02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 08:23
Jamiyat 👁 4,509

IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHIT BARQARORLIGINI TAʼMINLASh YOʻLIDA

IJTIMOIY-MAʼNAVIY MUHIT BARQARORLIGINI TAʼMINLASh YOʻLIDA

Ogohlik har bir insonning turmush tarzidan oʻrin olmogʻi kerak. Ogoh inson nafaqat tinch-osoyishta hayot kechiradi, balki atrofidagilarning, jamiyatning ham tinchligini taʼminlashga hissa qoʻshadi. 4-aprel kuni tuman hokimligida boʻlib oʻtgan ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada barqarorlashtirish, milliy va umummilliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni maʼnaviy boy va jismonan sogʻlom etib tarbiyalash, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻtkazilgan majlisda ham bu fikrlar yana bir karra eʼtirof etildi.

Majlisda tuman hokimining oʻrinbosarlari, bosh mutaxassislari, huquqni muhofaza etish organlari xodimlari, oʻrta maxsus kasb-hunartaʼlimi muassasalari va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilar, shuningdek, chet davlatlarga chiqib kelganlar, qidiruvda boʻlganlarning yaqinlari, notinch oilalarning ota-onalari ham ishtirok etdilar.

Majlis kun tartibidagi masalaning dolzarbligi eʼtiborga olingan holda Respublikamiz rahbariyatidan tashrif buyurgan Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Ozoda Parpiboyeva, Oʻzbekiston Respublikasi "Mahalla” jamoat fondi raisining oʻrinbosari Zafarjon Roʻziyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zuhra Ibragimova, Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi Ulugʻbek Jalmenovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Majlisni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zuhra Ibragimov ochdi va bugungi kunda dunyoda roʻy berayotgan global muammolarga keng toʻxtaldi. Ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodni diniy-ekstremistik oqimlar, missionerlik harakatlari taʼsiridan himoya qilish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taʼlim muassasalarida yuz foiz davomatga erishgan holda, taʼlim sifatini oshirish, kollej va akademik litsey bitiruvchisi boʻlgan har bir yigit-qizning ish bilan bandligini taʼminlash, yosh oilalar oʻrtasidagi ajrimlarni kamaytirish masalalari kechiktirib boʻlmaydigan vazifalar ekanligini taʼkidladi.

Majlisda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Ozoda Parpiboyeva tumanda yosh oilalar bilan ishlashish, xotin-qizlar, ayniqsa, aholining uyushmagan qatlami oʻrtasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va shu asosda ularning ish bilan bandligini taʼminlash, yosh oilalar oʻrtasida ajrimlarni kamaytirish maqsadida mahalla kayvonilarini jalb qilgan holda "Qaynonalar komissiyalari” ishini jonlantirish, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning, oʻz joniga qasd qilish kabi illatlarning oldini olish borasida yetarli darajada ish olib borilmayotganini taʼkidladi. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Majlis davomida diniy-ekstremistik oqim taʼsiriga tushib qolgan ayrim bilimsiz yoshlarning xatti-harakatlari, farzandlari tarbiyasiga loqayd ota-onalarning afsus-nadomatlari, odam savdosi qurboniga aylangan yoshlar qismati haqida hikoya qiluvchi videoroliklar namoyish etildi. Ushbu videoroliklar orqali majlis ishtirokchilari loqaydlik insonni qanchalik maʼnaviy halokat sari yetaklashini angladilar.

Kengaytirilgan tartibda oʻtkazilgan majlisda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zuhra Ibragimova nutq soʻzladi va barcha ota-onalarni, taʼlim muassasalari rahbarlarini, yoshlarni har lahza ogoh yashashga daʼvat etdi. Majlisda koʻrilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026