02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 12:15
Jamiyat 👁 3,185

ELIM, DEB YaShAGAN INSONNI EL UNUTMAYDI

ELIM, DEB YaShAGAN INSONNI EL UNUTMAYDI

"Agar ketganingni bironta odam sezmasa, demak, u davrada sen hech kim emassan”.

Mashhur faylasuf aytganiday  kimningdir nainki davradan, balki hayotdan ketgani ham boshqalarga unchalik sezilmaydi, u haqdagi xotiralari ham tezda unutiladi. Aksincha, yana bir toifa odamlar borki, ularning hayotdan ketishi butun xalq uchun ogʻir yoʻqotish boʻladi, bunday kishilar koʻngillarda ezgu ishlari bilan abadiy yashaydi.

Tumanimizning sobiq hokimi, iqtisod fanlari nomzodi Rajabboy Yoʻldashev, taʼbir joiz boʻlsa, ana shunday odamlar sirasidan edi.

Men avval, 1996-yildan tuman Madaniyat boʻlimi mudiri, 2011-2012-yillarda "Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasi raisi, keyinchalik bir yil "Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini raisi sifatida Rajabboy Yoʻldashev bilan koʻp bora suhbatlashganman, xizmat lavozimimga doir muammo, masala va takliflar yuzasidan murojaat qilgan vaqtlarimda u kishi doimo diqqat bilan quloq solib, eʼtibor, amaliy yordamlar bergan.

Rajabboy Yoʻldashev korxona, tashkilotlar rahbarlariga yigʻilishlarda doimo "dardingizni ichingizda yigʻib yurmang, muammo boʻlsa, dadil oʻrtaga tashlang, birgalashib yechishga harakat qilamiz”, derdi. Qabuliga kirgan odam bilan xoh u katta yo kichik boʻlsin, albatta oldiga peshvoz chiqib koʻrishib, omonlik soʻrashib, keyin ish yuzasidan gaplashardi. Qaysi sohaga doir majlis boʻlsa-da, u kishi ishtirokchilarning deyarli barchasini tanir, soʻzi orasida zaldagilarga baʼzan otini aytib murojaat qilar, koʻrilayotgan masala yuzasidan fikrini soʻrar yo avvallari yoʻl qoʻyilgan biron kamchilikni qanday bartaraf etganiga qiziqardi.

Rajabboy Yoʻldashev tumandagi barcha fermerlarni, tajribali dehqonlarni, har bir xoʻjalikdagi ekin maydonlarni ham yaxshi bilardi, falon otizda bunday boʻlibdi, falon otizning ekini chanqab turibdi, deb tanbeh berardi. Shu barobarida mehnatni qadrlashni ham joyiga qoʻyardi.

U kishi kamtarin, odamgarchilikli va shunday fidoyi va yuksak aql-zakovat egasi edi.

Adashmasam, bu voqea 2012-yilda boʻlgan edi. 9-may kuni Xotira bogʻida Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tantanali yigʻilishga toʻplangan edik. Rajabboy Yoʻldashev Ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan birma-bir koʻrishib, omonlik soʻrashib chiqdi. Shunda "Bogʻ” mahallasida yashovchi faxriy otaxonning sogʻligida muammosi boʻlgani uchun yonida hamrohlik qilib kelgan turmush oʻrtogʻiga:

– Otamizni oʻgʻillariga ham ishonmay oʻzingiz yetaklab kelibsiz-da, onaxon. Rahmat sizga, otamizni asrang, ularni qancha eʼzozlasak, shuncha kam, – dedi.

Onaxon cholining sogʻligi yaxshi emasligini, agar yoʻllanma berishning  iloji boʻlsa, salomatligini tiklashga olib borishini aytdi.

Shunda hali otaxonning qoʻlini qoʻyib yubormay turib, Rajabboy Yoʻldashev meni chaqirdi (Men u paytda "Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmasini boshqarayotgan edim).

– Onaxonning iltimosini bajara olamizmi? – dedi menga kulib. Men "albatta”, deb javob berdim.

Xullas, ikki-uch kunning ichida urush faxriysi Yoʻldosh Ortiqov va turmush oʻrtogʻiga sihatgohga yoʻllanmani olib borib berib, bu haqda yoshulliga kirib aytganimda, quvonib, menga qayta-qayta rahmat aytgan. Oʻylab koʻring-a, azizlar, yelkasida butun bir Amudaryoday ulkan tuman tashvishi turgan hokimning  urush faxriysiga shunchalik eʼtiborini nima deb atash  joiz? Bu – Odamgarchilikmi? Yurtdoshlariga fidoyilikmi, hurmat-eʼtibormi? Yoʻq, Rajabboy Yoʻldashevga bu taʼriflarning barchasi ham kamlik qiladi. Chunki u kishining doim fikri-yodi shu tuman, mehnatkashlar tashvishi bilan band boʻlardi, shu el tashvishi bilan boʻlib, oʻzini oʻylamasdi, halovat neligini bilmasdi.

2012-yil kuzida tumanimizga "Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi raisi Jalil ogʻa bilan davlat arbobi, uzoq yillar respublikamizga rahbarlik qilgan Qallibek Kamolovlar paxta yigʻim-terimi munosabati bilan tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni Rajabboy Yoʻldashev bilan Amudaryo ponton koʻprigi oldida kutib oldik. Birga ovullarni aylandik, fermerning dala shiyponida tushlik qildik. Ularning suhbatiga guvoh boʻlib Rajabboy Yoʻldashevni nafaqat amudaryoliklar, balki butun Respublikadagi taniqli odamlar hurmat qilishini his qilganman.

Amudaryo tumani ravnaqi, el farovonligi yoʻlida jonini ayamay mehnat qilgan, xalqining yuragidan chuqur joy olgan, mehr-muhabbatini qozongan Rajabboy Yoʻldashevning hayotdan bevaqt ketganligi har bir koʻngilda armon boʻlib qoldi.

Hayotligida oʻz mehnatlari bilan oʻziga haykal qoʻyib ketgan tumanimiz rahbarini qutlugʻ Ramazon hayiti kunlarida barchamiz  esga olib, ruhi pokiga duolar oʻqiymiz. Elim, deb yashagan insonni el hech qachon unutmaydi.

Gulmirza NURMATOV, mehnat faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026