

Chin insonning sof vijdoni,

Dilda qilib tantana.

Har satringda balqib tursin,

Necha asriy anʼana.

 

Bu jihatdan lozim boʻlsa,

Agar dono muallim.

Navoiy va Bobur kabi,

Daholardan ol taʼlim.

 

Uygʻoq boʻlsang, elning baxti,

Boʻlsin es-u hushingda.

Uxlaganing paytda hatto,

Koʻrgin uni tushingda.

 

Bu shoirning koʻngli yoniq,

Doim otash degani.

Ichsang, elning dardin ichib,

Gʻamin oshash degani.

 

Essa agar yurting tomon,

Jaholatning epkini.

Saqlash uchun tayyor turgin,

Oʻz xalqingning erkini.

 

Gʻalamislar igʻvosiga,

Qarshi sheʼring yaroq qil.

Safda doim oldinda yur,

Vijdoningni bayroq qil.

 

Daʼvat qilgin ilm olishga,

Ilmliga dunyo keng.

Maʼrifatli xalqlar yashar,

Doim tenglar ichra teng.

 

El nafini kuylamoqdek,

Baxtdan topib nashida.

Faxr bilan yaratganman,

"Oʻzbegim”dek qasida.

 

Koʻp larzaga solgan paytda,

Bir istibdo dunyoni.

Qurbonlari haqda paydo,

Boʻldi "Ruhlar isyoni”.

 

Mana, hurlik yuzin koʻrdik , –

Yurtimizda istiqlol!

Bormoqdamiz toʻgʻri yoʻldan,

Demak, porloq istiqbol.

 

Faqat doim turgin ogoh,

Xalqning sezgir koʻzi boʻl.

Kerak paytda el dilidan,

Tilga chiqqan soʻzi boʻl.

 

Har ishingning yurting uchun,

Boʻlsin doim keragi.

Koʻkragingda urib tursin,

Yoʻlbarsning yuragi.

 

Chunki shoirlik kasb emas,

Fidoyilik degani.

Har nafasda jasoratga,

Ham qoyimlik degani.

 

Deyman: qalbing koʻzgusiga,

Aslo gʻubor qoʻnmasin.

To hayotsan ijod zavqi,

Joʻshib tursin, soʻnmasin!

Ahmad NAFAS.

 

NASIHAT

Oz-ozdan parvozin oʻrganar qush ham,

Osmondan tushmaydir oʻquv ham, kuch ham.

Kim togʻni zabt etmay samoni quchgan,

Havoyi havaslar – bekorchi dushman.

 

Ming qaygʻu chekkuncha bir ishni bitkaz,

Ming omad kutmasdan bir koʻchat oʻtqaz,

Farzand-la mashgʻul boʻl, kamolga yetkaz,

Koʻnglingni kul bosgan gʻashlikdan qutqaz!

 

Oz-ozdan mashqingni soz aylab yurgil,

Hayotga ishqingni mos aylab yurgil.

Shashtingni sust qilmay, yoz aylab yurgil,

Naslingni past tutmay, avaylab yurgil!

J.HIDOYaTOV.

 

Vatanga qasamyod

Jannatmakon yurtim, jon Oʻzbekiston,

Vatansan, begʻubor, musaffo bahor.

Himoyangda turar mard, jasur oʻgʻlon,

Harbiy xizmat erur faxru iftixor.

 

Oʻgʻlingman, men senga qalqon – himoya,

Tayyorman, qolguncha to soʻnggi nafas.

Yovlar oʻtolmaydi – bor metin qoya,

Oʻzbek oʻgʻloniga oy qilar havas.

 

"Oʻgʻlim, otlanibsan, ezgulik – yoʻling,

Mard boʻlgin, oʻktam boʻl, el boʻlsin rozi.

Ajdodlar ruhidan kuch olsin qoʻling,

Yurtimda yangrasin toʻylar ovozi”, –

 

Deya duo qilgan mehribon onam,

Doimo beradi fikrimda jarang.

Bergan oq sutingiz oqlayin har dam,

Siz bilan yetishdim shu kunga, qarang!

 

Bugun qabul qildim harbiy qasamyod,

Vatan bayrogʻini tiz choʻkib oʻpib.

Shu ontimga sodiq qolgum umrbod,

Asl farzand boʻlay, shonli yoʻl oʻtib.

 

Harbiy qasamyodni qabul qilgan on.

Dilimda charx urar shunday bir xayol:

Yigit hayotida yagona imkon,

Sen Vatan oʻgʻlisan, jangchi boʻl halol!

 

Ushbu qasamyodni dilimga joylab,

Yurakda misoli gavhar – asrayman.

Tuprogʻing koʻzimga toʻtiyo aylab,

Bepoyon sarhading koʻzdek asrayman.

 

Halqim, tinchlik uchun tanda jon bilan,

Ajdodlarim ruhi – buyuk shon bilan,

Vatan sevgisi-yu, chin iymon bilan,

Har yorugʻ kuning-chun yonib yashayman,

Yashayman dilimda qasamyod bilan!

Alisher AHMEDOV,

"Choykoʻl” OFY xodimi.

 

Jonim fido elimga

Bu yurtda yashaydi Hazrati inson,

Eli uchun fido qilar shirin jon.

Vatan uchun beray men ham qutlugʻ qon,

Allohim, yurtimni saqlagin omon!

 

Non-tuzingni yeb, qadring bilmaganlar,

Sendan hech bir yomonlik koʻrmaganlar.

Yov kelsa, qalqon boʻlib turmaganlar,

Aslida yovdan ham yomondir, yomon!

 

Osmoningga bulut soya sololmas,

Biz bormiz, tinchlikni tortib ololmas.

Gʻanimlar yeringga oyoq qoʻyolmas,

Allohim, yurtimni saqlagin omon.

Nodira YaNGIBOYeVA.

 

Sharafli xizmat

Barchaning koʻngli toʻq, hech qoʻrqmas zinhor,

Chegara mustahkam, sergak har askar.

Jonini garovga qoʻyib oʻgʻlonlar,

Istiqlol bayrogʻin baland koʻtarar.

 

Vatanga xizmat bu – eng oliy burchdir,

Bayrogʻ-u tugʻini muqaddas bilmoq.

Vatanga xizmat bu – askarga kuchdir,

Sharafdir, tiz choʻkib qasamyod qilmoq!

 

Doim dadil boʻlishga undar qoʻmondon,

Muqaddas Vatan, deb yonar koʻzlari.

Vatan mehri singar munis onadan,

Shuning-chun Vatan, deb yashar harbiylar.

Inobat ODILBOYeVA,

Mangʻit iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.

 

Vatan posbonlariga

Vatan madhi dilingizda,

Ona makon qoʻlingizda.

Buyuk ishlar yoʻlingizda,

Mard va jasur oʻgʻlonlar,

Bayramingiz muborak!

 

Alpomishday botir yurak,

Olgʻa shaxdam qadam qoʻygan.

Manguberdi sizga oʻrnak,

Amir Temur avlodlari –

Bayramingiz muborak!

 

Sizlar borsiz, tinch yurtimiz,

Aslo yoʻqdir tashvishimiz.

Doim sogʻ-omon boʻlingiz,

Botir oʻgʻlon – sheryurak,

Bayramingiz muborak!

Sabohat YeRDAShEVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

 

Bobomdan oʻrgandim

Vatanning shaʼnini himoya qilgan,

Tinchligu baxt uchun yugurib-yelgan.

Nuroniy yoshda ham "xalqim”, deb turgan,

Bobomdan oʻrgandim yurtni sevmoqni.

 

Hayot yoʻllarida ming bor qoqilib,

Joni ogʻrisa-da hatto yiqilib.

Vatan, deb ming bora oʻlib-tirilib,

Yashagan bobomda koʻrdim qudratni!

 

Men kim, Amu elning suyuk oʻgʻloni,

Koʻksimda joʻsh urar Vatan tugʻyoni.

Mangu boʻlsin, deya tinchlik qoʻrgʻoni,

Bobomdan oʻrgandim YuRTni sevmoqni!

Jamshid ChOʻTBOYeV,

Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.

 

Oʻzbek oʻgʻlonlari

Jahonda yoʻq tengingiz,

Olamchadir mehringiz.

Bormi yoki sehringiz,

Ey, oʻzbek oʻgʻlonlari!

 

Sira orom olmaysiz,

Erta-yu kech tinmaysiz.

Sogʻ-u omon boʻlgaysiz,

Ey, oʻzbek oʻgʻlonlari!

 

El umidvor sizlardan,

Chaqnab turgan koʻzlardan.

Mehr toʻla yuzlardan,

Ey, oʻzbek oʻgʻlonlari.

Dildora RAJABOVA.

 

OʻZBEKLAR

Oʻz uyida, oʻziga bek oʻzbeklar,

Oila gulshani obod oʻzbeklar.

Koʻngli toza, mehri ummon oʻzbeklar –

Ham fidoyi, mehnatkash xalqim mening!

 

Nafosat-u kamtarlik ularga xos,

Mehmondoʻstligiga qilguday havas.

Ochiq chehraligi ham oʻziga mos,

Qoʻshnisi-la qon-qarindoshim mening!

 

Yigʻib-terganiga toʻylar qiladi,

Mehmon kelsa, koʻngillari toʻladi.

Marralarni doim baland oladi,

Tinchlik deb yashaydi oʻzbegim mening!

Lobar OʻROZIMBETOVA.

 

VATAN

Vatan, sharaf-shonimsan,

Gʻururimsan, orimsan.

Sen uchun fido jonim,

Baxshida dil ashʼorim.

 

Vatan, desam dilimda,

Toshib ketar tugʻyonim.

Gullaydi qarogʻimda,

Har qarich yer, oshyonim.

 

Jahon aro bir kitobsan,

Maʼnaviyat barq urgan.

Eng nurafshon oftobsan,

Dunyoga nur taratgan.

Surayyo RAJABOVA.

 

Tinchlik qalqonlari

Mard va jasur askarlar,

Yurtimizni qoʻriqlar.

Ular kabi boʻlmoqqa,

Intiladi bolalar.

 

Postida sergak turib,

Farzandlik burchin tuyib.

Qoʻriqlashar Vatanni,

Har qarich yerin suyib.

 

Tinchlikning qalqonlari –

Yurtning mard oʻgʻlonlari.

Duo qilar buyuk xalq.

Buyuk yurt posbonlarin!

Surayyo DAVLATOVA.

 

Shukrona ayting

Xirmonimiz togʻdan oshadi,

Bogʻlarimiz chiroy ochadi.

Koʻrganlarning bahrin ochadi,

Tinchlik uchun shukrona ayting!

 

Kimlar koʻrdi urushni yigʻlab,

Kimlar oʻtdi tinchlikni istab.

Azizlarim, sizdan bir talab –

Tinchlik uchun shukrona ayting!

 

Tandirdagi shirmoy non uchun,

Osoyishta otgan tong uchun.

Oʻzbek degan ulugʻ nom uchun,

Tinchlik uchun shukrona ayting!

 

Bizning eldir oʻz-oʻziga toʻq,

Sogʻ-omondir toʻrt muchang, joning.

Bunday tinchlik hamma yerda yoʻq,

Tinchlik uchun shukrona ayting!

Bekzod ALLAQULOV,

   55-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026