AYoL XOTIRJAM YaShASA...
Jamiyatda xotin-qizlarning mavqeini yanada oshirish, gender tengligini taʼminlash, oʻzlari qiziqqan sohalar boʻyicha shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, qobiliyat va iqtidorlarini yuzaga chiqarishlari uchun koʻmaklashish orqali ularning faolligini oshirish – bugungi kunda davlatimiz siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Zero, ayol tinch, baxtiyor boʻlgan jamiyat ravnaq topadi, gullab-yashnaydi.
Bizning Kuyuk koʻpir ovulimiz hududida 910 ta xonadon tarkibidagi 1021 ta oilada 5000 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ularning hayotdan rozi yashashlari uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish, muammolarini hal etishga koʻmaklashish orqali bandligini taʼminlash maqsadida keng qamrovli tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Oʻrganishlar natijasida 42 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga, 157 nafari “Yoshlar daftari”ga, 17 nafari esa “Temir daftar” roʻyxatiga kiritildi.
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 13 nafar xotin-qizning oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida bandligi taʼminlandi.
Pandemiya davrida boquvchisini yoʻqotgan 3 nafar ayolga 1 boshdan qoramol berilib, 6 ta oiladagi kam taʼminlangan ayol-qizlarning daromadini oshirish maqsadida davlat dasturida belgilangan ijtimoiy himoya mablagʻlari hisobidan subsidiya berilib, 1 sotixlik issiqxona qurib berildi. 17 nafar ishsiz yosh xotin-qizlarga esa fermer xoʻjaliklari hisobidan 1 gektardan ekin maydonlari ajratib berildi. 3 nafar yosh ayol-qizlar esa jamoat ishlariga jalb etildi.
Hududimizda yashovchi xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishlarini ragʻbatlantirish maqsadida koʻrgazmali oʻquv-seminarlar tashkil etilib, bank kreditlari olishlari, olingan pul mablagʻlaridan maqsadli foydalanishlariga qaratilgan targʻibot-tushuntirish ishlarini amalga oshirmoqdamiz. Maqsadimiz, ovulimiz ayol-qizlarining hayotdan oʻz oʻrinlarini topib, baxtiyor yashashlarini taʼminlashdir.
Tumanimizning barcha dilbar ayol-qizlarini, moʻʼtabar onaxonlarimizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar ayyomi bilan tabriklayman va sogʻlik, xotirjamlik tilayman.
Tamara KARIMOVA,
Kuyuk koʻpir OFY raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶