29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:11
Jamiyat 👁 106

Navoiyni anglash sari…

Navoiyni anglash sari…

Ijtimoiy tarmoqlarda bir xabar oʻqib qoldim. Unda aytishicha, maktabgacha taʼlim tashkilotida Alisher Navoiy bobomizning suratini chizish boʻyicha katta tarbiyalanuvchilari bilan mashgʻulot oʻtkazilgan ekan. Mashgʻulotxonaga Navoiyning bir necha nafar rassomlar tomonidan chizilgan suratlari qoʻyilgan va bolajonlarga shular asosida mustaqil ravishda surat chizish topshirilgan.
Ochigʻini aytsam, bolajonlar chizgan suratlarni tomosha qilib, shu murgʻak norasidalarning koʻnglida ham ulugʻ shoirga hurmat-ehtirom tuygʻulari uygʻonganini his qilganday boʻldim, oʻzimda yoʻq quvondim. Navoiy dahosini anglashga boʻlgan intilishlari kun kelib ularning koʻnglida ulugʻ bobokaloniga munosib boʻlishdek ezgu niyatlar uygʻonishiga asos boʻlsa, ajab emas.
Mana, oradan shuncha vaqt oʻtsa hamki, Alisher Navoiy yaratgan eski oʻzbek, fors tillaridagi asarlar barcha turkiy xalqlar uchun, dunyo xalqlari uchun bebaho maʼnaviy xazina sifatida oʻrganilmoqda. Har satri odamliylikdan, odob-axloq, tarbiya, ilmni qadrlash, oʻrganishga daʼvat etish, toʻgʻrisoʻzlik, halollik, vafo-sadoqat, doʻstlik kabi yuksak insoniy fazilatlardan saboq beruvchi turli janrlardagi asarlari sevib mutolaa qilinmoqda, maʼnaviy oziq bermoqda. Oʻzining:
Odami ersang, demagil odami,
Onikim, yoʻq xalq gʻamidin gʻami
deya yozganiday, Alisher Navoiy sermahsul ijodkor boʻlibgina qolmay davlat arbobi sifatida ham el-yurt gʻamida yashadi, xalq dardini oʻz dardi deb bildi, yurti tinch, farovon boʻlmogʻi uchun kurashdi. Oʻz davrida ilm-fan rivoji uchun fidoyilik qildi, qanchadan-qancha yosh shoirlar, tarixchilar, rassomlar, tabiblar ilm ahllariga rahnamolik qildi, el maʼmurligi uchun kurashdi.
Shu boisdan ham Navoiy adabiy merosini, hayotiy faoliyatini oʻrganishga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Har yili ulugʻ adib dunyoga kelgan kun munosabati bilan respublikamiz boʻylab Navoiyxonlik kechalari maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi. Biroq benazir isteʼdod sohibining tabobatga doir asarlariga, faoliyatiga unchalik koʻp eʼtibor berilmaydi.
Maʼlumki sharq tabobati juda qadimiy tarixga ega. Shu boradagi bilimlarni umumlashtirib, oʻz tajribalari bilan boyitib, yangi bosqichga olib chiqqan Abu Ali Ibn Sino kasalliklar belgilari va ularga davo choralarini, tavsiyalarini nazm uslubida ham bayon qilgan.
XV asrda va XVI asrning birinchi yarmida xalq tabobati juda yaxshi rivojlangan va oʻsha davr tabiblari tibbiy asarlarini nazmda ifodalashda ham samarali harakatlar olib borishgan.
Oʻsha davrda madrasalarda diniy va dunyoviy ilmlar qatori tabobatdan ham saboq berilgan. Tabobatdan Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari chuqur oʻrganilgan, hududlardagi dorivor giyohlar bilan talabalar tanishtirilib, ular yordamida davolash yoʻllari haqida maʼlumot berilgan.
Bu dogʻi topmaguncha hazmi komil,
Badanni qilma ortiq yukka homil,
yoki
Sihat tilasang, koʻp yema,
Izzat tilasang, koʻp dema kabi.
Alisher Navoiyning satrlarini oʻqigan kishi uni oʻz zamonasining ilmli, ilgʻor fikrli arbobi sifatida tabobatdan ham juda yaxshi xabardor boʻlganligini yaxshi anglaydi. Biroq bu borada chuqurroq izlansangiz – alloma bobomizning nainki xalq tabobatidan xabardorligi balki, koʻpgina taniqli tabiblarning voyaga yetishida beshik boʻlgan Dorushshifo (Davolash uyi)ni tashkil etganligi, oʻsha davrda koʻpgina mohir tabiblarni shu yerga toʻplab, xalqning salomatligi uchun birgalikda, hamjihatlikda faoliyat yuritishiga, oʻz ustlarida ishlashiga ham gʻamxoʻrlik qilganligini anglaysiz. U:
Va likin tibbu hikmat ham erur xoʻb,
Ki sihhatdur kishi jismida matlub,
yoki
Agar hikmatqa boʻlsa iltifoting,
Ki boʻlsun Nuh umriga hayoting, deya
koʻz oʻngimizda tabobatning haqiqiy targʻibotchisi sifatida ham gavdalanadi. Uning fikricha, kishi hamisha sogʻu salomat boʻlishi uchun avvalo oʻz mijozini bilishi, uni moʻʼtadil tutishi lozim. Mijozning buzilishi kasallikni keltirib chiqarishini shunday taʼriflaydi:       
Sarsaba erur hamisha bu gulshanda sarvdek,
Ozodayeki, boʻlsa mijozida eʼtidol.
Va yana toʻgʻri, meʼyorida ovqatlanishni bilish zarurati ham uqtiriladi:
Nekim boʻlsa, muzir boʻlgʻil harosan,
Ki boʻlgʻay taʼbingga mushkullar oson
yoki
Nekim boʻlsa mijozingga guvoro,
Anga koʻp mayl qilma oshkoro deydi.
Xullas, ulugʻ shoir va alloma bobomizning tabobat va salomatilkka doir har bir satridan oʻzimizning sogʻlom va baxtiyor yashashimiz uchun zarur boʻlgan behisob yoʻl-yoʻriqlarni, tavsiyalarni olishimiz mumkin.
Oʻzbek klassik adabiyotining yirik vakili, benazir klassik shoir Alisher Navoiyning tabobatga doir nazmiy uslubdagi asarlarini oʻqisangiz huddi davlatimizning xalq salomatligini yaxshilash uchun olib borayotgan sogʻlom yashash, jismoniy faollik targʻibotiga hamohang ekanligini anglaysiz.
Alisher Navoiy asarlarining asrlar osha oʻz ahamiyatini yoʻqotmay kelayotganining boisi ham shundadir, ehtimol.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026