15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 11:02
Jamiyat 👁 4,324

Savol bering, javob qaytaramiz

Savol bering, javob qaytaramiz

Savol: – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida  xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga, eng avvalo qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasiga xoʻjalik shartnomalarini  tuzishda  va ularni bajarishda amaliy yordam koʻrsatadigan boʻlim tashkil etilganligini eshitganmiz. Ushbu boʻlim haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishni istardik.

Javob: – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boʻlimi tashkil etildi. Bu boʻlim xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga shartnomalarni, eng avvalo qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasiga xoʻjalik shartnomalarini tuzishda va bajarishda amaliy yordam koʻrsatadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, huquqiy himoyasini taʼminlash borasida qabul qilingan qonun hujjatlarining toʻlaqonli ijrosini taʼminlash, tadbirkorlarimiz uchun yangi imkoniyat va shart-sharoitlarni yaratib, ortiqcha byurokratik toʻsiq  va gʻovlarni bartaraf etish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan toʻldirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini koʻpaytirishga va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur masalalar yuzasidan fuqarolarimiz Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boʻlimiga shartnomaviy-huquqiy masalalar boʻyicha (0361) 223-34-00 ishonch telefoni orqali murojaat qilib, huquqiy yordam olish huquqiga egadir.

Savolga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boʻlimi katta maslahatchisi B.PIRJANOV javob berdi.

 

Savol: – Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv qanday tuziladi va aliment toʻlash usullari hamda tartibi haqida maʼlumot bersangiz.

Javob: – Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs bilan aliment oluvchi oʻrtasida (agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz boʻlsa, uning qonuniy vakili bilan) Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 130-moddasiga binoan tuziladi.

Kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.  Toʻlanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar.

Voyaga yetmagan bolalarga aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvga binoan toʻlanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin boʻlgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak.

Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha aliment toʻlash usullari va tartibi shu kelishuv bilan belgilanadi.

Alimentlar:

– aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlarda;

– vaqti-vaqtida pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada yoki bir yoʻla pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada;

– mol-mulk bilan yoki kelishuvda qayd etilgan boshqa usullarda toʻlanishi mumkin.

Savolga  tuman 2-sonli davlat notarial idorasi ish yurituvchisi Sh.Atayev javob berdi.

 

Savol: – Men 5-yildan beri maktabda rus tili fanidan dars beraman. Joriy oʻquv yilida mazkur fandan dars soatlari qisqargani tufayli avval 18 soat  dars bergan boʻlsam, bu yildan boshlab 10 soat berishdi. Bu amaldagi meʼyorning yarmi, xolos. Boshqa ikki nafar oʻqituvchi toʻliq stavkada ishlashyapti. Maktabimiz rahbari buni mening ulardan  keyin ishga kelganim bilan izohladi. Shu toʻgʻrimi?

Javob: – Dars  taqsimoti boʻyicha yuqori tashkilotlar tomonidan hech qanday koʻrsatma yoki yoʻriqnoma boʻlmaganligi sababli barcha umumtaʼlim maktablarida ushbu masala muammoli hisoblanadi. Masalani qisman boʻlsa-da hal qilish maqsadida tuman XTMFMTTE boʻlimi tomonidan 2015-yil  8-avgustdagi 212/2-sonli xat bilan dars taqsimoti boʻyicha metodik koʻrsatma berildi.

Unga koʻra, dars taqsimotida oʻqituvchiga quyidagi koʻrsatkichlar asosida darslar beriladi:

– maʼlumoti;

– malaka toifasi;

– oʻz fani boʻyicha chuqur bilim va yuqori kasbiy mahoratga ega ekanligi;

  AKT dan savodxonlik darajasi;

  pedagogik ish staji;

– malaka oshirish kursi va attestatsiyadan belgilangan vaqtda muvaffaqiyatli oʻtganligi;

– maktab miqyosida "Yaxshi muallim – sifatli taʼlim” baholash tizimida yuqori natija koʻrsatganligi;

– maktab miqyosida oʻqituvchining yuqori reyting koʻrsatkichga ega ekanligi;

– metodbirlashmaga rahbarlik qilishi;

– "Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi”, "Bilimlar bellashuvi”, "Fanlar olimpiadasi” va boshqa koʻrik-tanlovlarda oʻzi hamda oʻquvchilari sovrinli oʻrin egallaganligi hisobga olinadi.

Yuqoridagi koʻrsatkichlar asosida kim yaxshi natijalarga erishgan boʻlsa, shu oʻqituvchi boshqalarga nisbatan koʻproq dars soatlari olish imkoniyatiga ega.

Savollarga tuman XTMFMTTEB mutaxassisi R.Matqurbonov javob berdi. Javoblar umumiy, tavsiyaviy xarakterga ega boʻlib, biror bir masalani hal qilishda aniq hujjat

sifatida qoʻllanilmaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019