01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 21:21
Madaniyat 👁 385

SANʼATKORLAR OILASI SARDORI

SANʼATKORLAR OILASI SARDORI

Insonning shaxs sifatida shakllanishi koʻp jihatdan irsiy omillarga bogʻliq, deyishadi. Shu bois, ayrim insonlarning alohida iqtidoriga baho berishganida koʻpincha: “qonida bor-da”, degan eʼtirofni eshitamiz. Taʼbir joiz boʻlsa, xushovoz xonanda, “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari Anvar Xudoyberganovning ijro mahorati xususida ham sanʼatkorning muxlislari aynan shunday taʼrif berishadi.

– Sanʼatga ixlos, qalbidagi joʻshqinlik, hatto ovoz tebranishlari ham xuddi Alloh rahmat qilsin bobosi Murod baxshiga tortgan, – deya taʼriflagan edilar Anvar Xudoyberganovning ustozi, Qorqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Gulmirza ogʻa Nurmatov.

Axir xalqimiz bejizga “oqqan daryo oqaveradi”, degan hikmatni yaratmagan.

Anvarjon ilk ashulasini aytib, ota-onasini xursand qilganida hali juda kichkina, 5-6 yoshli bola edi. Alloh rahmat qilsin ota-onasi Kamol ota bilan Maryamjon ona tartib bergan oiladagi oʻziga xos maʼnaviy-tarbiyaviy muhitda 7 nafar oʻgʻil-qiz voyaga yetishdi. Oilada toʻrtinchi farzand boʻlgan Anvarjon musiqa maktabida tahsil oluvchi katta akasi Shomurod ogʻaning rubob cholgʻusida kuy chalishlariga shunchaki havas qilib emas, balki oʻta qiziquvchanlik bilan bu cholgʻu asbobida kuy ijro etishni mustaqil oʻrgandi. Undagi ixlos va intilishni koʻrgan Shomurod akasi musiqa maktabida oʻzi oʻrgangan nimaiki dars-mashgʻulot boʻlsa, Anvarjonga erinmay oʻrgatdi. Uning intilish va harakatlaridan quvongan  ota-onasi: “bobosiga tortgan, kimsan, Murod baxshining chevarasi-da!”  deya faxrlanadigan boʻlishdi.

Oʻz davrining taniqli sozanda va doston kuylovchi baxshilaridan boʻlgan Murod baxshining munosib avlodi A.Xudoyberganov oʻzining noyob iqtidori bilan oʻquvchilik davrida maktabda oʻtkaziladigan barcha bayram tadbirlarining doimiy ishtirokchisiga aylandi. U umumtaʼlim maktabini tugatgach, Urganch shahridagi mashhur Matyusuf Xarratov nomidagi musiqa bilim yurtiga oʻqishga kirdi. Oʻz qiziqishlari tufayli qashqar rubobi, afgʻon rubobi, tor, dutor kabi milliy va sharq xalqlari sozlarida kuylar ijro etishni qoyilmaqom uddalaydigan A.Xudoyberganov bilim yurtida puflab chalinadigan musiqa asboblari turkumiga kiruvchi truba cholgʻusi sir-asrorlarini 3-yil davomida mukammal oʻrgandi va mazkur bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagach, 1983-yilda Toshkent Davlat madaniyat institutiga oʻqishga kirdi. Institutdagi oliy taʼlim jarayoni, ustozlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlari asnosidagi talabchanligi, qolaversa, oʻzining kamdankam odamlardagina kuzatiladigan oʻtkir zehni va qobiliyati uning oʻz mutaxassisligini puxta egallashi uchun imkon yaratdi. U ustozlarining maslahati bilan oʻqish jarayonini bevosita oʻz sohasi boʻyicha ish jarayoni bilan qoʻshib davom ettirish maqsadida institut tahsilini sirtqi boʻlimga oʻtkazdi.

Uning bu qarori institut tahsili orqali olgan bilimini ish jarayonida mustahkamlash, oʻz sohasi boʻyicha tajribasini oshirishga yordam berdi. Hatto 1984-86-yillarda sobiq ittifoqning Xabarovsk oʻlka harbiy okrugi harbiy orkestrida xizmat burchini oʻtagan A.Xudoyberganov oʻz ijrolari bilan butun Xabarovsk oʻlkasi boʻylab harbiy orkestrning ijodiy gastrollarida ishtirok etdi.

Keyinchalik A.Xudoyberganov 8-yil davomida Amudaryo tuman Madaniyat uyi huzuridagi “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli musiqa rahbari lavozimida faoliyat yuritdi. Oʻzining tashkilotchiligi, soha boʻyicha yuqori bilim va mahoratga ega ekanligini mehnat faoliyati jarayonida namoyon etgan Anvar Xudoyberganov 1994-yildan hozirga qadar Amudaryo tuman Madaniyat markazi huzuridagi “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli badiiy rahbari sifatida xalqqa sidqidildan xizmat qilib  kelmoqda.

U oʻz faoliyati davomida ansamblga yosh, iqtidorli ijrochilarni jalb etish, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish, ansamblning turli mazmun va shakllardagi koʻrik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tuman madaniyat boʻlimi rahbariyati bilan samarali faoliyat olib bordi. Natijada “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli nafaqat Amudaryo tumani, balki Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosidagi davlat tadbirlarining ham doimiy ishtirokchisiga aylandi.

Xususan, Orol dengizining qurigan tubida yashil oʻrmonzorlar barpo etayotgan koʻngillilar, mexanizatorlarning madaniy dam olishini taʼminlash maqsadida 2019-yilda tashkil etilgan “Orol umidi” tadbirida badiiy jamoa oʻz kontsert dasturi bilan ishtirok etib, Orolboʻyi yashil makonini yaratishga munosib hissa qoʻshdi. Bundan tashqari, shu yili Chimboy va Moʻynoq tumanlarida boʻlib oʻtgan davlat tadbirlarida maxsus kontsert dasturi bilan ishtirok etgan “Uchqun” ashula va raqs xalq ansamblining badiiy chiqishlari, ijrochilarning mahorat va yuksak madaniyati tadbirlar tashkilotchilari va xalqimiz eʼtirofiga sazovor boʻldi.

Katta  ijodiy jamoaga rahbarlik qilish, jamoaning har bir aʼzosiga qobiliyati va ijro mahoratiga koʻra talablar qoʻyish, iqtidorli yoshlar bilan tizimli ish olib borish, ayniqsa, sanʼat sohasida anchayin murakkab jarayon. Ommaviy madaniyat unsurlari har qadamda xavf  solib turgan bugungi tezkor zamonda ansambl faoliyatini bir maromda yoʻnaltirib turish rahbar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Buni chuqur his qilgan A.Xudoyberganov ijodiy jamoada ustoz-shogird anʼanalari asosida 30 nafar yosh ijrochilar bilan alohida shugʻullanishga, yoshlar oʻrtasida milliy-madaniy qadriyatlarni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratadi. Shu bois, ijodiy jamoa A.Xudoyberganov rahbarligida oʻz faoliyati davomida koʻplab ijodiy yutuqlar sohibi boʻldi. Xususan, Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan “Samarqand sadolari” shiori ostida oʻtkazilgan ashula va raqs jamoalarining Oʻzbekiston Respublikasi koʻrik-tanlovida ansambl faxrli 2-oʻrinni egalladi. 2009-yilda havaskor badiiy xalq jamoalarning Oʻzbekiston Respublikasi festivalida “Eng yaxshi xalq cholgʻu jamoasi” yoʻnalishi gʻolibi, 2011-yilda esa “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi gʻolibi, ansamblning badiiy rahbari  A.Xudoyberganovning oʻzi esa “Cholgʻu ansambli” yoʻnalishi  boʻyicha 2011-yilda boʻlib oʻtgan Respublika havaskor jamoalari festivalining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi sovrindori boʻldi. Oʻsha yili Navoiy viloyatida boʻlib oʻtgan yana bir nufuzli festivalda “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli festivalning qimmatbaho sovgʻasi va Diplomi bilan taqdirlandi.

A.Xudoyberganov ham nufuzli ijodiy jamoa rahbari, ham el sevgan sanʼatkor sifatida hamisha xalq bilan birga. Oʻzi istiqomat qiladigan Arnaboʻyi mahallasida boʻlib oʻtadigan xalq sayillari, toʻy va marosimlarda, avvalo  mahalla faoli, qolaversa, ijrolari xalqqa manzur sanʼatkorlar oilasi sardori sifatida hurmat va eʼtibor qozongan. Bejizga mahalladoshlari A.Xudoyberganov oilasini “Oila – jamiyat tayanchi” koʻrik-tanlovida gʻolib sifatida tanlashmagan. Mazkur koʻrik-tanlovda “Ibratli sanʼatkorlar oilasi” yoʻnalishida gʻoliblikni egallagan A.Xudoyberganov oilasi haqiqatan ham ibratga, eʼtiborga munosib.

Nafaqaga chiqqunga qadar 27-sonli maktabda yoshlarga taʼlim-tarbiya bergan umr yoʻldoshi Dilbarxon Bobojonova bilan 4 nafar oʻgʻilni  tarbiyalab voyaga yetkazishdi. Biri-biridan aqlli, oʻqimishli farzandlarining kattasi Sarvarjon oʻz muxlislariga ega sanʼatkor, Amudaryo tuman Madaniyat markazi  huzuridagi “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasi musiqa rahbari. Abrorjon fermer xoʻjaligida ishlash bilan birga mohir sozanda. Sardorbek oʻz ashulalari orqali muxlislari eʼtiborini qozongan sanʼatkor boʻlish bilan birga 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida sanʼatsevar yoshlarga musiqa ilmidan saboq beradi. Oilaning kenja oʻgʻli Sanjarbek Xudoyberganov esa Shimoli-Gʻarbiy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy orkestrda xizmat qiladi.

A.Xudoyberganov tom maʼnoda sanʼatkorlar oilasi sardori.  U ukasi Shavkatjon va 4 nafar sanʼatkor  oʻgʻillari bilan nafaqat Amudaryo tumanida, balki qoʻshni Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarida hamisha xalq xizmatida. Uning shaxsiy repertuaridan joy olgan “Suvora” va “Savti Suvora”, “Feruz-1”, “Feruz-2”, Noqisning “Dogʻman” kabi mumtoz-nasihat ashulalari, xalq sevgan hofizlar Komiljon Otaniyozov, Ortiq Otajonov, Otajon Xudoyshukurovlar kuylagan badiiy yuksak ashulalari bugungi kunda xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylangan.

– Xalq xizmatlarida mendan “Onajon” qoʻshigʻini koʻp soʻrashadi, – shogirdi Murodjon Ibragimov kuy bastalagan “Onajon” ashulasi bilan tanlovlarda gʻolib boʻlganini faxrlanib soʻzlaydi u.

Darvoqe, “Sogʻlom ona va bola” yili munosabati bilan “Otam – suyangan togʻim, onam – mehr bulogʻi” Respublika koʻrik-tanlovida A.Xudoyberganov 3-oʻrinni egallagan, koʻrik-tanlov yakunida oldingi oʻrinlar ijrochilari qolib, A.Xudoyberganovning “Onajon” ashulasi yana bir bora yangragan edi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mamlakatimiz miqyosidagi katta sahnalarda oʻz ijro mahoratini muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan el sevgan sanʼatkor A.Xudoyberganovning soha rivojiga qoʻshayotgan ulkan hissasi davlatimiz tomonidan munosib  eʼtirof etilgan. Masʼul tashkilotlar tomonidan faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar taqdim qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

– Anvarjon bundan-da yuksakroq mukofotlarga munosib, – deydi ustozi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Gulmirza ogʻa Nurmatov.

Ustozning shogirdga ishonchi – munosib eʼtirof etilishida, deyishadi. Biz esa chin koʻngildan yaxshi, yorugʻ niyatlar qilamiz: el sevgan sanʼatkor, salkam 40-yildan beri oʻz qoʻshiqlari bilan amudaryoliklar, shu barobarida qoʻshni Xorazm viloyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarida oʻzining yuzlab muxlislariga ega sanʼatkor sifatida tanilgan Anvar Xudoyberganovga 60 yoshning ostonasida yanada joʻshqin ijod yor boʻlishini tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026