30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 11:42
Jamiyat 👁 268

FAXRIY USTOZGA EHTIROM KOʻRSATILDI

FAXRIY USTOZGA EHTIROM KOʻRSATILDI

Insonparvarlikning yuksak tamoyillari asosida keksa avlod vakillariga hurmat va ehtirom koʻrsatish davlatimiz siyosatining asosiy  yoʻnalishlaridan biri. Ularni munosib turmush sharoitlari bilan taʼminlash, tizimli asosda sogʻlomlashtirishni tashkil etish, ularning bugungiday farovon, baxtiyor kunlarga erishish yoʻlidagi fidoyi xizmatlarini yoshlarga keng targʻib qilishga ularni ota-bobolar jasoratidan oʻrnak olib ulgʻayishlariga ulkan eʼtibor qaratilmoqda.

1932-yilda Qangli ovulida tugʻilgan Durdiboy bobo Erdoshev hozir 90 yosh ostonasida. U oʻz hududidagi 29-sonli maktabning 8-sinfini tamomlab dastlab, Xoʻjayli shahridagi  Pedagogika bilim yurtida, keyinchalik oʻqituvchilik qilish bilan birga Nukus Davlat Pedagogika institutining sirtqi boʻlimida tahsil olgan. Butan umrini ovul yoshlarini ilmli-maʼrifatli qilishga baxshida qilgan otaxon uzoq yillar 29-sonli, 39-sonli maktablarga rahbarlik ham qilgan.

Ovul yoshlari, shogirdlari shu boisdan ham otaxonni juda hurmat qilishadi, holidan tez-tez xabar olib turishadi.

Yaqinda 29-sonli maktabda oʻqituvchilar jamoasi va ovul fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar masalalari boʻyicha maslahatchisi Jangaboy ota Rajabovlar tashabbusi bilan faxriy pedagog, yoshlarning sevimli ustozi Durdiboy ota Erdoshevning  90 yoshga qadam qoʻyishi munosabati bilan “Ustozga ehtirom” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi.

Tadbirga maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilaridan tashqari, faxriy oʻqituvchilar, ovul nuroniylari ham taklif etildi.

Tadbirni  maktab direktori Bahrom Safarov ochdi va ustoz muallimni tabarruk 90 yoshga qadam qoʻyayotgani bilan qizgʻin qutladi.

Shuningdek, faxriy pedagogning bosib oʻtgan sharafli hayot yoʻli haqida gapirdi. Shunisi eʼtiborliki, oʻsha davr turmush qiyinchiliklarini yengib oʻtib, iqtisodiy yetishmovchiliklarga qaramasdan Durdiboy Erdoshev ilm olishga, mohir pedagog boʻlib yetishib, ovul yoshlariga ham maʼrifat, maʼnaviyat ulashishdek niyatlar bilan oʻqidi, ishladi. Oliygohda sirtqi boʻlimda tahsil olish bilan birga 1954-yildan 1957-yilgacha Tinch okeani flotida harbiy xizmat burchini bajargan. 40 yillik oʻqituvchilik, rahbarlik faoliyati davomida samarali, benuqson ishlashga erishgan.

Ana shunday tabarruk inson oʻziga bagʻishlab tadbir tashkil etgan shogirdlarining hurmati-eʼtiboridan juda mamnun boʻldi. Shaʼniga aytilgan qutlovlar, tilaklardan koʻngli togʻday koʻtarildi.

Tadbirda namoyish etilgan maktab oʻquvchilari ijrosidagi kontsert dasturi  barchaga manzur boʻldi. Faxriy ustozga “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi, senator, Oʻzbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev nomidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari tantanali suratda topshirildi.

Oʻqituvchi mehnatining bunday eʼtirof etilishi barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026