01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 20:28
Jamiyat 👁 3,601

QORAQALPOQ XALQINING TARIXI VA KELIB ChIQIShI HAQIDA

QORAQALPOQ XALQINING TARIXI VA  KELIB ChIQIShI HAQIDA

Mamlakatimizning barcha qadimiy mintaqalarining tarixi kabi Qoraqalpogʻistonning ham tarixi juda boy, hilma-xil va qiziqarlidir. Bu zaminni oʻziga xos arxeologik topilmalar qoʻriqxonasi deyish mumkin. Chunki, bu erda kishining diqqatini tortadigan, hayratlantiradigan koʻplab arxeologik yodgorliklar mavjudki, ular oʻta noyobligi va maftunkorligi bilan alohida ajralib turadi. Tarixiy manbalarning dalolat berishiga koʻra, Qoraqalpogʻiston hududida inson jamoalari soʻnggi paleolit davridan boshlab yashay boshlagan. Miloddan avvalgi 5-mingyillikdan 2-mingyillik boshlariga qadar aholi, asosan, Amudaryo boʻylarida, Orol va Kaspiy dengizlari yon-atrofidagi choʻllarda istiqomat qilgan. Miloddan avvalgi 2-mingyillikning ohirida bu hududda sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻlgan.

Qadimiy Qoʻyqirilganqalʼa, Oyboʻgʻir va Burliqalʼa xarobalarida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida miloddan avvalgi 4-asrga mansub yozma yodgorliklar, Qoʻyqirilganqalʼa va Oqshoxonqalʼada qadimiy tasviriy sanʼat va haykaltaroshlik yodgorliklari topildi. Bu obidalar qadimda ayni shu zamindan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli boʻylab joylashgan boʻlib, ne-ne buyuk voqealar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tilsiz guvohi boʻlgan.

Tuproqqalʼada Xorazmshohlarning saroyi joylashgan boʻlib, u soʻnggi antik davrning eng ulkan yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Qadimiy daryolar - Amudaryo va Sirdaryoning quyi qismi, Qoraqum va Qizilqum sahrolariga tutash hududlarda 20 asrning 30-yillarida taniqli arxeolog olimlar Yahyo Gʻulomov va Sergey Tolstov rahbarligidagi arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi tomonidan katta ilmiy izlanishlarga asos solingan edi. Keyingi davrda arxeologlar tomonidan turli davrlarga, jumladan, tosh asri va soʻnggi oʻrta asrlarga mansub arxeologik yodgorliklar topildi va atroflicha oʻrganildi. Natijada janubiy Orolboʻyi aholisining tarixi va madaniyatini qayta tiklash imkoni yaratildi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi, shuningdek Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus pedagogika instituti olimlarining, jumladan Vadim Yagodin, Mirzamurat Mambetullaev, Gʻayratdin Xoʻjaniyozov kabi ustoz–olimlarning jonbozligi tufayli arxeologik izlanishlar bugungi kunda ham qizgʻin davom ettirilmoqda.

Shu oʻrinda arxeolog olimlarimiz tomonidan Qoraqalpogʻiston zaminida topilgan arxeologik yodgorliklarning ayrimlari:

Milodgacha boʻlgan 4-3 asrlardan milodiy 12-13 asrlargacha boʻlgan davrga mansub qasr - Katta Guldursun qalʼasi;

Milodgacha boʻlgan 4 asrdan milodiy 4 asrlargacha boʻlgan davrga mansub inshoot – Qoʻyqirilganqalʼa inshooti.

Milodgacha boʻlgan 4 asrdan milodiy 4 asrgacha boʻlgan davrgacha boʻlgan davrga mansub qasr - Janbasqalʼasi.

Milodgacha boʻlgan 4 asrdan milodiy 4 asrgacha boʻlgan davrga mansub shahar – Aqchaxonqalʼa qalʼasi.

Milodiy 1-4 asrlarga mansub boʻlgan Tuproqqalʼa qalʼasi.

Milodiy 1-4 asrlar, 12 asr va 13 asrning boshlarida paydo boʻlgan Qizilqalʼa qalʼasi.

Milodgacha boʻlgan 4-3 asrlardan milodiy 4, 9-11, 13-14 asrlargacha boʻlgan davrga mansub boʻlgan Janpiqqalʼa shaharchasi. Milodiy 1-4 asrlarga mansub boʻlgan Chilpiq inshooti.

Milodgacha boʻlgan 4 asrdan milodiy 14 asrlarga qadar boʻlgan davrga mansub meʼmoriy yodgorliklar - Mizdaxkan-Gaurqalʼa (Xoʻjayli) majmuasi va boshqalar.

Qoraqalpogʻistonda qadimiy madaniyat, anʼana va qadriyatlarni asrlar osha asrab-avaylab kelayotgan, betakror folklor namunalari, xalq eposlari hamda musiqiy, amaliy sanʼat asarlarini jon-dilidan sevib, ularni bugungi zamon talablari asosida rivojlantirishga katta hissa qoʻshayotgan, el-yurtiga fidoyi, zahmatkash va isteʼdodli odamlar koʻplab topiladi.

Qoraqalpoq zaminini Buyuk bobokalonimiz Amir Temurning zamondoshi Amir Yedigening vatani deb taʼkidlayli olimlarimiz. Bu ona tuproqdan xalq gʻami uchun jon fido etgan ernazar Olakoʻz, Olloyor Doʻstnazarov kabi botir oʻgʻlonlarni dunyoga keltirgan, xalq maʼnaviyati tarixida oʻrin tutgan Imom eshon, Qutlugʻ-xoʻja kabi yirik allomalar yashagan diyor.

bu diyor xalqining milliy madaniyati, folklori, oʻziga xos sanʼati, mumtoz adabiyoti, urf-odat va anʼanalari keng dunyo jamoatchiligi eʼtiborini muntazam ravishda ohanrabodek oʻziga tortib kelmoqda.

Qoraqalpogʻiston Oʻlkashunoslik muzeyi va I. Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyi, Berdax nomidagi muzeylarni xalq madaniyatining chinakam xazinasi deyish mumkin. Ushbu muzeylarning eksponatlari keng xalqaro jamoatchilikning eʼtiborini oʻziga jalb etib, bugungi kunda turistlarning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylangan.

Ayni kunlarda muzeylarda namoyish etilayotgan milliy kiyimlar namunalari yaqin oʻtmishda unutilib ketayozgan moddiy madaniyani, bu sohadagi anʼanalarni qayta tiklashda namuna sifatida xizmat qilmoqda. Ular orasida oʻziga xos koʻrinishga ega boʻlgan "Sovut naqsh” deb nomlangan naqshlar tizimi bilan ajralib turadigan "koʻk koʻylak” anʼanaviy bayramona, toʻy-tantanalar libosi hisoblanadi. Ayollar bosh kiyimi boʻlgan "saukele” va "tobelik” hamon etnograf olimlar uchun jumboq boʻlib kelmoqda. Olimlarning fikricha, ular "Qiriq qiz” dostonida koʻylanadigan amazonka massagetlari dubulgʻalarini eslatadi.

Qoraqalpoq diyorida "Alpomish”, "Yedige”, "Qirqqiz”, "Yerkosay”, "Koblan”, "Shahriyor”, "Maspatsha” va isteʼdodli xalq baxshilari tomonidan ijro etiladigan boshqa koʻplab qahramonlik mavzusidagi dostonlar juda shuhrat qozongan va ularda tarix voqealari badiiy obrazlar orqali jonli va yorqin lavhalarda aks ettiriladi.

Hozirgi kungacha saqlanib qolgan bunday xalq dostonlari xalq maʼnaviy hayotining ajralmas bir qismiga aylanib ketgan boʻlib, ular yosh avlodni ajdodlar anʼanalariga hurmat va sadoqat, ona yurtga muhabbat, kelajakga ishonch, jasorat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Najim Davqaraev, Qalli Ayimbetov, Sobir Kamolov, Charjau Abdirov singari yirik olimlarning izdoshlari boʻlmish olimlarimiz tomonidan qoraqalpoq milliy folklorining koʻpjildlik toʻplami nashrga tayyorlangan va ularning 80 jilddan ortigʻi chop etildi.

(Foto - ziyouz.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026