Fidoyilik timsolisiz, aziz ustozim!
Men ustozim tufayli hayotda eng muhimi, kimningdir qalbida ezgu amallar bilan muhrlanib qoliş ekanligini tuşunib yetdim. Dilimizda mana şunday baxtga erişgan insonlarimiz borki, biz ularga “sizni yaxşi köraman”, deb aytişga tortinamiz. Bular ota-onamiz va ustozla-rimizdir.
Zero, çin tuyğularni bong urib, baralla oşkor etaveriş şart emas.Ular qalban his qilinadi.
Aziz ustozim – Omonjon opa Ta-jiboyevaning mehr va bilim ummo-nida men ham bir şogird sifatida taʼlim-tarbiya oldim. Menga na-faqat talaba böliş baxtini muyas-sar etgan, qolaversa, özim egallab turgan lavozimda qiynalmay iş-laşimda, magistraturaga öqişga kirişimda ustozdan örgangan bi-limlarim hamda qatʼiyat va mato-natli, irodali böliş, bugungi işni ertaga qoldirmaslik singari xis-latlar sabab bölsa kerak, deb öylayman.
Ustozim bilan ilk bora tani-şuvim 2015-yilda bölgandi. Ular öşa paytda sobiq Amudaryo Akade-mik litseyida ona tili va adabiyot fanidan dars berardilar.
Uztozning talabçanligi, eʼtiborliligi, abituriyentlarning bergan har bir savolini eʼtiborsiz qoldirmasdan javob berişi va mavzuni töliq tuşunib yetmagunça darsdan keyin ham alohida şuğullanişi men singari köplab şogirdlarida “men ham xuddi şunday ustoz bölaman”, degan maqsadni paydo qilgan bölsa ajab emas.
Bizga oliy taʼlim muassasalarida haqiqiy ustoz kamtar, kamsuqum, oddiy bölişi kerak, deb örgatişgan.
Öylaşimça, talabçanlik, qatʼiylik, mehribonlik va boşqa fazilatlar ustozimdagi kamtarlikdan unib çiqqan.
Abituriyent paytimizda gohida erinçoqlik qilib mavzularni öz-laştirmay borardik. Öşanda ustoz-ning bizga aytgan eng oğir gaplari: “Kim nimani eksa, 1-avgust kuni şu-ni öradi”, degan tanbehlari edi. Biz şogirdlar bu sözlarni eşitib, darhol sergak tortardik.
Men ham kelajakda ustozim singari öz kasbimning fidoyisi bölişga, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qöşişga harakat qilaman.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶