Jayxun ilhomlari
Yigitning baxti
(Ballada-ertak)
Juda qadim zamonda,
Manğit degan tomonda.
Bitta boy yaşar ekan,
Işlamay oşar ekan.
Xalq qonin sörar ekan,
Behuda urar ekan.
Kunlar şunday ötarkan,
Xalqi qonlar yutarkan.
Boyning Jumagul degan,
Xotini ham bor ekan.
Undan borkan bir öğil,
Ayol suyançiği ul.
Öğli öxşamas boyga,
Ixlosi yöq mol, joyga,
Mehnatni sevar ekan,
Har işga çevar ekan.
Öğli bilan suyunib,
Boydan esa kuyunib.
Jumagul yiğlar ekan,
Dard bağrin tiğlar ekan.
Yaşar ekan noiloj,
Ota-ona ekan oç.
Non-pondan beray, desa,
Bir borib köray, desa.
Boy uni yubormaskan,
Uydan heç çiqarmaskan.
Armon, dard-u alamda,
Yöliqdi oğir ğamga.
Jumagul yostiq qilib,
Yotganida boy kirib:
"Yolğondan kasalsan", deb,
Tepkiga olibdi keb.
Kasali battar böldi,
Yuragi qonga töldi.
Ingrab, yiğlab har kuni,
Bir tuni çiqmay uni.
Boy xotini ölibdi,
Boy yiğlamay kulibdi.
Öğli esa qon yiğlab,
Har kun onasin yöqlab,
Daryoga borar ekan,
Suviga boqar ekan.
Bir kuni suvga tuşib,
Uzoq yuribdi suzib.
Çömilsam ne bölar deb.
Suvga şönğib ketibdi,
Göyo singib ketibdi.
Gözal boğga yetibdi.
Unda borkan bir toyça,
Yetaklabdi ipidan,
Toy ham yurgan ketidan,
Uyiga olib kelib
Quvonçdan öynab-kulib,
Öz-özini ovutib,
Yoniq könglin sovitib.
Toyçani boqavergan,
Bezaklar taqavergan.
Öqişdan kelganida,
Suv bergan, solgan beda,
Orqa-böynini qaşlab,
Mindi keçadan boşlab.
Judayam uçqur çiqdi,
Duşmanni quvğir çiqdi.
Ot va bola döst edi,
Bir-biriga pöst edi.
Bularni ögay ona,
Körib qarğarkan yona,
Öz "arzanda" bolasin,
Boğidagi "lola"sin,
Otga ega qilmoqçi,
Minganini körmoqçi.
Borsa yigitdan boşqa,
Tepki körsatar qaşqa.
Bundan ğamda arzanda,
Har kun turib azonda,
Otga nazar taşlarkan,
Yiğlab, közin yoşlarkan.
Ögay ona yolğondan,
"Kasal" böb "yemas" nondan.
Tabiblarni çaqirib,
"Voy öldim", deb baqirib,
Töşakda yotar ekan,
Ensasi qotar ekan,
Otni qölga ololmay.
Şu çoğ uyga kirdi boy,
Hol-ahvolin söraşçun,
Ögay yiğlar olmay tin,
Uvvos solib battarroq.
– Hoy, böldingmi yaxşiroq,
Nega yiği qilasan,
Boyligim köp, bilasan.
Qurbim yetar har işga,
Joningni qutqazişga.
Pul, mol, bola kerakmas,
Sen soğaysang böldi, bas.
Ayt, kasaling davosin,
Özgartay uy havosin.
Tabib ne davo berdi,
Ne kasal deb fol qurdi?"
Şunda boyning xotini,
Sörar yigit otini.
Emiş otning yuragi,
Faqat şulmiş keragi.
Yöqsa u ölar emiş,
Gul misol sölar emiş.
– Xöp, bajodir tilaging,
Faqat şulmi keraging?
Bul bir arzimas sörov,
Otni söyamiz darrov, –
Deya boy uydan çiqdi.
Ögay ona quvonib,
Yuragi qindan çiqdi...
... Yigit öqişdan kelsa,
Ot yiğlab turgan ekan.
Şu çoğ ot kirib tilga,
Yigitga bunday degan:
– Hoy yigitça, bormisan,
Mening döstim, norimsan.
Bugun bir gaplar böldi,
Tinglab könglim buzildi.
Meni söyar böldilar,
Bağring tilar böldilar.
Maktabga borganingda,
Qölga kitob olganingda
Şuni bitirar böldi,
Otang şuni fol qurdi,
Yeçsa qoziqdan ipim,
Şunday töplab bor kuçim,
Döstim, mungli kişnarman,
Ipni köp bor tişlarman,
Şu on döstim, kelgaysan,
Şamol misol yelgaysan.
Oyoqlarim boğlaşib,
Yiqişmoqqa çoğlaşib,
Piçoqlarni qayraşib,
Turgani on yayraşib,
Sendan najot kutarman,
Yölingga köz tutarman.
Döstim, şunda kelgaysan,
Şamol kabi yelgaysan.
– Xöp, kelaman, ey otim,
Mening sinmas qanotim.
Otam, "onam" duşmanim,
Netay, köpdir puşmonim,
Xöş, maktabga ketdim men,
Özing bardam tutgil sen, –
Deb Rahim çiqib ketdi,
Şovqin-suron boşlandi,
Har kungidek masjidda,
Tayoq-la öqtalardi
Mulla ötirib çetda,
Mungli kişnaşi otning,
Yigit yuragin ezdi,
– Jon mulla ruxsat bering, –
Yigit zorlanib dedi.
– Ötir, ahmoq örningga,
Urgum yuzing, burningga.
– Xöp, – deb ötirdi Rahim,
Otiga qilib rahm.
Oti yana kişnadi,
Bu vujudin tirnadi.
– Menga ozgina fursat,
Jon mullam, bering ruxsat.
– Ötir, ahmoq indamay,
Endi uray, hoyna-hoy, –
Deb Rahimni bir urdi,
U-çi, "voh" deb ötirdi.
Otning yana kişnaşi,
Yiğdirdi yigit huşin.
Yigit töplab bor kuçin,
Oçdi masjid eşigin.
Boqmay mulla söziga,
Qanot boğlab öziga,
Çopdi u uyi tomon,
– Jon ota, söymay burun,
Minayin uni bugun,
Jon ota, jon, jon ota.
Iltimos etgum qayta.
Otimni bir minayin,
Könglimni töldirayin, –
Deb yigit yiğlar tinmay,
Bitsaydi sözi sinmay.
– Hoy qassoblar, qöyinglar,
Mayli ertang söyinglar,
Minsin, mayli otini,
Qaytarmayin potini, –
Deb boy berdi farmonni,
Yölatmay, deb armonni.
Yigit otiga minib,
Quvnadi fikri tinib,
"Çuh", deb otini niqtab,
Abad qutulmoq istab,
Uzoqlarga ketdi u,
Maqsadiga yetdi u.
Özga yurtdan baxt topdi.
Boylik hamda taxt topdi.
Ögay ona "dod" dedi,
Boyga: "Qani ot", dedi.
– Öz tilingdan tutilding,
Bola, otdan qutulding.
Endi köngling tinç qilgil,
Mavqe-örningni bilgil, –
Deb boy unga baqirdi,
Xizmatkorin çaqirdi.
– Yöqotgil! – dedi buni,
Uydan çiqmasin uni.
– Menga xotin köp, – dedi.
Xizmatkori: "xöp" dedi.
Xotin uydan quvildi,
Izlari ham yuvildi,
Qilmişga jazo topdi.
Ertakdan xulosa şu:
Uqqanlarga hikmat bu.
Yaxşi yeyarkan oşin,
Yomon-çi? Albat, boşin.
Saʼdulla Xöjaniyozov.
Ustozga taʼzim
Qalb qöringiz berib dillarga,
Ezgulik uruğin soçgan Ustozlar!
Maʼnaviy quvvatlar olib moziydan,
Ilm qörğonini oçgan Ustozlar!
Jajji yuraklarga ona mehrini,
Vatan muhabbatin joylagan Sizlar.
Qöllaridan tutib bolajonlarning,
Töğri yöllarini körsatgan Sizlar.
Yutuqlar qozonsa, şogirdlaringiz,
Dunyolarga siğmay ketasiz, Ustoz.
Quvonç yoşlarini yaşirib, asta:
"Mening şogirdim", deb qöyasiz, Ustoz!
Bugun Sizga bayram muborak bölsin,
Ilm böstonining ziyokorlari!
Sizga taʼzimdadir xalqim, Ona Yurt,
Kelajak avlodning bunyodkorlari!
Muhayyo Örinboyeva,
70-maktab psixologi.
Siylagin ota-onangni
Keksayganda ota-onang,
Qulingni sotgin, çöringni.
Gapingga kirsa hamxonang,
Izzatdan boşla, sözingni!
Qul örniga qul böl özing,
Şirin bölsin aytar sözing.
Bilsang, ular körar közing,
Siylagin ota-onangni.
Bola kabi köngillari,
Oğrimasin heç dillari.
Qara, bukçaygan bellari,
Siylagin ota-onangni.
Ertang izlab topolmaysan,
Ayblaringni yopolmaysan.
Afsus-nadomat qilgaysan,
Siylagin ota-onangni.
Farhod Avaz.
DUNYo
Özingga qarayverma,
Dunyoga ham qarab qöy.
Köklam keldi har yonga,
Nazaringni solib qöy.
Qanday gözal bu dunyo,
Taʼrifiga söz ojiz –
Yam-yaşil gilam yoya,
Gul töqir Bahoroy qiz.
Dunyo rasmi şunçalar
Gözal tun-u keçalar.
Quşlarning sayroğidan,
Şodlanar gul-ğunçalar.
Şunday baxtli onlarni,
Hadya etar Allohim.
Şodon kutib tonglarni,
Şukr etar ona xalqim.
Maşhura RAJABOVA,
82-maktab öquvçisi.
Fariştam
Menga aytgan sözni unga aytarsan,
Şeʼr bilan mehr-la sehrlab.
Unga borib meni sökib qaytarsan,
Menga kelib uni qarğab, şivirlab.
Ikki inson yurar Seni opiçlab,
Ikki kör, ikki kar, ikki bahodir!
Sening har sözingdan yurak hovuçlab,
Çunki, yöqotişdan qörqişar axir.
Toğdagi gullar – bu beğubor ekan!
Könglim bu dunyoga siğmay yuribdi.
Insonga MUHABBAT bu bekor ekan,
Xudoyim ne uçun uni beribdi?
Unga aytgan sözni menga aytarsan,
Noz bilan sehrlab, gözalim.
Bir kun yiğlab qolsang... qaytarsan?
"Malikam! Fariştam! Asalim!"
Bahodir XUDOYBERGANOV.
Maslahat
Ey pora oluvçi, pastkaş, yaramas,
Pora harom, harom yema, yaramas.
Harom yeb örgangan bolalaring ham,
Ösadi özingdek, bölar yaramas.
Qanoat insonga yaxşi fazilat,
Nafs nokaslarga yopişgan illat.
Fazilat istasang, qanoatli böl,
Jaholat izlasang, nafsing senga yöl.
Boylik sarob kabi, heç yetib bölmas,
Izidan qança quv, heç tutib bölmas.
Çegarasi yöq qança töplasang,
Qança töplamagil, heç közing töymas.
Aytarlar: baxilning boği kökarmas,
Agar kökarsa-da, heç meva bermas.
Baxilning hayoti quyoşsiz kunday,
Boğ qanday kökarsin zim-ziyo tunda.
Aroqqa berilma – Xudoga yoqmas,
Aroq içuvçiga Ul qiyo boqmas.
Atrofingga boq, fikr qil biroz,
Içkilikdan heç kim baraka topmas.
Döstingman, deb döstin sotdi u,
Vijdoni, nomusi, orin sotdi u.
Yaxşi-yu yomonning, halol-haromning,
Farqiga bormasdan barin sotdi u.
Odil Olloyorov.
Iqror
Bahor, men uçun qaytmaysan yana,
Adirlar, lolalar, gullar meniki.
Sen endi yiğlaysan qabrim uzra,
Uzrlar, anduhlar, unlar seniki.
Orzuim, umidim ketdi, tuproqda,
"Yolğizim, baxtli böl", sözlar meniki.
Anglading, yöqotding sevgim hayotda,
Keç bölsa-da, oçilgan közlar seniki.
Nodira Yangiboyeva.
Heç kim yiğlamasin hayotda
Odamlar yiğlasa, rahmim keladi,
Bolalar yiğlasa, içim kuyadi.
Onalar yiğlasa, bağrim qon bölar,
Heç kim yiğlamasin hayotda.
Dard bergan Allohim şifosin berar,
Sinovli dunyo bu bir sinab körar.
Balki şundagina söqirning közi,
Oçilib, Allohga şukrona aytar.
Manmanlik, kibrga hojat qolmadi,
Ayş-işrat qilganlar uyalib qoldi.
Egrilik qilganlar jazolar oldi –
Heç kim yiğlamasin hayotda.
Onalar farzandin taşlab ketmasa,
Bolalar otani qaram qilmasa.
Bir çimdim mehrni dariğ tutmasa,
Heç kim yiğlamasdi hayotda.
Odamlar olmasa odamlardan pul,
Poralar tugasa, şu birgina yil.
Haq doim ğolibdir, yuzlarda kulgu,
Heç kim yiğlamasdi hayotda.
Pul uçun gödakni sotayaptilar,
Pul bilan nomini oqlayaptilar.
Ölim hammaga teng, şuni bilaman,
Allohga ming şukur, sajda qilaman.
Nima iş qilsang ham avval öylagin,
Yetti ölçagin-u keyin sözlagin.
Omonat dunyoda omonat joning,
Tanani tark etsa qolmas imkoning.
Zuhra Ahmedova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶