HALOL MEHNATLAR EʼTIROFI
Yakunlanayotgan yil bizning 87- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabimiz oʻqituvchilar jamoasi uchun ham esda qolarli voqealarga boy boʻldi.Oʻquvchilarga fan asoslarini chuqur oʻrgatish, iqtidorini rivojlantirish, maʼnaviy yetuk insonlar qilib kamolga yetkazish borasidagi intilishlar oʻz samarasini bermoqda. Buni oʻquvchilarimizning turli koʻrik- tanlovlar, bilimlar sinovlarida erishayotgan natijalarida, bitiruvchilarimizning oliygohlarga oʻqishga kirish koʻrsatkichlarida ham koʻrishimiz mumkin.
Shunisi eʼtiborga sazovorki, yurtimizda ezgu niyatlar bilan qilingan halol mehnat eʼtiborsiz qolmaydi.Biz buni shu yilning 23-dekabr kuni maktabimizda boʻlgan quvonarli voqeadan ham koʻrishimiz mumkin.Gap shundaki, oʻquv yili mobaynida erishilgan yaxshi natijalar uchun maktabimiz oʻqituvchilar jamoasi tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan eng soʻnggi rusumdagi televizor bilan taqdirlandi. Sovgʻani boʻlim xodimlari Ibrohim Rajabov, Oʻtkir Matmurodovlar kelib topshirdilar va jamoamizning bundan keyingi ishlarida ham omadlar tiladilar.
Halol mehnatlar eʼtirofi barchamizni kelgusida bundan-da samarali ishlashga ragʻbatlantirdi.
Sayyora SAʼDULLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶