Xotira uyğonsa...
Xotira uyğonar qora közlarda,
Ötli nafaslarda, şirin sözlarda.
Avlodlar qonida qayta gupurib,
Mangu yaşayverar nurli izlarda...
Elim, yurtim, degan ne jonlar ötdi,
Tinçlikka kökragi qalqonlar ötdi.
Ğarbiy mozorlarga botgan quyoşlar –
Vatan köksin tilgan armonlar ötdi.
Afğon qirlarida sölgan lolalar –
Hayotda haqlari qolgan bolalar...
Şoir bölarmidi, arbob yo olim,
Hamon yuraklarda dardli nolalar.
Köngil közgusida bir-bir uyğonar,
Abdulla Qodiriy, Çölpon, Fitratlar.
Vatan, deb Vatanga singigan yurak –
Özligin asragan metin qörğonlar.
Metin qörğonlar-yey, biri ön sakkiz,
Birlarining yoşi yigirma, şaksiz.
Bobom, otam deymi, jonim, jigarim,
Siz Yurtni asragan yovqur yuraksiz.
Millat şaʼni, deya jon bergan daho,
Har zarra tuproqqa mehri bebaho.
Hurlik tuğin tutgan maʼrifat piri –
Siz – Alixontöra Soğuniy bobo!
Ajib jilo topib özbaki harf,
Har tong uyğonadi Abdulla Orif.
Vatan, deb Vatanga sajdalar bilan,
Ona yurt madhiga izlaydi taʼrif.
Har bitta nafasda uyğonaverar,
Hatto Jaloliddin Manguberdilar.
Sirdaryoni keçgan Temur Malikning
Izlarida Hurlik va Erk gurkirar.
Temuriy hoqonlar izi qolgan Yurt,
Uluğ salaflarga ona bölgan Yurt!
Yangi Özbekiston yangi avlodi,
Buyuklik qasrini közlaringga surt!
Buyuklik qasri bu – osuda Vatan,
Har zarra tuproği bebaho maʼdan.
Moziydan to bugun yuksalayotgan
Inson qadri baland hur Özbekiston!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶