Bobolar mardligi va jasorati ibrat qilib koʻrsatildi
Vatan va xalq uchun jonini fido qilgan mard oʻgʻlonlar yodi mangu yashaydi. Ayniqsa, ularning yurt ozodligi yoʻlidagi kurashlarda koʻrsatgan jasorati aslo unutilmaydi. Biz bilamizki, tinchlikka rahna solib, elga kulfat keltirgan dushmanlarga qarshi mardona jang qilgan ota-bobolarimizning fidoyiliklari tufayli Vatan ozodligiga erishilgan.
Yosh avlodga ota-bobolarimizning Vatan ozodligi va obodligi yoʻlidagi qahramonliklarini, jasoratini ibrat qilib koʻrsatish hamda yosh avlod qalbida iftixor tuygʻularini uygʻotib, vatanparvarlik hissini mustahkamlash maqsadida tumandagi 69-sonli maktabda “Mardlik va jasorat” darslari oʻtkazildi. Darsga tashrif buyurgan 9202 “K” qism harbiylari kapitan I. Haydarov, oddiy askarlar S. Normatov va I. Gʻulomovlar oʻquvchilarga Ikkinchi jahon urushidagi ogʻir yillar, urushda jang qilgan jasur yurt himoyachilari va front orqasida mehnat qilgan xalqning fidoyiligi haqida faxr bilan aytib berdilar. Shuningdek, ajdodlardan qolgan obod yurtni yanada yuksaltirishga hissa qoʻshishni har kim oʻz burchi deb bilishi lozimligi, vatanparvarlik oliy tuygʻuligi haqida oʻquvchilarga keng tushunchalar berdilar.
Shuningdek, chegara hududda joylashgan 9202 “K” qism harbiylari hamda Qilichboy ovuli oqsoqoli A. Jumaniyozov, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassis Q. Davletovlar bilan birgalikda ovulda yashaydigan urush yillarida front orqasida mehnat qilgan faxriylar T. Saidova, J. Xidirova, P. Sharipova, Y. Pajabov, M. Oʻrozovalar xonadonlariga borib, ularni bayram bilan qutladilar va sovgʻalar topshirdilar.
Faxriylar oʻzlariga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklardan behad shod boʻldilar.
Ye. Alyaminov, serjant,
9202 “K” harbiy qism yoʻriqchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶