29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:34
Fan va taʼlim 👁 288

OʻQUVChIGA YoDLAShNI EMAS, FIKRLAShNI OʻRGATISh KERAK

OʻQUVChIGA YoDLAShNI EMAS, FIKRLAShNI OʻRGATISh KERAK

Joriy yilning 24-noyabr kuni tumanimizdagi 30- va 40-sonli Xalqaro tadqiqotlarga yoʻnaltirilgan tayanch maktablari trener-oʻqituvchilari va xalq taʼlimi boʻlimining taʼlim sifati monitoringi mutaxassislari hamkorligida 16- va 76-sonli umumtalim maktabi faollar zalida “Xalqaro tadqiqotlarga yoʻnaltirilgan tayanch maktablarning ularga biriktirilgan maktablar bilan ishlash mexanizmi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningga tumandagi 30- va 40-sonli Xalqaro tadqiqotlarga yoʻnaltirilgan tayanch maktablariga biriktirilgan barcha umumtaʼlim maktablaridan tayinlangan 2 nafardan, jami 186 nafar trener-oʻqituvchilar ishtirok qilishdi.

Tayanch maktablarga biriktirilgan maktablar bilan ishlash mexanizmi va ularga belgilangan vazifalar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish buyicha metodik tavsiyalar berish bilan birgalikda tayanch maktablari trener-oʻqituvchilari tomonidan taʼlim tizimiga Xalqaro tadqiqotlar doirasidagi topshiriqlarni amalda qoʻllash boʻyicha koʻnikmalar shakllantirildi.

Oʻzbekiston 2021  yildan PISA dasturi ishtirokchisiga aylanadi. Oʻquvchilar bilimini baholash boʻyicha xalqaro dasturda kelasi yil Oʻzbekistondan 12 mingdan ortiq maktab oʻquvchisi qatnashadi. Shu sababli, PISA xalqaro tadqiqoti topshiriqlarining elementlarini oʻquv jarayoniga integratsiya qilishga yoʻnaltirilgan amaliy mashgʻulot tashkil qilish taʼlim sohasining bugungi kundagi eng dolzarb vazifalaridan biridir. Umumtaʼlim maktablaridan ishtirok qilgan trener-oʻqituvchilari seminar-treningdan oʻrgangan PISA xalqaro tadqiqoti topshiriqlarining elementlarini oʻquv jarayoniga integratsiya qilishga yoʻnaltirilgan amaliy mashgʻulotlarni qoʻllash boʻyicha oʻz maktablarida kaskad usulda seminar-treninglar tashkil qiladilar.

Ushbu mashgʻulotlar 7-9-sinf oʻquvchilarining egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olish koʻnikmalari hamda kompetentsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, unda PISA tadqiqoti savollarini bajarishda yordam beriladi. PISA tadqiqoti savollarini bajarishda oʻqituvchilar oʻquvchiga yodlashni emas, fikrlashni oʻrgatishi kerak. Sababi, oʻqish savodxonlik degani, yaʼni oʻquvchining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholaydi. Demak, barcha fanlarda oʻqish savodxonligi juda muhim.

PISA – 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik darajasini baholash uchun moʻljallangan tadqiqot boʻlib, 2000-yildan buyon har uch yilda bir marta oʻtkazib kelinadi.

Uchta yoʻnalish boʻyicha tuzilgan topshiriqlar bilan oʻquvchilarning savodxonlik darajalari aniqlanibgina qolmasdan, turli ijtimoiy soʻrovnomalar orqali ularning taʼlim olish sharoitlari, muammo va yutuqlari ham tahlil qilinadi.

Mazkur dasturga asosan “Yoshlar kelajak hayotda duch kelishi mumkin boʻlgan toʻsiqlarni yengib oʻtishga qay darajada tayyor?”, “Oʻquvchilar ziddiyatlar sabablarini aniqlash, tahlil qilish hamda oʻz fikrlarini bildirishga qodirmi?”, “Oʻquvchilar oʻzlashtirgan bilim va koʻnikmalarini real hayotiy vaziyatlarda qay darajada qoʻllay olish qobiliyatiga ega?” kabi muammolar tadqiq etiladi.  Shu bilan birga oʻquvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga bagʻishlangan topshiriqlar ham kiritilgan.

Bugungi kunda umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining taʼtil vaqtida, asosiy onlayn darslardan boʻsh vaqtlarini unumli oʻtkazish, xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida har bir fan oʻz yoʻnalishiga doir topshiriqlar doirasida toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil qilish zarurati bor. Maktab rahbariyati bu zaruratni hisobga olgan holda bu borada ishlarni samarali va tizimli yoʻlga qoʻyishlari kerak.

Ushbu seminar-treningda ishtirok qilgan har bir maktabning 2 nafar trener-oʻqituvchilari maktab rahbarlariga yaqindan yordam beradi, degan umiddamiz.

Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishda trener-oʻqituvchilar oʻquvchilarning 3 ta yoʻnalish, yaʼni, oʻqish, matematika va tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlashni rivojlantirish, baholash yoʻnalishlari boʻyicha zarur koʻnikmalarni barcha maktablarga yetkazadi.

Seminar-trening ishtirokchilarda zoʻr qiziqish uygʻotdi.

R.XOLMURODOV, R.YaKUBOVA, tuman XTB TSM inspektor-metodistlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026