02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 10:58
Jamiyat 👁 8,177

KULGULARING DUNYoNI TUTSIN, BOLAJON!

KULGULARING DUNYoNI TUTSIN, BOLAJON!

Agar mendan ayol umrining eng goʻzal lahzasini tasvirlab berishni soʻrashsa, albatta  hech ikkilanmay, bolasini bagʻriga bosganicha alla aytayotgan paytini chizar edim.

Bagʻrida jigargoʻshasining taftini his qilganicha mehri-muhabbati qorishgan ilohiy  qoʻshiq – allaga umri davomchisini inʼom etgani uchun Yaratganga shukronasini, onalikday ulugʻ baxtga musharraf boʻlganidan baxtiyorligini qoʻshib aytadi, farzandi qalbiga allasi orqali eng ezgu orzularini singdirishga intiladi.

Ha, farzandlarimiz umrimiz davomchilari, ertanggi kunimiz egalari, goʻyoki xonadonlarimizni yoritib turuvchi shamchiroq, hayotimiz mazmuni. Shu bois ham koʻzi qarogʻimizda asraymiz bolamizni. Bu borada davlatimiz gʻamxoʻrliklarini aytmaysizmi?!

Dunyoga kelgan murgʻak goʻdak emin-erkin, bexavotir onasi bagʻrida ulgʻayishga haqli. Biroq... biroq, dunyodagi barcha onalar ham farzandiga ana shunday baxtni bera olishga qodirmi?

Afsus va nadomatlar boʻlsinki, dunyoning turli hududlarida sharoitlar turlicha, koʻz qarashlar turlicha. Ayrim davlatlarda yoshlar oila qurish, farzand koʻrishni oʻzlariga ortiqcha tashvish,  deya hisoblashadi. Ayrim davlatlarda esa ota-onalar umid bilan dunyoga keltirgan farzandining  qornini toʻygʻazish uchun hatto oʻz tanasining ayrim aʼzolarini sotishga ham majbur boʻlmoqdalar. Oddiygina bir misol: Yamanda har 10 daqiqada 5 yoshdan kichik bir bola yomon sharoitda yashagani, toʻyib ovqat yemagani uchun halok boʻlmoqda, deya habar beradi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi. Bu mamlakatda 19 mln.ga yaqin aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj. 10 mln.dan ortiq odam nochorlikda, 8 mln.dan ortiq odam ichimlik suvi tanqisligidan qiynalib yashamoqda.

Dunyoning 22 davlatida yashovchi 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan 25 mln.dan koʻproq bola qurolli ixtiloflar tufayli maktabga taʼlim olgani bora olmayapti.

Uzoqqa bormay, qoʻshni mamlakat – Afgʻonistondagi qancha bolalarning naqadar ogʻir ahvolda, maktablarda oʻqib, ilm olishni faqat orzu qilib yashayotganini esga olsak, yurtimizdagi tinch-osoyishta turmushning, bolalar kelajagi uchun qilinayotgan gʻamxoʻrliklarning qadri nechogʻlik buyuk ekanligini teranroq anglaymiz. Shunday qutlugʻ va jannatmakon yurtda tugʻilganimizga qayta-qayta shukrona aytamiz.

Axir yurtimizda har yili bolajonlarimizning yayrab-quvnab ulgʻayishlari uchun qanchadan qancha maktabgacha taʼlim muassasalari, zamonaviy ilm fan asoslarini puxta egallashlari uchun qanchadan qancha taʼlim maskanlari qurilayapti, mavjudlari taʼmirlanib, zamon talabiga moslashtirilayapti. Bu ishlarga, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qanchadan qancha mablagʻlar sarflanayapti. Ahil oilada sogʻlom farzandlarning dunyoga kelib, kamol topishi uchun barcha sharoitlar yaratilayapti.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni mintaqamizdagi koʻpgina davlatlar namunaviy model sifatida qabul qilishayotganining oʻziyoq davlatimizning bu boradagi saʼy-harakatlari nechogʻlik yuksakligini koʻrsatadi.

Bolalar huquqlari bir qancha qonun va qonunosti huquqiy-meʼyoriy hujjatlarda ham oʻz aksini topgan.

Baxtli bolalikdan mamnun-u masrur bolajonlarimizga har yili 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan alohida hurmat-ehtirom koʻrsatiladi. Butun mamlakatimizda turli koʻngilochar tadbirlar, bolalar tomoshalari tashkil etiladi, dunyoni bolalarga bergimiz keladi, goʻyo.

Boisi sen kulsang, dunyo kuladi, bolajon! Sening begʻubor va shodon kulgularing dunyoni tutsin, tinchlik degan aziz neʼmatning qadrini olamga yoysin!

Oygul RAJABOVA.

(Foto - OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026