01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 23:15
Jamiyat 👁 310

OTABEK – TUMANIMIZ YoShLARINING FAXRI VA IFTIXORI

OTABEK – TUMANIMIZ YoShLARINING FAXRI VA IFTIXORI

Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar koʻlami bugun juda keng. Bundan foydalanib kamolga yetayotgan, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, oʻz yurti va xalqiga fidoyi, ajdodlarimiz boshlab bergan ishni davom ettirishga qodir boʻlgan, har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni aslo yengib boʻlmaydi. Oʻz maqsadlariga yetishda dadil va doim yangilik sari intiluvchi yoshlar elimizning faxri va gʻururidir.

Amudaryo tumanida ham yuksak choʻqqilarni zabt etayotgan,  oʻz  ustida tinim bilmasdan ishlayotgan, oʻz oilasi va Vatani oldidagi burchini chin yurakdan his qilib, taʼlim olayotgan yoshlar bisyor. Ana shunday ilgʻor fikrli, dunyoqarashi keng, maʼnaviyatli, mard va jasur oʻgʻlonlardan biri Otabek Rahimboyevni yurt taraqqiyoti uchun intilayotgan yoshlardan, desak aslo adashmagan boʻlamiz.

Otabek Rahimboyev  Amudaryo tumanining Yuqori qishloq mahallasida, ziyoli oilada tugʻilib, voyaga yetdi. Onasi Zulfiya Yodgorova geografiya fani oʻqituvchisi. Ham oilada, ham maktabdagi yuksak maʼnaviy muhit ostida katta boʻlgan Otabek ham  ota-onasining sohasini tanladi.

2017-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining geografiya va tabiiy resurslar fakulteti gidrometeorologiya taʼlim yoʻnalishi talabasi boʻldi. Talabalik davridanoq ustozlar eʼtirofiga sazovor boʻlib, 50 dan ortiq tanlov, konferentsiya va  olimpiadalar  gʻolibiga aylandi.

Izlanuvchan va bilimga chanqoq Otabek 2020-yil 26-avgust kuni  Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotga sazovor boʻlish hammaga ham nasib qilavermaydi. Ular orasida Otabekning ham borligi bizga oʻzgacha gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.

Joriy yil 10-yanvar kuni Otabek muhandislik geologiyasi fanidan Butunrossiya talabalar va magistrantlar oʻrtasida oʻtkazilgan onlayn olimpiadada qatnashib, faxrli birinchi oʻrinni egalladi.

Yurtimizda yoshlarning bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlardan esa faqatgina yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish talab qilinadi, xolos.

Hozirgi kunda Otabek Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Geologiya-qidiruv va kon metallurgiya fakulteti gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi va geofizikasi kafedrasi 1-bosqich magistranti. Ilmiy salohiyati va erishgan yutuqlari tufayli  magistraturaga imtiyozli ravishda qabul qilingan.

U hozirda ilmiy rahbari Mirabbos Zokirov rahbarligida “Orolboʻyi hududlarining antropogen omillar taʼsiri ostida muhandislik geologik sharoitlarning oʻzgarishini oʻrganish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Tumanimizning intiluvchan, bilimga chanqoq, izlanuvchan oʻgʻloniga kelgusi oʻqish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, bundanda baland marralarni zabt etishiga umid qilib qolamiz.

 

F.Eshimbetova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026