30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 23:49
Jamiyat 👁 445

ELDA EʼZOZLI, FAXRIY ShIFOKOR

ELDA EʼZOZLI, FAXRIY ShIFOKOR

Tibbiyot sohasida 50-yildan beri samarali mehnat qilib kelayotgan oliy toifali urolog-jarroh shifokor, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi Sulton Tajiniyozov bu yil 75 yoshga toʻladi. Shifokorni doʻstlari oldinlari hazillashib, “Sulton doktor – menda kasal yoʻqdir” deb chaqirishar edi. Haqiqatan uning oldiga kelgan bemorlar oʻz dardini unutib, shifokorning amaliy yordami bilan birga, shirin soʻzidan ham shifo topib kelmoqda. Sogʻlom hayotga qaytgan qanchadan-qancha bemorlar undan juda minnatdor.

Malakali shifokorning sohada ishlab kelayotganiga ham mana yarim asr, yaʼni 50-yil boʻlibdi.

Shu mehnat faoliyati davomida Sulton Tajiniyozov rentgenolog-urolog, anesteziolog-urolog, shifoxona jarrohlik boʻlimi boshligʻi, urologiya boʻlimi boshligʻi vazifalarida ishladi. Tibbiyot sohasidagi oʻzgarishlarga koʻra, urologiya, quloq, tomoq burun kasalliklari, travmatologiya, koʻz kasalliklari boʻlimlari oʻrniga – shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimi tashkil qilindi. Hozirgi kunda shu maskanning jarrohlik boʻlinmasida katta ordinator vazifasida oʻz ishini davom ettirib, el salomatligi yoʻlida xizmat qilmoqda.

U ish faoliyati davomida Tbilisi, Irkutsk, Chelyabinsk va Toshkent shaharlaridagi klinikalarda malaka oshirib, oliygohlarda taʼlim olib, tajriba orttirdi.

Shifokor tuman Tibbiyot birlashmasida bemorlarni davolash bilan birga jamoat ishlarida ham faol boʻldi. Birlashmada kasaba uyushmasi raisi vazifasini ham bajardi. Bu fidoyiliklari uchun Sulton Tajiniyozov hukumatimiz tomonidan “Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi” unvoni, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi”, “Ardaqli nuraniy” koʻkrak nishonlari va qator “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandi.

Sulton aka umr yoʻldoshi rahmatlik Maryam opa bilan 5 oʻgʻilni yurt koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalashdi. Hozir ular biri shifokor, biri tadbirkor, yana birlari turli hunar egalari boʻlib, ota-onalari kabi ezgu ishlari bilan el olqishini olishmoqda.

Hozir shifokorning 17 nafar nevarasi bor. Ularning toʻrt nafari Toshkent shahrida turli oliygohlarda taʼlim olishmoqda. Nevaralaridan Fazliddin – sportchi. U sportning karate WKF turi boʻyicha tuman, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston va bir qator xalqaro sport musobaqalari, chempionatlarda qatnashib, shu kungacha 16 ta oltin, 6 ta kumush, 10 bronza medallarni qoʻlga kiritdi.

Umrining 75-bahorini qarshi olayotgan faxriy shifokor Sulton Tajiniyozov oʻzini juda baxtli inson deb biladi. Uning yana bir – moʻmin-musulmonlar qatori Haj ziyoratini ado etish va yurtimizdagi tinchlikka, toʻkin-sochin kunlarga shukrona aytib yashashdek katta orzusi bor. Biz elimizda eʼtiborli va eʼzozli boʻlgan nuroniy inson, hormay-tolmay xalq salomatligi yoʻlida xizmat qilib kelayotgan tajribali shifokorning shu ezgu orzusi ham amalga oshishini, yuz yoshlardan oshib yurishini tilab qolamiz.

Xonimjon RAJABOVA,

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026