29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:34
Fan va taʼlim 👁 264

“El desa Navoiyni...”

“El desa Navoiyni...”

Xalqimiz buyuk olim, daho shoirlarni oftobga qiyoslashi bejiz emas. Oftob olamni oʻz nurlari ila yoritganiday, shoirlar ham, fozil-u fuzalolar ham odamlar koʻnglini ilm nuri bilan  charogʻon etadi.

Mumtoz adabiyotimizning buyuk namoyandalaridan biri, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy oʻzining oʻlmas asarlari bilan xalqimiz qalbiga nur, ziyo bagʻishladi, mamlakat obod, xalq farovon boʻlmogʻi uchun kurashdi.

Navoiy asarlarining oʻquvchiga beradigan maʼnaviy quvvati shunchalik kuchliki, uni qayta-qayta oʻqigani sayin mazmun-mohiyatini chuqur anglayveradi, har safar xuddi yangi asar oʻqigandek taassurot olaveradi.

Mamlakatimizda har yili fevral oyida ulugʻ mutafakkir  shoir bobomiz tugʻilgan kuni munosabati bilan uning adabiy merosini targʻib etishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, navoiyxonlik kechalari oʻtkaziladi.

Sana munosabati bilan Mangʻit shahridagi 36-sonli maktabda ham “Shams ul-millat”, yaʼni “Millat quyoshi” deya ardoqlanuvchi Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan “El desa Navoiyni...” deya nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy kecha oʻtkazildi.

Maktab faollar zalida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirni maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari Umida Jumaniyozova, Saida Yusupova, Nargiza Oʻtalova, Eʼtibor Bobojonova, Dilnoza Qurboniyozova, Gulnora Sobirova, Muhayyo Karimova, Nasiba Karimovalar hamkorlikda tayyorlashdi.

Tadbirda maktabning ona tili va adabiyoti faniga qiziquvchi 3-11-sinflari oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Buyuk mutafakkir shoir hayoti va ijodi, uning adabiy merosini oʻrganishning ahamiyati haqida maʼruza oʻqilganidan soʻng, sahnaga oʻquvchilar chiqib, shoir gʻazallari, ruboiylaridan namunalar ijro etishdi. Sahnada ikki oʻspirin yigit - mir Alisher va Husayn Bayqaro obrazlarining oʻquvchilar ijrosidagi talqini juda mahorat bilan ijro etildi. Biri endi shakllanib kelayotgan buyuk shoir, biri Xurosonning boʻlajak hukmdori Husayn Bayqaroning oʻzaro doʻstlik  munosabatlarini, Husayn Bayqaroning  doʻsti ijodiga nechogʻlik hurmat bilan qarashi va ijodini zavq bilan tinglashi, olqishlashi juda yorqin ifoda etib berildi. Shuningdek Alisher Navoiy asarlari asosida  tayyorlangan sahna koʻrinishlari ham tomoshabinlarga juda manzur boʻldi, oʻquvchilarni Navoiy ijodini yana ham chuqur oʻrganishga ragʻbatlantirdi.

Tadbir soʻngida maktab rahbariyati tomonidan faol qatnashgan oʻquvchilarga, oʻqituvchilarga minnatdorlik bildirildi.

Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodi faqat oʻzbek adabiyotidagina emas, jahon adabiyotida ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning lirik, epik va falsafiy asarlari XV asr adabiyotida chuqur iz qoldirdi, jahon madaniyatining mumtoz vakillari safidan joy oldi.

U oʻzi yaratgan asarlari bilan asrlar osha mangu yashayveradi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026