16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:46
Jamiyat 👁 341

Hamkorlik – yaxshi natijalar omili

Hamkorlik – yaxshi natijalar omili

Joriy yilning 5-fevral kuni 56-sonli maktab huzurida faoliyat koʻrsatayotgan “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazilib, unda jamoat Kengashi aʼzolari va Mangʻit shahrida joylashgan bir  qator taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu yigʻilishda bugungi kunda dolzarb boʻlgan – “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish masalasi muhokama etildi.

Yigʻilishda maktab direktori, jamoat Kengashi raisi A.Xudayberganova kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.

Muzokaralarda jamoat Kengashi  aʼzosi, Durunki mahalla fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar, ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari G.Mingboyeva, jamoat Kengashi aʼzosi, maktabning ota-onalar qoʻmitasi raisi G.Salayeva, jamoat Kengashi aʼzosi, ota-onalar vakili O.Qayupova, 1-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari G.Madrahimova, jamoat Kengashi aʼzosi, shifokor M.Husainova, jamoat Kengashi aʼzosi, maktab psixologi D.Yoʻldoshev, 8-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi xodimi M.Allamberganova va jamoat Kengashi aʼzosi, sinf rahbari S.Yusupovalar ishtirok etdilar.

* * *

Biz yigʻilish ishtirokchilari bilan suhbatda boʻlib, ularga muhokama etilgan masala yuzasidan qator savollar bilan murojaat etdik. Quyida ana shu savol-javoblar mazmuni bilan tanishasiz.

Muxbir: - Siz bugun qoʻshni maktab vakili sifatida 56-sonli maktabda “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish masalasiga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda ishtirok etdingiz. Ushbu yigʻilish haqida va maktab jamoasining tashabbuskorlik harakatlari toʻgʻrisida qanday fikr bildirasiz?

Guliston MadraHimova, 1-sonli maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari:

- Toʻgʻrisini aytishim kerak, biz oʻtgan oʻquv yili yakuniga koʻra umumtaʼlim maktablarida variativ oʻquv rejalar asosida tashkil etilgan sinflar oʻquvchilarining oliy oʻquv yurtlariga qabul qilinishi borasidagi natijalarga koʻra 56-sonli maktabning Qoraqalpogʻiston Respublikasida birinchi oʻrinni egallaganini eshitib, maktab jamoasining tashabbuskorligiga, ahilligiga va ishchanligiga qoyil qolganmiz.

Taʼlim sohasi xodimlari shuni yaxshi bilishadiki, oila, mahalla va maktab hamkorligini tashkil etish oson ish emas. Buning uchun haqiqiy maʼnodagi jonkuyarlik va fidoyilik talab etiladi. Mana shunday mashaqqatli, ammo xayrli ish boshida tashabbuskor sifatida yana shu maktab jamoasini koʻrayotganimizdan xursandmiz.

Bu maktabda oila, mahalla va maktab hamkorligi jamoat Kengashi tarkibini shakllantirishda aʼzolarning ishchanligi va tashabbuskorligiga alohida eʼtibor berilgan. Shu boisdan ham yigʻilishda soʻzga chiqqan jamoat Kengashi aʼzolarining soʻzlaridan, takliflaridan ularning yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun haqiqiy jonkuyar insonlar ekanligi yaqqol koʻrinib turibdi.

Biz bu yigʻilishda jamoat kengashi raisi Arzigul Xudayberganovaning “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi maʼruzasini eshitdik. Maʼruza maqsadi jamoat Kengashi aʼzolariga hamkorlik mexanizmi haqida kengroq tushunchalar berishdan iborat ekan.

Men 56-sonli maktabda oʻtkazilgan bugungi yigʻilishga Mangʻit shahrida joylashgan bir qator taʼlim muassasalari vakillarining ham taklif etilgani yaxshi ish boʻldi, deb hisoblayman.

Boisi biz bu yigʻilishda ishtirok etib, oila, mahalla va maktab hamkorligida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kengroq tushunchaga ega boʻldik.

Men maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bilan shugʻullanuvchi pedagog sifatida 56-sonli maktab jamoat Kengashi aʼzolarining “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligini yanada takomillashtirish borasidagi tashabbuslarini maʼqullayman va tuman hududidagi biri-biriga yaqin joylashgan maktablar jamoalari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish anʼanasini davom ettirishimiz lozim, deb hisoblayman.

Muxbir: - Jamoat Kengashi aʼzolari oʻrtasidagi ish taqsimotida Sizga mahalla aholisi oʻrtasida ajdodlarimiz qadriyatlariga tayangan holda oila muqaddasligini, butunligini saqlash, farzandlarni vatanparvar, insonparvar, yuksak eʼtiqodli, odob-axloqli va albatta, barkamol etib tarbiyalash boʻyicha suhbatlar oʻtkazib borish vazifasi belgilangan. Siz bu vazifani qanday amalga oshirmoqchisiz?

Omongul Qayupova,  mehnat faxriysi, jamoat Kengashi aʼzosi:

– Biz mahalla nuroniylarimiz. Mahalladagi har bir toʻy-maʼraka va shunga oʻxshash yigʻinlar, albatta, keksa otaxonlar-u onaxonlar ishtirokida oʻtadi. Biz shunday marosimlarda befoyda gurunglar mavzusini oilalar ahilligiga, farzandlar tarbiyasiga bursak, buning nimasi yomon? Bunday suhbatlar paytida, albatta, mahalladagi tinch-totuv yashayotgan namunali oilalar, shunday oilalarning “odobli”, “aʼlochi” va “eng yaxshi kitobxon” nomlarini olayotgan farzandlari haqida gapirilsa, nur ustiga aʼlo nur boʻladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida yoshlar taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan eʼtibor barcha qatori biz – nuroniylarning ham quvonchimizga quvonch qoʻshayapti. Shu boisdan ham men nuroniy sifatida mahalladoshlarimiz oʻrtasida, ayniqsa, yosh oilalar oʻrtasida farzandlar tarbiyasi toʻgʻrisida keng miqyosda tushuntirish ishlarini olib borishni niyat qilganman.

Yaratganga shukurlar boʻlsin, ayni kunda mahallamizda biri-biridan odobli, tartib-intizomli, dars qoldirmaydigan oʻquvchi-yoshlar safi tobora kengayib borayapti. Biz – mahallamiz nuroniylari bunga yanada koʻproq hissa qoʻshishga harakat qilamiz.

Muxbir: - Siz yigʻilishda soʻzga chiqqaningizda oʻquvchi-qizlarning sogʻligini muntazam nazorat qilib borish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, oila byudjetini shakllantirish boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida “Qizlar maslahatxonasi”, “Orasta qizlar” va shunga oʻxshash toʻgaraklarni tashkil etish taklifini bildirdingiz.

Aytingchi, bu ishga oʻzingiz qanday hissa qoʻsha olasiz?

Gavhar Mingboyeva, Durunki MFY raisining oila, xotin-qizlar, ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, jamoat Kengashi aʼzosi:

– Fuqarolar yigʻinida oila, xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha shugʻullanadigan xodim sifatida men mahallamizda voyaga yetayotgan qizlarning yaxshi taʼlim-tarbiya olishlari bilan birgalikda ularning sogʻlom boʻlishlari va oilaviy hayotga ham barvaqt tayyorlanishlari tarafdoriman. 14-15 yoshdagi qizlarimiz tikuvchilik, pazandalik va shunga oʻxshash oilaviy ishlar sirlaridan xabardor boʻlishsa, oilaviy ishlarda oʻz ona yoki opalariga qoʻl-qanot boʻlishsa, ularning kelajagi, albatta, yaxshi boʻladi. Shularni nazarda tutgan holda men mahallamizda “Qizlar maslahatxonasi”, “Orasta qizlar” kabi toʻgaraklarni tashkil etish taklifini bildirganman.

Jamoat Kengashi aʼzolari oʻrtasidagi ish taqsimotida ham menga shunga oʻxshash vazifa – oʻquvchi-qizlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-korlarga oʻrgatish maqsadida mahallada toʻgaraklar tashkil etishga yordamlashish vazifasi topshirilgan.

Men mahallamizda qizlar salomatligini nazorat qilib borish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga oʻrgatish, oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni amalga oshirish yoʻlida barcha imkoniyatlarim va kuch-gʻayratimni ayamayman.

Muxbir: - Maktab huzurida tashkil etilgan “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi  jamoat Kengashi aʼzolari oʻrtasidagi ish taqsimotiga koʻra Sizga ota-onalar qoʻmitasining jamoat Kengashi bilan hamkorligini mustahkamlash orqali oʻquvchilar davomatini va ularning tartib-intizomini yaxshilash vazifasi yuklatilgan. Bu boradagi oʻz rejalaringiz qanday?

Gulnazira Salayeva, maktabning ota-onalar qoʻmitasi raisi, jamoat Kengashi aʼzosi:

– Men bir necha yillardan buyon maktabning ota-onalar qoʻmitasiga raislik qilib kelaman. Biz – qoʻmita aʼzolari birgalikda ota-onalar bilan ishlashishni yaxshi yoʻlga qoʻyishga erishganmiz. Shu boisdan ham bizning ota-onalar bilan uchrashuvlarimiz, u yoki bu muammolarni birgalikda hal qilish borasidagi harakatlarimiz yaxshi samara berayapti.

Biz qoʻmita yigʻilishlarida maktab rahbariyati tomonidan oʻquvchilar davomati va boshqa masalalar yuzasidan berilgan maʼlumotlarni tahlil qilib, mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etishning chora-larini koʻrayapmiz.

Shuni ochiq aytishim kerak, ayrim ota-onalarimiz oʻz farzandlarining faqat tartib-intizomli boʻlib yurishlari bilan faxrlanishadi. Ammo bunday oilalarda farzandning qanday taʼlim olayotgani bilan hech kim qiziqmaydi.

Shu sababdan ham men jamoat Kengashi va ota-onalar qoʻmitasi hamkorligida mahalladagi ota-onalar oʻrtasida har bir ota-ona oʻz farzandining dars tayyorlashlari, kitob oʻqishlari bilan qiziqishlari, ularga bu borada kerakligicha yordam berishlari zarurligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishi kerak deb hisoblayman.

“Hamkorlik yaxshi natijalarga yetaklaydi” deyishadi. Shu boisdan ham biz maktabimiz huzurida faoliyat koʻrsatayotgan “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi bilan hamkorlik qilish rejalarini tuzayapmiz.

Men shuni ishonch bilan ayta olamanki, biz – ota-onalar qoʻmitasi aʼzolari ham, mahallamiz faollari ham farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasini yanada yaxshilash maqsadida faoliyat koʻrsatayotgan jamoat Kengashi bilan hamkorlik qilishga hamisha tayyormiz.

Muxbir: - Siz psixolog sifatida maktab huzurida tashkil etilgan “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat Kengashining bugungi yigʻilishiga qanday baho berasiz va jamoat kengashining faoliyatini yanada jonlantirishga qanday hissa qoʻshasiz?


Doniyor Yoʻldoshev, psixolog, jamoat Kengashi aʼzosi:

- Bugungi kunda maktabimizda taʼlim-tarbiya olayotgan yoshlar ertaga bizning qoʻlimizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, oʻzidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislar ekanligi ayni haqiqatdir.
Shunday ekan, yosh avlod tarbiyasi bilan shugʻullanadigan oʻzaro chanbarchas bogʻliq uch omil – oila, mahalla va taʼlim muassasasi hamkorligi muhim ahamiyatga egadir.
Bunday tarbiya tizimi asosida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini bugungi kunda butun dunyo hamjamiyati eʼtirof etmoqda.
Biz tarbiya – tub mohiyati bilan jamiyat koʻlamida amalga oshiriladigan ish ekanligini yaxshi bilamiz. Har bir bolaga munosabat ota-onaning ham, oʻqituvchining ham, jamoatchilikning ham millatga, Vatanga boʻlgan munosabatini aks ettiradi. Demak, tarbiyani faqat oilaga, taʼlim muassasasiga tashlab qoʻymay, butun jamoatchilik hamkorligida ish yuritilsagina oʻsib kelayotgan yosh avlod barkamol, har tomonlama yetuk boʻlib voyaga yetishadi.
Oʻylaymanki, bugungi yigʻilishimiz ham tarbiyaviy  ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha oldimizda turgan vazifalar va muammolarning yechimiga oqilona yondashuv boʻlib, barchamizni bir maqsad yoʻlida birlashtiradi hamda “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat Kengashi faoliyatini kuchaytirib, oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashda oʻzining ijobiy samarasini beradi.
Jamoat Kengashi aʼzolari oʻrtasidagi ish taqsimotida menga 7-, 8-, 9-, 10- va 11-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida ularning qaysi kasbga qiziqishlarini oʻrganish yuzasidan suhbatlar va soʻrovnomalar oʻtkazib borish hamda maktab oʻquvchilarining Mangʻit shahrida joylashgan harbiy qism xizmatchilari bilan uchrashuvlarni tashkil etish vazifasi topshirilgan. Men ushbu vazifalarni albatta bajarishga harakat qilaman.

Muxbir: - Siz bugungi yigʻilishga 56-sonli maktabga qoʻshni muassasa – 8-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi xodimi sifatida taklif etilgansiz.

Aytingchi, shu maktab huzurida tashkil etilgan jamoat kengashi Sizning muassasangiz bilan hamkorlik qilishi mumkinmi?

Mavluda Allamberganova, Durunki mahallasida joylashgan 8-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi yordamchi tarbiyachisi:

- Hozirgi kunda bizning muassasamizda jami 209 nafar bolajonlar tarbiyalanayotgan boʻlib, ulardan 60 nafari kelgusi oʻquv yilida 1-sinfga boradigan bolalar hisoblanadi. Biz bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida albatta yonimizda faoliyat koʻrsatayotan maktab oʻqituvchilari tajribalaridan foydalanamiz.
Men bugun maktab huzurida faoliyat koʻrsatayotgan “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi jamoat Kengashi faoliyati bilan tanishib, uning oʻquvchilar taʼlim-tarbiyasini nazorat qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligini qalban his qildim. Oʻylaymanki, agar biz ushbu jamoat Kengashi bilan hamkorlik qilsak, muassasamizga bolalar qamrovini amalga oshirishda hech qanday muammo boʻlmaydi.

Men ertaga bizning bolajonlarimizni oʻz bagʻriga oladigan 56-sonli maktab jamoasining va shu maktab huzurida faoliyat koʻrsatayotgan jamoat Kengashining ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman.

Muxbir: – Suhbatimizda ishtirok etganingiz uchun rahmat, salomat boʻling.

 

Suhbatdosh: jurnalist Allambergan Jumaniyozov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019