15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 12:12
Jamiyat 👁 4,727

Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi oldidan

Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi oldidan

DOIMO FAMXOʻR  EDI

Atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov qoraqalpoq xalqining, adiblarining doimiy homiysi va gʻamxoʻri edi. Uning nazaridan yozuvchi ahli chetda qolmasdi. Qoraqalpogʻistonga chorak asrdan ziyod rahbarlik qilgan davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamolov "Yel xizmetinde” (Nukus – 1995) yodnoma kitobida bu haqda quyidagicha yozadi: "U Qoraqalpogʻistonda faqat xalq xoʻjaligining rivojlanishigagina emas, adabiyot va madaniyatning taraqqiy etishiga ham katta eʼtibor qaratdi. Har kelganida Tilovbergan Jumamurodov, Joʻlmirza Oymirzayev, Ibroyim Yusupov, Toʻlepbergan Qayipbergenov va boshqa adiblarimiz bilan suhbatlashib, ularning ijod mahsullarining oʻzbek va rus tillarida nashr etilishiga yordam qilardi” (26-bet). Bu haqda sobiq Qoraqalpogʻiston viloyat partiya qoʻmitasida  targʻibot-tashviqot boʻyicha kotib lavozimida ishlagan Kamol Rzayev ham shunday yozadi. "Sharof Rashidov salomlashib boʻlganidan keyin darhol Joʻlmirza Oymirzayev, Ibroyim Yusupov, Tilovbergan Jumamurodov, Toʻlepbergen Qayipbergenov, Xoʻjabek Seytov toʻgʻrisida soʻrardi. "Ular yaxshi ishlayaptilarmi? Ijodiy rejalarida qanday asarlar yozish bor, xabaringiz bormi?” – derdi. Men javob qaytarardim. "Yozuvchilar, sanʼat, madaniyat xodimlari, olimlar bilan yaqindan ishlashish kerak. Ularning asarlarini, yozgan ilmiy ishlarini nashr qildirishda yordam bering. Moskva, Leningraddan tarjimonlar topib, ularning asarlarini rus tiliga tarjima qildirib, ittifoq miqyosida oʻqiladigan qilib nashrdan chiqarish kerak”, deya nasihat qildi. "Qolaversa, ziyolilar orasida doʻstlikni, hamkorlikda ishlashni yaxshilash kerak, kechirimli boʻling, jahl qilmang, ijodkor ziyolilar bilan iliq munosabatda boʻling inim, ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman” – dedi xayrlashayotib”.

Sharof Rashidovning tengdoshi, 1952-59-yillarda Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan, 1954-yildan boshlab bu ulugʻ inson bilan doʻstona aloqada boʻlgan, qoraqalpoq adabiyotida oʻz oʻrniga ega marhum Xoʻjabek Seytov "Yel igʻbalina jangʻan julduz soʻnbeydi” ("Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasining 150-soni, 3 sentyabr 1992-yil) maqolasida shunday hikoya qiladi:

"Oradan ikki yil oʻtgandan keyin (1966-yil) Oʻzbekistonda qoraqalpoq adabiyoti va sanʼati dekadasi boshlandi. Oʻn kunlik ishtirokchilarini Sharof Rashidov chin dildan tabrikladi, bizning adabiyotimiz va milliy sanʼatimizning muvaffaqiyatlarini yuqori baholadi, Oʻzbekiston va boshqa qardosh xalqlar madaniyatining ajralmas qismi ekanligini taʼkidladi. Haqiqatan ham qoraqalpoq adiblarining 26 atamadagi kitoblari, sheʼrlar toʻplami, romanlari, qissalari oʻzbek va rus tillarida chop etilib, qardosh xalqlar oʻquvchilarining kitob fondiga qoʻshildi. Bizning madaniyatimizning qay darajada rivojlanganligi, yuksalganligi matbuotda atroflicha targʻib qilindi. "Qirq qiz” dostoni rus va oʻzbek tillariga tarjima qilinib, nashr etildi. Bunga birodarimiz Sharof Rashidovning bevosita yordam qilganligini biz yaxshi bilamiz va hech qachon unutmaymiz”.

Shuningdek taniqli yozuvchi mazkur maqolasida Sharof Rashidov umrining oxirgi kunlarigacha qoraqalpoq adabiyotida qanday asarlar yaratilayotganligi toʻgʻrisida  har uchrashgani sayin soʻrab turganligini, bilishga qiziqqanligini, ularning eng yaxshilarini oʻzbek, rus tillarida nashr qildirishda (oʻzining "Toʻlqin”, "Yaylov yulduzlari” sheʼrlar toʻplamlarining, "Mashaqqatli baxt”, "Yoʻl boʻyidagi tepaga taʼzim qil” romanlarini oʻzbek va rus tillarida tarjima qilinib chop etilishida) yordamini ayamaganligini taʼkidlab oʻtadi.

Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupovga Sharof Rashidovning hurmati juda baland edi. Shoir "Sharapatli insan” ("Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi. 185-son, 3-noyabr 1992-yil) maqolasida shunday  yozadi:

"Bir kuni Qallibek Kamolov oldiga chaqirib "Indinga Xorazm viloyatiga ikkinchi orden topshiriladi. Sharof Rashidov sizga salom aytdi. Bitta sheʼr boʻlsin, deyapti. Qani sanochning tubini qoq...” – dedi kulib, menga sheʼr yozdirmoqchi boʻlganida har gal aytadigan iborasini takrorlab. Aytilgan kuni yoshulli Nukusga kelib, Qallibek Kamolov, Norboy Eshmurodov, Oyim Kamolova, Mirzabek Qalimbetov va meni samolyotda Urganchga olib ketdi. Viloyatga orden topshirish tantanalari Narimonov nomli kolxozda boʻldi. Sababi u paytda Xorazmdagi eng katta klub marhum Iskandar Doʻsov  boshchilik qilgan shu mashhur kolxozdagina bor ekan. Tantanali vaziyatda orden topshirildi. Shunda oʻqigan sheʼrimda yoshullini zavqlantirgan ushbu satrlar bor edi:

Tomirimizda tugʻishganlik qonimiz bor qotishgan,

Ota-bobomiz bir non topsa, birga boʻlib totishgan.

Xalqimiz bor bir daryoning ikki boʻyida,

"Assalomu alaykum!” deb, nosvoy soʻrab otishgan.

Xorazmdagi tantanalardan keyin samolyotda Nukusga uchib keldik. Aeroportda u kishi menga ragʻbat berib, "Hali siz bilan koʻp nosvoy otishamiz”, deb kuldi. Rostdan-da shunday boʻldi: bu sharofati ulugʻ insonning yosh qoraqalpoq shoiriga nazari tushgani edi. U nurni oʻzimning butun umrimda haligacha his qilaman...”

Mazkur maqolasida atoqli shoir oʻzining Sharof Rashidovning topshirigʻi va ilhomlantirishi bilan Koʻhna Urganchdagi "Bolshevik” (Hozirgi Ashir Qaqabayev nomli) kolxozida "Toʻylarga ulansin toʻyi turkmanning”, Nukus Davlat universitetining ochilishida "Zamon bir ajoyib zamon boʻlajak”, Qozogʻistondagi oʻzbek madaniyati haftaligi kunlarida "Qutlov” sheʼrlarini yozganligini taʼkidlab oʻtadi.

Dramaturg Ayladur Oʻtaliyev "Ulkemizdin ulli batiri” ("Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasining 85-soni, 16-iyul 1996-yil) maqolasida Sharof Rashidovni quyidagicha xotirlaydi:

"... Sharof Rashidov bilan 20 daqiqacha suhbatlashdim. U mening ijodiy ishlarim bilan qiziqdi. Men shunda xalqimizning qahramoni Ernazar Olakoʻz haqida tarixiy drama yozmoqchi ekanligimni, lekin  baʼzilar  yozmasligim kerakligini, "Ernazar Olakoʻz oʻzbeklarga qarshi chiqqan” deganlarini aytganimda Sharof ogʻa: "Bu gap notoʻgʻri, men qaraqalpoqlarning tarixi bilan tanishman, Ernazar Olakoʻz hech bir xalqqa qarshi bormagan, u xon tuzumiga qarshi chiqqan kishi. Siz yozing, ishlang, menga aytadigan gaplaringizni Qallibek Kamolovga ayting. Yordam qiladi. Qoʻngʻiroq qilaman”, dedi. Aytganidek Qallibek ogʻa Kamolov menga yordam qilib, ishlashimga imkoniyat tugʻdirdi. Mana shu insonlarning sharofati orqasida "Ernazar Olakoʻz” tragediyasi yozildi. Rejissyor Quvvatboy Abduraymov  sahnalashtirgan tragediyani toshkentliklar ham tomoshaladi”.

Atoqli davlat va jamoat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning qoraqalpoq yozuvchilariga doi-mo homiylik va gʻamxoʻrlik qilganligi haqida koʻp va xoʻb yozish mumkin. Lekin yuqoridagi zikr etilganlarning oʻziyoq u kishining xayrli ishlari haqida tasavvur hosil qilish uchun yetadi, degan umiddaman.

Jabborbergan ShOMURODOV,

Qoʻngʻirot tumani.

«Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasi uchun maxsus tayyorlangan.

(Foto - http://anons.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019