KORRUPTsIYa VA PORAXOʻRLIKNING OLDINI OLISh MAVZUSIDA SUD MASʼULLARINING UChRAShUVI OʻTKAZILDI
Maʼlumki, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Murod Kamolov tomonidan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha Yoʻl xaritasi tasdiqlangan edi. Mazkur Yoʻl xaritasining 24-bandida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi raislari hamda Ichki ishlar vaziri tomonidan sudyalarning fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda hududdagi profilaktika inspektorlarini jalb etgan holda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan tadbirlar oʻtkazishi belgilangan.
26-may kuni Yoʻl xaritada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshqalʼa va Beshovul mahallalarida korruptsiya va poraxoʻrlikning oldini olish mavzusida sud masʼullarining uchrashuvi oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvda Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Qayrulla Atamuradov, tuman prokuraturasi hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari masʼullari, faollari ishtirok etdilar.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha Yoʻl xaritasida belgilangan vazifalarni ijrosi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida soʻz yuritildi.
Shuningdek, 2021-yil 8-fevral kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, Oʻzbekiston Respublikasining Konstituttsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida masʼullar korruptsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish choralari, hamjihatlikda qarshi kurashish kabilar borasida fikr-mulohazalar bildirib, alohida toʻxtalib oʻtishdi.
Taʼkidlanganidek, korruptsiya siyosiy jihatdan olganda, korruptsiya amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarga qarshilik koʻrsatuvchi va toʻsiq boʻluvchi omillarni vujudga keltiradi. Shuningdek, jinoyatchilik va korruptsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi.
Korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va bosh¬qa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, taʼlim muassasalarida korruptsiya¬ga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy taʼlim va tarbiya masalalariga alohida eʼtibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak va yetuk boʻlgan insonlar salbiy illat boʻlmish korruptsiyaga yoʻl qoʻymaydi.
Tadbirda ishtirokchilari sud-huquq sohasi masʼullariga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Masʼullar tomonidan ularga batafsil javoblar berildi.
Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶