02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 13:06
Jamiyat 👁 1,324

EHTIROMGA SAZOVOR AYoL

EHTIROMGA SAZOVOR AYoL

Toʻyxat oʻrnida

Xonimjon opa Rajabova 60 yoshga kiribdi. Nazarimda opa endi kuch-qudratga toʻlgan, hali shijoat va gʻayratda menman degan yoshlarni yenga olguday.

... Sheʼriyat va adabiyotga boʻlgan qiziqish yoshim yetmasa ham meni oʻquvchilar orasida oʻtkaziladigan anʼanaviy "Fanlar olimpiadasi”ga yetakladi. Xonimjon opani birinchi marta olimpiadada monolog oʻqiyotganida koʻrganman. Uning  shirali ovozi oʻtirganlarni mahliyo qilib qoʻyganligi, rolga kira olishi meni hayratga solgan. Keyinchalik "Amudaryo haqiqati” gazetasi adabiy xodimi va muharriri boʻlgan opadan adabiy maslahatlar olib turgan boʻlsam, 1991-yilda tumanda "Adolat” deb nomlangan xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlovchi tashkilot rahbari qilib tayinlangan opa bilan tumanimizning turli joylarida har xil soha xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil qilib, turli tomoshalar, kontsertlar uyushtirardik. Opa uchrashuvlarni tez-tez tashkil qilar, transport, mablagʻ masalalarini ham darrov  hal qilar, qilayotgan ishiga hech kim haq toʻlamasa ham hech ogʻrinmas, shogirdlarini ham shunga oʻrgatar edi. U kishi  tuman hokimi oʻrinbosarligiga tayinlangach,  turli soha vakillari boʻlgan ayol-qizlarni atrofiga toʻpladilar. Opa bilan respublika miqyosida oʻtkazilgan juda koʻp tadbirlarda qatnashganmiz. U kishi muomala madaniyatining yuksakligi, soʻzga ustaligi va chechanligi, odamlar qalbiga oson yoʻl topa olishlari bilan har qanday davraga fayz bagʻishlar va jon kirita olardilar. Opani Qoraqalpogʻistonda tanimaydigan odam yoʻq, desam aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Rahbar xodimlardan tortib sanʼatkor-u, soʻz ustalari, oddiy uy bekasigacha - keng jamoat ahli uni "opa” deb siylashadi, hurmat va ehtirom bilan el oldidagi xizmatlarini eʼtirof etishadi.

Xonimjon opada manmanlik, oʻzini boshqalardan ustun qoʻyish, kibru havo aslo boʻlgan emas, u oddiy kishilar bilan ham ularni oldindan biladiganday tillashib, ularga el boʻlib ketaveradi. Kezi kelganda oʻz soʻzini oʻtkir va keskin qilib ayta oladigan rahbar qirralarini ham namoyon qila oladi. Bugun u ham davlat ishini, ham oilani birday uddalay bilgan ulugʻ ayoldir.

Turmush oʻrtogʻi Safarboy aka bilan el xizmatiga yaray oladigan yigitlar, qayn elidan olqish va duolar olayotgan latofatli qizlarni kamolga yetkazishdi. Bugun ularga "Pir-u badavlat” degan nom yarashadi. Ularni qutlugʻ 60 yoshlari bilan samimiy qutlar ekanman, 100 yoshda ham bugungiday gulgun va navqiron boʻlib qolishlarini, shogirdlar qalbida va el ardogʻida boʻlishini tilab qolaman.

 

Sanobar XOʻJAMURODOVA,

40-sonli maktab direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026