29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 14:15
Fan va taʼlim 👁 329

Variativ sinfidagi barcha bitiruvchilari yuz foiz talaba boʻlgan 56-sonli maktabda seminar oʻtkazildi

Variativ sinfidagi barcha bitiruvchilari yuz foiz talaba boʻlgan 56-sonli maktabda seminar oʻtkazildi

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalar qatori taʼlim sohasini rivojlantirishga ham alohida eʼtibor berilayapti. Shu boisdan ham yurtimizda “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan gʻoya asosida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayapti. Bular maktab taʼlimini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi ishlarda yaqqol koʻrinib turibdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini  2019-yilda amalga  oshirishning yoʻl xaritasida belgilangan bandlarini amalga oshirish maqsadida 2019-yilning 28-dekabrida Xalq taʼlimi vazirining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida variativ oʻquv rejalarni tajriba-sinovdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilingan edi. Ushbu buyruq asosida mamlakatimizning bir qancha umumtaʼlim maktablarida variativ sinflar tashkil etildi.

Joriy yilning 8-oktyabr kuni 56-sonli maktabda mazkur maktabda faoliyat yuritayotgan ilgʻor oʻqituvchilarining variativ oʻquv rejalari asosida oʻqitish borasidagi tajribalarini ommalashtirishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.

Aytish joizki, tumanimizdagi 56-sonli maktabning matematika fani oʻqituvchisi Azimboy Saparboyev tumanimizda birinchilardan boʻlib variativ sinf tashkil etishning tashabbuskori boʻldi.

Bugungi kunda maktabda Azimboy Saparboyevning shogirdlaridan Xushnud Chorshamov va Nafosat Tilovboyevalar ham variativ sinflarda dars oʻtish jarayonlarini yanada takomillashtirish yoʻlida astoydil harakat qilmoqdalar.

Bu tashabbuskor oʻqituvchilarning oʻquvchilarga yangicha uslubda taʼlim berish borasidagi harakatlari tahsinga sazovor boʻlmoqda. Ularning fidoyiliklari tufayli 2020-2021 oʻquv yili yakuniga koʻra umumiy oʻrta taʼlim maktablarida variativ oʻquv rejalar asosida tashkil etilgan sinflar oʻquvchilarining oliy oʻquv yurtlariga qabul qilinishi  borasidagi reyting natijalariga koʻra 56-sonli maktab Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi oʻrinni egalladi.

Maktabning matematika fani oʻqituvchisi Azimboy Saparboyev, fizika fani oʻqituvchisi Xushnud Chorshamov hamda ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Nafosat Tilovboyevalarning oʻquv jarayonini tashkil etishda oʻquvchi manfaatlarini inobatga olish, oʻquv jarayonini kompetentsiyaviy  yondashuv  asosida tashkil etish, oʻquv jarayonini oʻquvchilarning individual  xohishlariga muvofiq variativ oʻquv rejalar asosida tashkil etish, oʻquvchilarning oliy taʼlim muassalariga kirishda imtihon topshiradigan fanlarni chuqur oʻrganishlariga sharoitlar yaratish borasidagi harakatlari yaxshi natijalarni berdi.

Bunga maktabda tashkil etilgan variativ sinflar bitiruvchilaridan 94 foizining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirganligi yaqqol misol boʻla oladi.

Mazkur ilgʻor oʻqituvchilarning tajribalarini ommalashtirishga bagʻishlab oʻtkazilgan seminarda tuman xalq taʼlimi  boʻlimi xodimlari va umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Seminar ishtirokchilari dastlab maktabda tashkil etilgan variativ sinflarda dars oʻtish jarayonlari bilan tanishdilar va matematika fani  oʻqituvchisi Azimboy Saparboyev, ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Nafosat Tilovboyeva hamda fizika fani oʻqituvchisi Xushnud Chorshamovlarning  dars oʻtish uslublarini oʻrgandilar.

Shundan keyin seminarning ikkichi qismi boshlanib, uni tuman Xalq taʼlimi boʻlimi taʼlim sifati monitoringi bosh inspektor-metodisti Rashan Xolmurodov kirish nutqi soʻzlab ochdi va olib bordi.

Seminarda 56-sonli umumtaʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni  sohibi Azimboy Saparboyev va fizika fani oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi Xushnud Chorshamovlar soʻzga chiqishib, variativ sinflarda oʻqitish yuzasidan oʻzlarining ish tajribalari haqida gapirdilar.

Shundan keyin 21-sonli maktab direktori Tursunboy Doʻschonov va 50-sonli maktab direktori Alisher Eshniyozovlar soʻzga chiqishib, maktabda tashkil etilgan variativ sinflar va ularning oʻqituvchilari faoliyatiga katta baho berdilar, bu yerdagi ilgʻor tajribalarni tumandagi barcha oʻrta taʼlim muassasalariga keng yoyish boʻyicha oʻz taklif va istaklarini bildirdilar.

Seminar yakunida maktab direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi Arzigul Xudoyberganova soʻzga chiqib, maktab oʻqituvchilarining ish tajribalarini ommalashtirishga qaratayotgan eʼtibori uchun tuman Xalq taʼlimi boʻlimi rahbariyatiga oʻz minnatdochiligini bildirdi va maktab jamoasining variativ sinflar faoliyati bilan tanishishni, bu yerdagi oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganishni xohlovchilar uchun doimo yordamga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Shu bilan 56-sonli maktab oʻqituvchilarining variativ oʻquv rejalari asosida faoliyat koʻrsatadigan sinflarni tashkil etish va oʻqitish borasidagi tajribalarini ommalashtirishga bagʻishlagan seminar oʻz ishini yakunladi.

A.JUMANIYoZOV, maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026