Savol bering, javob qaytaramiz
Savol: – Men Toshkent shahrida yashaydigan oʻgʻlimning uyiga 2 oyga vaqtinchalik yashash uchun ketmoqchiman. Shu sababli pensiyamni ikki oy davomida olib turish uchun erimning nomiga ishonchnoma rasmiylashtirmoqchimiz. Aytingchi, bu xizmat uchun notarial idoraga qancha miqdorda pul toʻlashim kerak?
T.Madaminova, Mangʻit shahri.
Javob: – Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVII boʻlimi "Davlat boji” deb nomlangan. Ushbu boʻlimda davlat bojiga tushunchalar, davlat bojini undirish obʼektlari, toʻlovchilari, davlat bojini toʻlashdan ozod qilish holatlariga toʻxtalib oʻtilgan.
Soliq kodeksining 331-moddasiga asosan notarial harakatlar amalga oshirilganida davlat bojini toʻlashdan ozod qilish tartibi belgilangan. Ushbu moddada 18 ta holatda, shu jumladan, pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatgan shaxslar ham notarial xarakatlarni amalga oshirishda davlat boji toʻlovini toʻlashdan ozod qilingan.
Demak, Siz yuqoridagi holatda davlat boji toʻlamaysiz.
Savolga 2-sonli tuman davlat notarial idorasi notariusi yordamchisi Shahnoza BOBOJONOVA javob berdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶