02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 08:49
Adabiyot 👁 3,509

SOLIH FARZAND BER...

SOLIH FARZAND BER...

(Boʻlgan voqea)

Onaizor xudodan oʻgʻil farzand tilardi, kecha-kunduz ikki qizi yonida. Qizlari onaga qoʻshilib soʻrashardi, unchalik tushunishmasa-da, onasining xudodan soʻrayotgani yaxshilikka ekanligini bilishardi, xolos. Soʻrayotgan narsasini xudo bersa, boshqacha hayot kechirishlariga ishonishardi, qiz bechoralar.

Oʻn yil deganda Alloh oʻgʻil farzand berib, ayolning orzusini ijobat qildi, otaning qaddini rost qildi, qizlarni xursand qildi. Oʻgʻilli boʻlishgan er-xotin uch kun toʻy berishdi, el-yurtga, qarindosh-urugʻga. Kun tugʻsayam, tun tugʻsayam oʻgʻilga, yerga qoʻysa chang, osmonga koʻtarsa, gard yuqadiganday, ardoqlashdi oʻgʻilni...

Biri koʻtarib, biri yelkalab, katta qilishdi ukalarini, qizginalar. Qizlar boʻy yetib, palaxmon toshidek otildi, tushgan joylarida toshdek qotdilar, oʻzlari bilan oʻzlari tinib-tinchib ketishdi.

Erka, tantiq, hamma narsa meniki boʻlishi kerak, degan qoidaga amal qilib oʻsgan oʻgʻil ota-onasiga ham, xotiniga ham kun bermadi. Xotini yetim edi, boradigan joyi boʻlmagani uchun erining zulmini ichiga yutib yashardi. Birin-ketin tugʻilgan farzandlari uchun ham u tilini yutib, «gʻing» demasdi.

Qiyin, keksaygan ota-onaga qiyin boʻldi.

Har kuni kayf-u safo, ota-onaning yillab yiqqan davlatini qisqa fursatda sovurib yuborgan oʻgʻil insofga kelay demasdi. Oʻgʻilning qiliqlariga chidolmay, ona zorlanardi:

– Xudoyimdan oʻgʻil farzand ber deb soʻrayveribman, undan koʻra aqlli-hushli, insofli-imonli qilib ber, deb soʻramabman...

Befarosat oʻgʻilning qiliqlaridan bezgan ota ortiq chidolmay, bu dunyoning barcha tashvishlari bilan birga xudbin oʻgʻilni ham ayolining nozik yelkasiga yuklab ketdi. Ota bu dunyodan oʻtgach, oʻgʻil battar xudbinlashdi. Hatto onasining nafaqa puliga ham chang soladigan boʻldi. Bu yoqda onasi, xotini, farzandlari nima yeb, nima ichishi haqida oʻylab ham oʻtirmasdi. Bu borada  qaynonasiga dardkash boʻlib kelayotgan kelin ham tuzalmas dardga chalinib, ikki bolasiga qoʻshib erini ham qaynonasiga tashlab ketdi. Ona boshini qaysi toshga urib, yorishni bilmay qolaverdi. Qizlari kelib, onaga koʻmaklashib turishdi. Ular ham oʻz uylarida tinch oʻtirolmasdi. Onaizorini oʻylab, qizlar ukasiga kelin topishdi. U ham koʻpga chidamadi, keyin yana topishdi. U balo chiqdi. Oʻgʻil ichib kelib xotinini bir shapaloq urgan edi, oʻzini qamoqda koʻrdi. 15 kun qamalib chiqquncha xotini bor budini olib ketdi-qoldi.

Qamoqdan chiqqach, uka opalariga yopishdi. Goʻyoki boʻlayotgan ishlarning barisiga opalari aybdor. Ukasining bu ishidan keyin opalari ota uyidan qadamini uzishdi. Onaizoriga ichlari achishsa-da, qoʻllaridan boshqa narsa kelmadi.

Yillar oʻtdi. Qancha bahor-u  qishlar oʻtdi. Ikki nabira oʻgʻil katta boʻlishdi, har tugul otasiga tortmadi. Aqlli, zehnli boʻlib oʻsishdi. Qiyinchiliklar, hayot ularni shunday tarbiyaladi. Katta nevara oʻqishga kirib, shaharda oʻqiy boshladi. Kichkinasi armiyaga ketib, muddat tugagach, shartnoma asosida ishlab qoldi.

Noqobil oʻgʻil ellikka kirdi, onasi esa saksondan oshgan, munkillab qolgan kampirga  aylandi. Oʻgʻil oʻsha-oʻsha, oʻzgarmagan. Ona esa shunday yashashga koʻnikkan. Ona qarigan sayin tez-tez mazasi qochadigan boʻlib qoldi. Shu holiga ham oʻgʻlini oʻylardi: "Xudoyim, shu oʻgʻlim uchun hech boʻlmasa jonimni omon saqla. Men oʻlsam, bolamning holi nima kechadi? Uning issiq-sovugʻidan kim xabar oladi?..»

Bu safar onaning nolalari xudoga yetib bormadi. Omonat bergan jonini oʻzi qaytarib oldi. Onani hatto qabrga ham qoʻyolmadi, nopok oʻgʻil. Bir kun oldin ulfatlari bilan boʻkib ichib, onasining oʻlganidan bexabar, uyida nima boʻlayotganini tushunadigan ahvolda emasdi. Tobutini shaharda oʻqiyotgan nabira yelkaladi. Eshitgan, tanigan insonlar mayyitni dafn qiladigan kun mast-alast uxlab yotgan oʻgʻilni laʼnatlashdi. Ota-onaning tirigida ham, oʻligida ham nafi tegmagan oʻgʻilning ahvoli nima kechishi endi xudoga ayon...

Nodira YaNGIBOYeVA, 

Oʻrta qalʼa ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026