Tozalik kuniga bagʻishlangan ochiq dars oʻtkazildi
Har yili 18-sentyabr kuni butun dunyo boʻylab barcha mamlakatlarda tozalik kuni sifatida nishonlanaishi anʼanaga aylangan. Butunjaxon tozalik kuni oʻzi yashovchi mahallada, tumanda tozalik yaratish gʻoyasini, fikrini amalga oshirish kunidir. Maʼlumotlarga qaraganda tozalik kunini oʻtkazish gʻoyasi 2008-yil Estoniyada paydo bolgan. Unda 50 ming nafar koʻngillilar yigʻilib, bir necha soat davomida oʻz yurtlarini bir qancha tonna chiqindilardan tozalashga yordam berganlar.
Oʻzbekistonda bu tadbir ilk marotaba 2019-yilda oʻtkazilgan. Oʻtgan davr mobaynida har yili 18-sentyabr sanasida mamlakatimiz fuqarolari orasidan koʻngilli yurtdoshlarimiz katta hasharlarni tashkil etishib, tozalik va ozodalik ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.
Shuningdek, taʼlim-tarbiya maskanlarida butunjahon tozalik kuniga bagʻishlab ochiq darslar tashkil etilib, oʻquvchilarga toza va ozoda boʻlish koʻnikmalari singdirilmoqda.
Ana shunday ochiq dars Amudaryo tumani 38-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkazildi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻzi yashayotgan uy, koʻcha mahalla obodligiga hissa qoʻshish, saranjom-sarishta boʻlish, tabiatni asrash kabi ezgu gʻoyalarni singdirish kabi tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish uchun tashkil etilgan ochiq darsda oʻquvchilar juda faol ishtirok etdilar.
Ochiq dars boshida tozalik, ozodalik haqida, chiqindilarni taqsimlash va ularni qayta ishlash haqida keng maʼlumotlar berildi. Xalqimiz donoligi, donishmandligi namunalari boʻlgan maqollar orqali fikrlarning ifodalanishi bolajonlarning darsga boʻlgan qiziqishini yanada oshirdi.
Ochiq dars mobaynida oʻquvchilarga sayyoramimizni turli chiqindilardan tozalashga har kim oʻz hissasini qoʻshishi lozimligi, buning uchun eng avvalo oʻz uyi, sinfi, maktabi, koʻchasini toza saqlash kerakligi, chiqindlarni toʻgʻri kelgan joyga emas, maxsus idishlarga solish tozalikni eng asosiy omili ekanligi uqtirildi.
Dars interaktiv shaklda, zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etildi. Oʻquvchilarga mavzu yuzasidan turli qiziqarli savollar berilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Taqdimotlar orqali, rasmli, video hamda matn shaklidagi koʻrgazmali qurollar orqali oʻquvchilarda tozalik va ozodalikka rioya qilish haqida yangi bilimlar hosil qilindi.
Aytish kerakki, hozirgi kunda sayyoramizda chiqindilar shu darajada koʻpayib ketganki, ular atrof-muhitning zararlanishiga olib kelmoqda. Insonlarning tabiatga va atrof-muhitga munosabati tobora yomonlashib borayotgani juda achinarli holatlarni keltirib chiqarmoqda. Ona tabiatimizni asrab-avaylash, unga oqilona munosabatda boʻlish har birimizning insoniylik burchimizdir.
Ochiq dars mobaynida oʻquvchilarga chiqindilarni saralash lozimligi, ularning koʻpchiligi qayta ishlasa boʻladigan xom-ashyolar ekanligi haqida qimmatli maʼlumotlar keltirildi.
Ochiq darsni maktabning qator boshlangʻich sinflar hamda yuqori sinflar oʻqituvchilari katta qiziqish bilan kuzatib bordilar. Dars juda jonli tarzda oʻtdi. Ochiq darsdan koʻzlangan maqsadga erishildi.
Charos Arslonova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶