Jayxun ilhomlari
Unutma
Dunyoning ishlari doim bir kamdir,
Shodlik-gʻamni bitta qoʻlda tutmaysan.
Goho diling vayron, koʻzlaring namdir,
Shodon kuningni ham hech unutmaysan.
Goh taqdir hukmidan zorlanib yurib,
Ne-ne sir-asrordan boʻlarsan ogoh.
Umr soʻqmogʻida surinsang, turib,
Hayotning maʼnosin anglarsan nogoh.
Omading kelganda ming bor suyunib,
Qadrdon doʻstlarni aslo unutma.
Gʻaflatda qolganda ming bor kuyunib,
Mehr bermadingmi... mehrni kutma!
Saraton
Hech kimsa bilmaydi oldda ne kutar,
Ne gʻam, tashvish, kulfat bordir boshida.
Nokaslar taomni yamlamay yutar,
Ochlikdan sulaygan bemor qoshida.
Oʻrozali REYIMOV.
Sinfdoshlar
Bir eshikdan kirib-chiqib shuncha yil,
Bir oila farzandidek boʻlganmiz.
Yordamni, mehrni tutmaymiz darigʻ,
Chin dugona, doʻst-birodar boʻlganmiz.
Doʻstona raqobat bordir oʻrtada,
Talashib, tortishib, bilim olamiz.
Ishonaman, bizlar bir kun, albatta,
Vatanga kerakli inson boʻlamiz.
Qaynoq quchogʻida aziz maktabning,
Baxtlimiz, xursandmiz, kulamiz shodon.
Ulgʻaygach, ketsak gar bu ostonadan,
Sogʻinib qoʻmsaymiz har lahza, har on.
Shahlo QUROLOVA, 62-maktab oʻquvchisi.
Boringizga shukur
Doʻstlarim, yonimda tayanch boʻldingiz.
Har yaxshi kunimda, yomon kunimda,
Men sizlarni unutmasman to abad.
Boringizga shukur, qadrdonlarim.
Sizlar bilan janjallashdim necha bor,
Soʻngra mehr bilan yana yarashdim.
Bolalikning zavqin surdik betakror,
Boringizga shukur, qadrdonlarim.
Abrorbek Gulmirzayev,
28-sonli maktab oʻquvchisi.
Virus
(Koronavirusga xitob)
Koʻrinmas zarralar senda ibtido,
Tinkani quritib qilursan ado.
Vahima qoʻzgʻatding butun dunyoda,
O, naqadar, dahshat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yoʻl olding, virus!
Ozmidi besh yillik urush azobi,
Sendan tarqaladi mudhish toʻzgʻogʻi.
Oʻlimning sharpasi, qopqon - tuzogʻi,
O, naqadar, dahshat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yoʻl olding, virus!
Seni yoʻqotmoqqa shay turar inson,
Sen bilan kurashar tabib sonma-son.
Sanalding hayotga gardishli nuqson,
O, naqadar, dahshat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yoʻl olding, virus!
Shifokor, olimlar, yoʻq qilar seni,
Kurashar tinimsiz, daf qilar seni.
Sendan ozod aylar, jahon xalqini,
O, naqadar, dahshat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yoʻl olding, virus!
Niqoblar taqtirding, nafrat qoʻzgʻatding,
Insonlar qalbiga jarohat solding.
Sen bu kun toliqding va ortga qaytding.
O, naqadar, dahshat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yoʻl olding, virus!
Olamdan yoʻqolib ketasan, aniq,
Yonasan, kuyasan, tutaysan, aniq,
Basharni erkiga qoʻyarsan, aniq,
O, naqadar, dahshat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yoʻl olding, virus!
Xudoybergan JUMAMURODOV.
Opa-singillar
Bahor gullaridek yasangan qizlar,
Sochlariga gulchambar taqqan yulduzlar.
Biri Zebo, biri Sarvi, oshiq bulbullar,
Baxtimizga sogʻ boʻling, opa-singillar.
Sizlarsiz hayotning mazmuni, sirli,
Siz borsiz yurarmiz doim gʻururli.
Uyimiz, oilamiz, doimo fayzli,
Sizlarsiz baxtimiz, opa-singillar.
Bir qoʻlda beshikdir, bir qoʻlda dunyo,
Saranjom, sarishta, billursiz goʻyo.
Iboni, hayoni qilib siz, oshno,
Nurli yoʻlimizsiz, opa-singillar.
Qalbim torlarini qilib ziyoda,
Layli misol umringiz boʻlgay ziyoda.
Shoirlar aytgandek doim hayotda,
Sevilib yashanglar, opa-singillar.
Murodboy Madiyorov,
51-sonli maktab oʻqituvchisi.
Doʻstlarga xat
Kechiringlar doʻstlarim,
Mendek yomon bolani.
Yurakka zarba berib,
Xafa qildim sizlarni.
Yomon gapirdim Sizga,
Yurakka nayza sanchib,
Yurakni jarohatlab,
Yuribman men azobda.
Azoblaydi shu ishim,
Eng yomon qilgan ishim.
Yuraklarni yaralab,
Tuzatolmay yurganim.
Bu yuraklar tuzalmas.
Bahodir Soliyev,
76-maktab oʻquvchisi.
Bagʻri keng dunyom
Bagʻrikenglik Vatani,
Oʻzbekiston atalur.
Chunki hamma millatga,
Oʻz bagʻridan joy berur.
Yashar unda millatlar,
Tinchlik-farovonlikda.
Oʻzbek degan nomini,
Yoyib butun dunyoga.
Oʻzbek xalqi mehribon,
Boʻlgan azal-azaldan.
Kelgan mehmon oldiga,
Non qoʻyadi, albatta.
Vatanlarning shohidir,
Jonajon Oʻzbekiston.
Barcha millat omondir,
Bolajon va mehribon.
Shohruh FAYZULLAYeV,
21-maktab oʻquvchisi.
Kitob
Yaxshi oʻqish burchimiz,
Kitob – bizning kuchimiz.
Ochar bilim eshigin,
Kitobdir yoʻldoshimiz.
Oʻrgatar hikmatlarni,
Maqol-u ertaklarni.
Magʻzin chaqib ol, deydi,
Bilim olib qol, deydi.
Shahrizoda Tozaboyeva,
43-maktab oʻquvchisi.
Ota-onam boʻlsin sogʻ
Ota-onam boʻlsin sogʻ,
Ikkisi ham mehribon.
Otam goʻyo davlatim,
Onam esa jannatim.
Ota-onam boʻlsin sogʻ,
Umr koʻrsinlar uzoq.
Qildingiz meni katta,
Baxtim koʻring, albatta.
Jasmina Bekimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶