OB-HAVO OʻZGARIB, ShAMOL KUChAYaDI
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometologiya xizmati markazining shu yil 30-noyabr kuni taqdim etgan xabarnomasiga koʻra maʼlum qilamizki, 2021-yil 1-2-dekabr kunlari respublikamiz hududiga qoʻshni Turkmaniston orqali Eron Islom Respublikasidan iliq va quruq havo kirib kelishi kutilmoqda.
1-2-dekabr kunlari havo haroratining keskin koʻtarilishi fonida respublika boʻyicha shamol tezligi 17-22 m,s (54-72 km/soat)gacha, baʼzi joylarda 25-28 m/s (90-101 km/soat)gacha kuchayishi, ayrim viloyat va tumanlarda changli boʻron hamda chang gʻuborlari koʻtarilishi mumkin.
Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi fuqarolardan ob-havoning oʻzgarishi bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida tegishli chora-tadbirlarni koʻrib qoʻyishlarini soʻraydi.
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶