13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 01:05
Jamiyat 👁 2,767

Tejamli tuzilar, deyişgani bejiz emas

 Tejamli tuzilar, deyişgani bejiz emas

Bu voqeaga bir oyça böldi. Qarindoşlarimni körgani Urgançga otlangandim. Şoşib, ertaroq çiqib qöyibmanmi, avtobusga yölovçilarning tölişini kutib, ança ötirib qoldim. Menga yondoş örindiqqa 18-20 yoşlar atrofidagi ikki qiz kelib ötirdi-da bijirlaşib suhbatga tuşib ketişdi.

- Çevarga nima qilsang ham köylagimni tuzatib berasan yo matoning pulini tölaysan, dedim.

- Köylagingni olmay ketib, yaxşi qilibsan. Axir bir yarim metrdan bir köylakni yaxşilab tikib berolmagandan söng nimayam deysan. Mana, mening şu köylagim bir yigirmadan çiqqan.

- Özi könglim tortmagandi, yaxşi tikadi, deyişganiga... Özi biz tengi qiz ekan, tsex oçib ötirganini ayt.

- Neça yoşdasizlar, qizlarim? - dedim ularga.

- Yigirma birdamiz, - deyişdi qizlar suhbatiga qöşilganimga oğrinib.

- 21 yoşda bölsanglar ham köylak tikişni bilmaysizlarmi? Uzatadigan yoşga yetibsizlar-u köylaklaringni birovga tikdirasizlarmi?, - dedim kulib.

- Hamma şunday qiladi, momo, - deyişdi qizlar.

- Hozir afsuski şunday, - gapimizga qöşildi örta yaşar kişi. – Qizlar-ku qizlar, yigitlar ham hunarga qiziqmay qöyişgan. Keça qöşnimning ikki bolaning otasi bölgan öğli "derazamning oynasini qöyib berolmaysizmi? Yozda salqin bölsin, deb olib qöygandim, endi joyiga qöyaolmayapman”, deydi menga. Özi yilning yarmida turli şaharlarda mardikorlikda yuradi. Şuniyam eplolmasang, sen qanday ustasan, deb kuldim.

- Men suvoqçiman-da, - deydi uyalmay. Suvoqçi oyna qöyişni örganmasin, deb kim aytibdi. Odam qiziqişi kerak. Erkak kişi oilasiga asqotguday hamma işni bilişi kerak. Hozir ikki-uç soatlik işim bor edi, deb usta qidirib yuradiganlar ham köp. Şu işga özi urinsa-ku uddasidan çiqib ketadi. Qunt qilsa, birovning qölidan kelgan iş hammaning ham qölidan keladi.

- Ana, eşitdinglarmi, - dedim qizlarga. Sizlar ham köylak tikişni özlaringiz örganganingizda birovga yalinib yurmasdingiz. Çevarga degan puli yoniga qolardi onangizning.

Men hozir 68 yoşdaman. Baʼzilarga öxşab "hozirgi yoşlar” deb kamsitmoqçi emasman-u lekin aslida ham hozirgi yoşlarning köpçiligi epsiz bölib voyaga yetayotgani bor gap. Kiyim tikdirişga, yuvdirişga, soç böyatişga, turmaklatişga, hatto biron töy-bazmga bormoqçi bölgan qiziga qoş-kiprigini böyatişga ham pul beradi ota-ona beçora. Öğildir, qizdir boradigan manzili 200-300 metrdan oşsa, turgan gap, taksiga çiqadi. Bular bari birgina mening emas, hammamizning köz öngimizdagi  bölayotgan voqealar.

Beixtiyor öylab qolasan: mehnatning qadriga, mehnat qilib topilgan pulning qadriga qaçon yetişadi ular? Bular borib turgan tarbiyasizlik emasmi?

Men esimni taniganimdan to nafaqaga çiqqunimça dalada işladim. U paytlarda paxtaning mehnati oğir, tong otganidan kun botguniça dalada bölardim. Ikki-uç soat tuşlikka kelib rözğorimizning ança işini qilib ketardik. Qolganini keçasi bajarardik. Köylak tikişgina emas, hatto quroq körpaça, yostiqlar ham tikardik, daströmollar töqirdik. Avvallari qiz uzatib borganda kelinning tikkan kaştalari köz-köz qilinardi. Kaştasi çiroyli kelin rosa maqtalardi. Hozir esa... Bular-ku qizlar haqidagi fikrlarim. Hatto bir mixni eplab qoqolmaydigan, tuflisining tagi oçilsa, yelimlay olmaydigan yigitlar ham köp.

Mening  bu sözlarimni öqiganlar epsiz odam ham rizqi bilan yaralgandir, sizga ne qayğurib, der ehtimol? Töğri, lekin mehnat qilmagan öğil-qiz pulning qanday topilişini bilmaydi, sarflaganiga joni açimaydi, ota-ona  mehnatini qadrlamaydi. Şuning uçun ham modadan qolgan köylakni tözmasa-da kiyişmaydi. Dasturxonda ortgan, bölak, qotgan nonni bemalol taşlayverişadi. Qotgan nondan ozgina şakar aralaştirib talqon qiliş yo nonqovurdoq pişiriş mumkin. Polizimizdagi pomidor, bulğor qalampiri, piyoz, sabzi qöşib nonqovurdoqni pişirib, kökatlar sepib, dasturxonga torting-çi, qaysi taomdan qolişarkan? Agar kelinlarimiz, qizlarimiz şunday qilsa, ham lazzatli taom pişirib uydagilarini xursand qiladi, ham qotgan nonning uvol bölişining oldini oladi.

Tejamli oilada baraka böladi, deyişadi. Tejamli tuzilar, deyişgani ham bejizga emas.

Bir kuni birga öynab ösgan dugonamnikiga mehmonga bordim.

- Tur, örningdan, - dedi dugonam körpaça solişga çoğlanib.

- Qöyaver, ötirib böldim, mana hammayoğing körpaça-ku, - dedim endigina ötirgan joyimdan qözğalişga oğrinib.

- Bunisi boşqaça, - kuldi dugonam.

Beixtiyor qölidagi körpaçaga qaradim. Qaradim-u...

Bundan yigirma yilça oldin, istiqlolning ilk yillari, tirikçilik oğir damlar edi. Bir köylaklik mato olay desam heç rözğordan orttirolmay yurgandim. Bir kuni dugonam kelib, tuğilgan kuning esimga tuşib ketdi, özimgayam, sengayam tikdim deb qölimga yangi köylak  tutqazdi. Aynan şunaqasini özi kiyib kelibdi.

Dugonamning menga töşamoqçi bölib turgan körpaçasi öşa köylakdan edi.

- Yelkasi sal oqarsa-da etagi butun ekan. Yaqinda bir sandiq titganimda körib qoldim-da uvol bölib yotmasin deb körpaça qildim, - deya kuldi dugonam.

Menimça dugonamga öxşagan haqiqiy tejamkor, uvoldan qörqadigan onaxonlar, isrofgarçilikning oqibatini aytguday otaxonlarimiz köp. Faqat ular bilganini qilişsin, qabilida iş tutmay, yoşlarga eʼtiborliroq bölişsa, kamçiligini vaqtida aytib turişsa, tuşuntirişsa, foydasi tegadi, albatta.

Roziya momo,

"Tölqin” ovuli.

(Foto - http://www.12news.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026