"DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI-MAHALLA-FUQARO"
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi 5930-sonli Farmoniga asosan Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarida davlat xizmatlari markazlarining filiallarini tashkil etish koʻzda tutilgan edi. Shunga koʻra bugun tuman markazlaridan ancha olisda boʻlgan hududlarda tashkil etilayotgan Davlat xizmatlari markazlarining filiallarida fuqarolarimiz mahallasidan chiqmagan holda 150 dan ortiq davlat xizmatlaridan turli byurokratik toʻsiqlar, ovoragarchiliklarsiz, beminnat foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
Mazkur Farmonga asosan tumanimiz markazidan 22 kilometr uzoqlikda joylashgan, 4 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan “Xitoy” ovul fuqarolar yigʻinida Davlat xizmatlari markazi filiali tashkil etildi.
Bu esa oʻz navbatida “Xitoy” ovul fuqarolar yigʻini, shuningdek unga yaqin hududda joylashgan fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil, vaqtini va moddiy xarajatlarini tejashga xizmat qiladi.
“Xitoy” ovul fuqarolar yigʻini, shuningdek unga yaqin hududda joylashgan fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarni Davlat xizmatlari markaziga bormasdan oʻzlariga yaqin boʻlgan filialimizga kelgan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanishga taklif etib qolamiz.
J.K.Xudoyberganov, Amudaryo tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlimi
telefon xizmati koʻrsatish shoʻʼbasi aloqa operatori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶