02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 08:22
Jamiyat 👁 3,446

Savol bering, javob qaytaramiz

Savol bering, javob qaytaramiz

Savol: – Tuman boʻyicha joriy yilning oʻtgan davri mobaynida nechta yongʻin qayd qilindi. Bunday noxush hodisalarning kelib chiqishiga asosan nimalar sababchi boʻlmoqda?

Javob: – 2017 yilning shu kunigacha tumanimizda 14 yongʻin qayd etildi. Sodir boʻlgan yongʻinlarning kelib chiqishi sabablarini taxlil qilganimizda, asosiy qismi fuqarolarimizning uyi atrofida chiqindi va oʻt-choʻplarni yoqib, qarovsiz qoldirishi, elektr simlarining qisqa tutashuvidan, maishiy elektr asbob-uskunalarini ishlatishda yongʻin xavfsizligi qoidalarining buzilishidan, bolalarning olov bilan oʻynashlari natijasida, olovdan foydalanishdagi ehtiyotsizlikdan, isitish pechi va qozonlari moʻrilarining nosozligidan, elektr simlarining qisqa tutashuvidan, yaroqsiz gaz uskunalarini ishlatish va avtotransportlardagi nosozliklardan kelib chiqqan. Shuning uchun olovdan toʻgʻri foydalanish chora-tadbirlarini yana bir bor eslatib oʻtishga toʻgʻri keladi: uy-joylarni toʻgʻri loyihalash, qurish, montaj qilish, gaz va elektr jihozlardan mazkur qoidalarga amal qilgan xolda ehtiyotkorlik bilan foydalanish, shuningdek, turar joylarda neft mahsulotlarini koʻp miqdorda saqlamaslik turar joylarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashda asosiy omillar boʻlib hisoblanadi.

Savolga tuman IIB YoXB boshligʻi,  mayor Hamro Matyaqubov javob berdi.

 

Savol: – Suvdan foydalanuvchilarga belgilangan limitdan ortiq suv sarfi uchun jarima solinadi, deb eshitdim. Shu gap rostmi?

Javob: – Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun limitdan ortiqcha olingan har ming kubometr suv uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining (149 775 soʻm) 10 foizi miqdorida jarima jazosiga tortiladilar. Bundan tashqari, suv olishga ruxsat etilmagan joydan suv olganlik, suvni oʻzboshimchalik bilan egallaganlik uchun eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida, agar bir yil davomida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi takroran buzilgan taqdirda "Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 60-bandiga muvofiq jarima jazosi eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida qoʻllaniladi.

Savol: – Giyohvand moddalarga mukkasidan ketish qanday oqibatlarga olib keladi?

Javob: – Giyohvandlik (narkomaniya) – yunoncha "narke” – karaxtlik va "maniya” – telbalik, jahl deganidir.

Ushbu illatga ruju qoʻygan odam narkotik moddalarni qayta-qayta va koʻp miqdorda isteʼmol qilgisi kelaveradi. Bora-bora ushbu moddani isteʼmol qilmasa turolmaydigan boʻlib qoladi. Shu tarzda giyohvand toʻdalarning safi tobora kengayib boraveradi. Boshda ular tomonidan berilgan moddiy ragʻbatlar (giyohvand moddalarni bepul berish va shunga oʻxshagan) natijasida, ayniqsa, yoshlarning bu yoʻlga kirib qolishi unchalik murakkab kechmaydi. Hammasi anglanganda esa, bangilik vujudga kelib ulgurgan boʻladi. Bu esa insonni oxir-oqibat tubanlikka olib keladi. Giyohvand modda qabul qilgan kishi koʻp vaqt oʻtmasdan uning quliga aylanadi.

Bu zahri qotilning xumori tutib, odam talvasaga tushgan paytida bir necha gramm qora dori evaziga yoki bir lahza boʻlsa-da, rohatlanish uchun har qanday tubanlikka tayyor turadi. Hatto, eng ogʻir koʻrinishdagi pastkashlikka ham.

Giyohvand moddalarga mukkasidan ketish quyidagi oqibatlarga olib keladi: talonchilik, oʻgʻrilik, firibgarlik, barbod boʻlgan oila qismati, majruh farzandlar, behayolik, jinoyat, qotillik va… OʻLIM!

Giyohvandlik koʻchasiga kirib qolish kishilarda turli xilda kechadi. Baʼzilar toʻqlikka shoʻxlik qilsa, boshqalar oʻzi bilmagan holda aldovlar natijasida uning qurboniga aylanadi. Ushbu illatga ruju qoʻyganlarning, ayniqsa, yoshlarning bu ajal girdobiga tushib qolishida koʻpincha oiladagi muhit yoki beeʼtiborlik sabab boʻladi. Yoshlarning boʻsh vaqtini bekor oʻtkazishi, ota-onalarning farzandini haddan tashqari erkalatishi va ular tarbiyasiga beparvoligi yuqorida keltirilgan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Savolga  tuman 2-sonli davlat notarial idorasi ish yurituvchisi Sh.Atayev javob berdi.

 

Savol: "Yagona darcha” markazlari orqali olish mumkin boʻlgan ruxsatnoma va litsenziyalar turlari koʻpaydi, shuningdek, ularni qogʻoz shaklida majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilindi, deb eshitdim. Shu gap rostmi?

Javob: – Prezidentimizning 2017-yil 1-fevral kungi "Tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan amaldagiga qoʻshimcha ravishda yana 86 ta (shundan 18 tasi 2017-yilda, qolgan 68 tasi 2019-2020-yillarga moʻljallangan) turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni "Yagona darcha” markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilgan.

Qarorda 2017-yilning I choragida "Litsenziya” axborot tizimlari kompleksini yaratish va ishga tushirish belgilangan. Mazkur tizimda "Yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlari koʻrsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat beruvchi hujjatlar va litsenziyalar olish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish, tadbirkorlar uchun qulay shaklda ruxsatnoma va litsenziyalar olish tartibi va muddatlari haqidagi maʼlumotlardan masofadan turib foydalanish mumkin boʻladi.

Toʻxtatib qoʻyilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi tugatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni "Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi doirasida olish imkoniyatini yaratish yoʻli bilan "Yagona darcha” markazlari orqali qogʻoz shaklida beriladigan maxsus blankalardagi ruxsatnoma va litsenziyalarni majburiy rasmiylashtirish talabi 2018-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinadi.

Savolga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi boʻlim boshligʻi Elmurod TURSUNOV javob berdi.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026