01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:32
Maqolalar 👁 241

KABUTARLAR JASORATI

KABUTARLAR JASORATI

Har hafta dam olish kunida xotinimning jagʻi ochiladi.

– Hoy dadasi! Yana choyxonami? Bekorchi oshnalaringizning xotin, bola-chaqasi yoʻqmi? Yogʻli oshni paqqos tushirguncha uyga xarajat qilsangiz boʻlmaydimi?

– Boʻldi, boʻldi. Yana mash-mashangni boshladingmi? Jonga tegib ketding. Bemalol oshna-ogʻaynilarim bilan ham oʻtirolmayman. Tinim bilmay ishlasam, topganimni bersam. Oʻzim uchun qachon  yashayman, qachon?

– Axir dadasi, har hafta ziyofat choʻntagingizni quritsa, topganingizning shundogʻam barakasi yoʻq.

– Oʻchir ovozingni, jonga tegding. Men ketdim. Ogʻaynilarim kutib qolishadi.

Ogʻaynilarim haqiqatan ham kutib qolishibdi. Meni uzoqdan koʻriboq, jigʻimga tega boshlashdi:

– Ha xonimchang ruxsat bermadimi?

– Devor oshib qochib kelmadingmi oʻzi?

– Pul soʻrab, yalinib oʻtirgan, rangini sargʻaytirib bechoragina.

– Boʻldi, boʻldi qillaring. Sizlarga gap boʻlsa. Yalinmadim, qaytanga soʻkib-soʻkib xumordan chiqib keldim.

– Mana bu yigitning ishi boʻlibdi, yashavor!

– Mijgʻov xotindan ertaroq qutul. Uchtasini tugʻib oladi-da, oyoq-qoʻlingni zanjirband qiladi.

– Ha, toʻgʻri aytasan, – dedim yuragim gʻashlanib. – Bu yaramas xotin zoti pul top, bolangni boq, deb holi-joningga qoʻymaydi. Boʻlmasa ajrashaman, deb, aliment bilan qoʻrqitishadi.

– Eh, ogʻaynilar, dunyoga bir marta kelamiz, boʻlar-boʻlmasga jonni qiynayverib nima qilamiz. Shunday ekan, davringni sur, davringni!

Oʻylagan bahonalarimni miyamga joylab, ming bir xavotir bilan qishloqqa, otamning oldiga joʻnab ketdim. Xotinim bilan ajrashayotganligimni, bolamga aliment toʻlab turishimni otamga qanday aytsam ekan, degan oʻy bilan hovliga kirib bordim. Otam hovli oʻrtasidagi supada oʻyga choʻmib oʻtirardi. Yonlariga borib salom berdim:

– Assalomu alaykum, ota! Tuzuk-misiz?

– Vaalaykum assalom. Kel oʻgʻlim, kelaqol, yonimga oʻtir. Kelin, bola-chaqang tinchmi?

– Ha, ota, Xudoga shukur, hammasi  tinch. Oʻzingiz nega buncha xafa koʻrinasiz. Kayfiyatingiz yoʻq?

– Eh bolam. Qarigan sayin yuraging yupqalashib qolar ekan. Sal narsaga xafa boʻlarkansan. Kecha, shu desang, yoʻl chetidagi qari chinorni yashin urib, yonib ketdi. Bir juft kabutar in qurib, polapon ochishgan edi. Qurigan chinor shoxlari charsillab yonar, kabutarlar esa charx urib, oʻzlarini oʻtga urishar, polaponlarini qutqarishga urinishardi. Ammo buning iloji yoʻq edi. Birdan ona kabutar  olov ichida qolgan iniga oʻzini urdi-da, polaponlari ustiga qanotlarini yoyib oʻtirib oldi. Buni koʻrgan odamlar oh tortib yuborishdi, koʻzlariga yosh olishdi. Hammayoq shovqin: bir tomondan olovning gurillashi, polaponlarning chirqillashi, odamlarning hay-haylashi. Olov atrofida esa oʻzini har tomonga urib, ota kabutar aylanib uchardi. Bir payt desang, u ham oʻzini oʻt ichiga otdi va qaytib chiqmadi. Bechora  kabutar oʻzining juftisiz, bolalarisiz yashay olmasligini bildi shekilli. Qushlarning ovozi eshitilmay qoldi, yuragimda oʻsha achchiq chirqillash, qushlar faryodi haliyam eshitilib turibdi. Mana mehr, mana muhabbat, mana jasorat. Shunday  kichkina jussasi bilan oilasi, bolalari uchun oʻzlarini qurbon qilishdi-ya! Baʼzi bir odamlar shunday tinch zamonda ham xotin, bola-chaqasini xoʻrlab, tashlab ketishadi, masʼuliyat nimaligini bilishmaydi. Qornim toʻydi, qaygʻum ketdi, deb tarallabedod qilishadi. Mana bolam, shularni oʻylab, xafa boʻlib oʻtiribman. Oʻzing-chi, ishlaringdan ortib, har qalay meni yoʻqlab kelibsan? Ishlaring joyidami?

Otamning bu hikoyasi meni lol qoldirdi. Boʻgʻzimga bir nima tiqilib qolgandek edi. Bir nuqtaga tikilib, qotib qolgan edim. Bemaʼni hayotim koʻz oldimdan oʻtdi-yu, otamga shosha-pisha javob berdim.

– Ha, ha, joyida. Shu, keliningiz dadamizdan xabar olib keling, deb qoʻyarda-qoʻymay yubordi. Kelasi yakshanba nabirangizniyam olib kelaman.

Uyga qaytar ekanman, yoʻl yoqasida yongan chinorga qarab ogʻir xoʻrsinib qoʻydim. U yerdan haliyam qushlarning chirqillashi eshitilib turgandek edi. Nima uchundir uyga shoshilardim. Xotinimni, oʻgʻlimni bagʻrimga bosgim kelardi.

Dilbar ALLABERGANOVA, 57-maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026